12
direktor oʻrinbosarlari bilan birga tarbiyalanuvchilarning davomati, oʻquv fanlarining
oʻzlashtirish
monitoringini olib borish, tarbiyalanuvchilarning kundalik uy vazifasini bajarilishini
nazorat qilish va koʻmaklashish;
tarbiyalanuvchilar tomonidan shaxsiy gigiyena talablariga rioya qilinishi, kiyinishi,
tashqi koʻrinishining ozodaligi, oʻquv jihozlari va xoʻjalik buyumlarini saqlanishi taʼminlash;
tarbiyalanuvchilarning jismoniy va psixologik rivojlanishiga koʻmaklashuvchi
tadbirlarni amalga oshirish;
tarbiyalanuvchilar boʻsh vaqtini samarali oʻtkazishiga koʻmaklashish, qoʻshimcha
taʼlim olishiga yordam berish;
tarbiyalanuvchilar yoshiga mos ravishda va shifokor tavsiyalariga koʻra oʻz-oʻziga
xizmat qilishni, mehnat muhofazasi, mehnat xavfsizligiga rioya etilishini taʼminlash, ijtimoiy
foydali mehnatini
tashkil etish;
sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilishga oʻrgatish;
kasbiy odob-axloqining umumiy prinsiplari va xizmatdagi xulq-atvorining asosiy
qoidalariga amal qilish;
xavfsiz taʼlim muhitini taʼminlashda tarbiyalanuvchilarning xatti-harakatlarini tartibga
solish;
tarbiya ishlarining zamonaviy, shu jumladan interaktiv shakllari va usullarini
mashgʻulotda va mashgʻulotdan tashqari ishlarda qoʻllash;
tarbiyalanuvchilarning tabiati va qobiliyatlaridan qatʼiy nazar, rivojlanishiga hissa
qoʻshadigan taʼlim
maqsadlarini belgilash;
taʼlim muassasaning ustavi va ichki qoidalariga muvofiq tarbiyalanuvchilar tomonidan
aniq odob-axloq qoidalarini aniqlash va belgilash;
tarbiya dasturlarini loyihalashtirish va amalga oshirish;
taʼlim muassasaning hayotidagi turmush tarzini, muhitini va anʼanalarini yaratish,
saqlab turish;
tarbiyalanuvchilarning turli xil kontingentlari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan taʼlim
muassasalarida: iqtidorli bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, qiyin hayot sharoitida
boʻlgan bolalar, migrant bolalar, yetim bolalar, xulq-atvorida ogʻish bor bolalar, giyohvandlikka
chalingan bolalar bilan maqsadli ishlash uchun zarur boʻlgan
psixologik-pedagogik
texnologiyalarni (shuningdek, inklyuziv) oʻzlashtirish va qoʻllash;
Psixologik-tibbiy-pedagogik kengash doirasida boshqa mutaxassislar bilan oʻzaro
hamkorlik qilish;
bolaning individual rivojlanishi uchun dasturlarni ishlab chiqish (boshqa mutaxassislar
bilan birgalikda) va ota-onalar (qonuniy vakillar) bilan birgalikda amalga oshirish;
korreksion-rivojlantirish ishlarini amalga oshirishga imkon beradigan maxsus
texnologiyalar va usullarni oʻzlashtirish va qoʻllash;
virtual haqiqat dunyosida va ijtimoiy tarmoqlarda universal tolerantlik harakatlari,
ijtimoiy xulq-atvorning shakllari va qadriyatlarini, oʻzini tutish koʻnikmalarini rivojlantirish
dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish, bagʻrikenglik va polimadaniyatli muloqotning
ijobiy shakllarini shakllantirish;
tarbiyalanuvchilarning xulq-atvori va faoliyatini tartibga solish
tizimini shakllantirish;
tarbiyalanuvchilarning xulq-atvori va shaxsiy muammolarini kuzatish paytida
muassasalarda taʼlim va tarbiya berish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda
tarbiyalanuvchilarning sogʻligʻini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
13
imkoniyatli (toʻsiqsiz) muhitni yaratish, binolarda tuzatish va moslashish sinflari uchun
bolalarning erkin harakatlanishini taʼminlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
diagnostika va sanitariya-gigiyena madaniyati darajasini baholash vositalaridan hamda
bola sogʻligʻini saqlash koʻrsatkichlari darajasi va dinamikasi usullaridan foydalanish;
tarbiyalanuvchilarga sogʻlom bolalar bilan maktablarda oʻqish imkoniyatini berishda
ularga manzilli yordam koʻrsatish;
sanitariya qoidalari va meʼyorlari doirasida boshqa mutaxassislar bilan oʻzaro aloqalar,
ayniqsa, epidemiya yoki pandemiyani kuzatish davrida ularning sogʻligʻini saqlash va
mustahkamlashga qaratilgan eng maqbul va qulay sharoitlarni yaratish.
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolaning munosib individual
rivojlanishi uchun
sanitariya-gigiyena madaniyati darajasini, shuningdek muassasa gigiyenasini yaxshilash
dasturlarini ijrosini taʼminlash (boshqa mutaxassislar hamkorligida) va ota-onalar (qonuniy
vakillar) bilan birgalikda amalga oshirish
yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning oldini olish boʻyicha ishlarni tashkil etish uchun
maxsus texnologiyalar va usullarni oʻzlashtirish va ulardan yetarli darajada foydalanish
muassasaning sanitariya qoidalari talablarini bajarish
tarbiyalanuvchilar oʻrtasida sogʻlom va xavfsiz turmush madaniyatini shakllantirish
muassasa direktori tomonidan tasdiqlangan kun tartibi asosida oʻquvchilar bilan ish olib
borish (ovqatlanish, darslarga tayyorgarlik, yotoqxonada tartib-intizom
qoidalariga rioya qilish
va hokazolarni nazorat qilish);
oʻquvchilarning ota-onalari bilan aloqalar oʻrnatish va farzandining taʼlim-tarbiyasini
yana-da yaxshilash yuzasidan fikrlar almashish, taklif va tavsiyalar berish;
oʻquvchilarning ovqatlanishini tashkil etishda koʻmaklashish;
oʻquvchilar bilan yoʻl harakati va texnika xavfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiyena
talablari, ijtimoiy hayot uchun maqbul boʻlmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanish boʻyicha
suhbatlar oʻtkazib, tushuntirish ishlarini olib borish;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini
hurmat qilish;
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya
qilish;
foydalanish uchun oʻziga
topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartibda oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.