Xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari (xoʻjalik mudiri)ning lavozim




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

15. Xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari (xoʻjalik mudiri)ning lavozim 
majburiyatlari 
Taʼlim muassasasi binolarining texnik holati, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli 
oʻquv koʻrgazmali jihozlar)ning saqlanishini taʼminlash; 
maktabga yetkazib berilayotgan jihozlarni belgilangan tartibda qabul qilish, jihozlarning 
toʻgʻri taqsimlanishini amalga oshirish; 
taʼlim muassasasidagi xoʻjalik ishchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularni nazorat qilish, 
har oyda ishchi xodimlarning ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish; 
moddiy tovar boyliklarning aylanma qaydnomasini yuritish, muassasaga olib kelingan 
inventarlarni, xoʻjalik va kanselyariya mollarini kirim qilish, ularni oʻz vaqtida tarqatish, 
roʻyxatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish; 
oʻquv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni taʼmirlash, har bir sinf xonasini, fan 
kabinetlarini, laboratoriyalarni taʼmirlash, jihozlash, ularni yangi oʻquv yiliga tayyorlash, roʻyxat 
boʻyicha jihozlar, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga 
belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va oʻquv 
yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olish; 
kommunal toʻlovlar (gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasi) boʻyicha hisoblagichlarning 
kundalik koʻrsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablagʻlardan 
tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil qilish; 
telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda 
aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari boʻlinmalariga xabar berib, aloqani tiklash 
choralarini koʻrish; 
taʼlim muassasasining sanitariya holatini talablar darajasida boʻlishida farroshlar, binoni 
qoʻriqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda texnik va xizmat koʻrsatuvchi 
xodimlar ishini muvofiqlashtirish; 
bir yilda bir marta jamoat komissiyasi bilan birgalikda moddiy boyliklarni turlari boʻyicha 
xatlov (inventarizatsiya)dan oʻtkazish; 
muassasada obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish; 
kuz-qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan 
tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining yetarli darajada boʻlishini, uning davomiyligini, 
issiqlik yetarli darajada boʻlmagan kunlarda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga maʼlum qilish 
hamda ushbu kunlarni roʻyxatga olib, tuman (shahar) boʻlimlarning markazlashtirilgan moliya-
buxgalteriya xizmatiga issiqlik uchun toʻlab beriladigan mablagʻlarni qayta hisob-kitob qilinishi 
haqida ogohlantirish; 
kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, deraza va romlarini, isitish tizimini, 
kanalizatsiya quvurlarini taʼmirlab, tayyor holga keltirilishini taʼminlash; 
yakka tartibda isitiladigan taʼlim muassasalarida qattiq va suyuq yoqilgʻi materiallarini 
qabul qilish va sifatli saqlash, ularni belgilangan miqdorlarda sarflash hamda isitish tizimini 
optimal darajada ishlashini taʼminlash; 


47 
yongʻin xavfsizligi asboblarini yetarli darajada boʻlishini nazorat qilish; 
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini 
hurmat qilish; 
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun 
hujjatlari talablariga rioya qilish; 
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat 
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya 
qilish; 
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada 
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 


Oʻzbekiston Respublikasi 
Maktabgacha va maktab 
taʼlimi vazirining
2023-yil 20 - dekabrdagi
565-sonli buyrugʻiga
38-ILOVA 

Download 3,57 Mb.
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari (xoʻjalik mudiri)ning lavozim

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish