8
jurnallariga qayd etish (bunda elektron jurnal joriy etilgan umumtaʼlim muassasalarida anʼanaviy
jurnalga baholashga yoʻl qoʻyilmaydi hamda elektron avtomatik davomat joriy qilingan taʼlim
muassasalarda davomatni qayd etish oʻqituvchining vazifasiga kirmaydi);
oʻquvchilarning imkoniyatlarni inobatga olgan xolda qobiliyat va isteʼdodlarini
rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli
oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida oʻz fani boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish;
oʻquvchilarni oʻz fani boʻyicha fanlar olimpiadalari, turli tanlovlar va musobaqalarga
tayyorlash;
oʻz fani boʻyicha oʻzining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida oʻz ustida mustaqil
ishlash, ilgʻor taʼlim metodlarini oʻrganish va doimiy ravishda malakasini oshirib borish
choralarini koʻrish;
oʻziga biriktirilgan sinf xonalari, texnik vositalar, boshqa moddiy boyliklarning
saqlanishini va ulardan oʻquv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni taʼminlash;
taʼlim muassasasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga amal qilish;
oʻquvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga
rioya qilish;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini
hurmat qilish;
amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartibda oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtish;
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya
qilish;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.