2
muassasani yangi oʻquv yili, kuz-qish mavsumiga tayyor boʻlishini taʼminlash,
obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkillashtirish, muassasani qabul qilish
dalolatnomalarini imzolash;
muassasani malakali kadrlar bilan taʼminlash, pedagog xodimlarga boʻlgan ehtiyojni
aniqlash, uni qoplash choralarini koʻrish, oʻquvchilar orasidan iqtidorlilarni tanlab pedagogik
yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilash va
ijrosini taʼminlash, tegishli malaka va kompetensiyalarga ega xodimlarni tanlash va ishga qabul
qilish, ular oʻrtasida vazifalarni oqilona va adolatli taqsimlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish,
pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil qilishda ishtirok etish hamda ijro, mehnat va ishlab
chiqarish intizomiga rioya qilinishini taʼminlash, xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish uchun
shart-sharoitlar yaratish;
oʻqituvchilar malakasini
oshirish ishlarida ijobiy, konstruktiv va ragʻbatlantiruvchi
muhit yaratish, ularning tashabbuskorligi va faolligini oshirish, oʻqituvchilar malakasini oshirish
jadvali va taʼlim muassasasi ehtiyojlariga mos ravishda oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanish
dasturini ishlab chiqish hamda pedagog xodimlarni ragʻbatlantirish uchun davlat taʼlim
standartlari va talablarining bajarilishini xolis baholashni tashkil qilish;
taʼlim muassasasi bitiruvchilarini oliy hamda boshlangʻich professional taʼlim
muassasalariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashtirish koʻrsatkichlarini yaxshilash choralarini
koʻrish;
jamoada sogʻlom maʼnaviy-ruhiy, xavfsiz va ragʻbatlantiruvchi muhitni yaratish;
oʻquvchilarning bilimlari sifatini davlat taʼlim standartlari va talablariga mos kelishini,
tarbiyaviy ishlar samaradorligini taʼminlash va nazorat qilish, oʻquvchilarning fanlarni
oʻzlashtirishini yaxshilash va ularga sifatli taʼlim berish maqsadida taʼlim muassasasini uzluksiz
rivojlantirish choralarini koʻrish;
oʻquvchilarni psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi hamda tegishli yoʻllanma
orqali taʼlim muassasasiga qabul qilish va sinfdan-sinfga oʻtkazish va bir taʼlim muassasasidan
boshqasiga oʻtkazish ishlarini (erp baza) tashkil qilish, oʻquvchilarning oʻzlashtirishini
yaxshilashga va har birining imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish;
taʼlim muassasalarida umumiy oʻrta taʼlim va korreksion ishlarni
tizimli va parallel
ravishda olib borilishini taʼminlash;
oʻquvchilarni darsliklar va oʻquv metodik qoʻllanmalari bilan taʼminlash ishlarini
tashkil etish;
ota-onalar, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari bilan oʻquv-tarbiyaviy ishlarni
takomillashtirish boʻyicha hamkorlikni tashkil qilish;
bolalikni himoya qilish boʻyicha, voyaga yetmaganlar huquq va manfaatlari
xavfsizligini muhofaza qilishga oid talablarga rioya qilinishini taʼminlash;
internat turidagi taʼlim muassasalarida yotoqxonaga muhtoj oʻquvchilar kontingentini
aniqlash va ular uchun kerakli yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaratish;
oʻquvchilarni milliy anʼanalar, urf-odatlar boʻyicha
tarbiyalashga, ularda milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni uygʻunlashtirish asosida yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarni
shakllantirish, vataniga va xalqiga sodiq fuqaro sifatida tarbiyalash;
taʼlim muassasasi xodimlari orasidagi eng faollarini ragʻbatlantirish, lavozim
vazifalarini bajarmaganligi uchun ularga nisbatan oʻz vakolati doirasida intizomiy jazo
choralarini qoʻllash;
oʻquvchilarni ichimlik suvi bilan taʼminlash va bolalar uchun qoʻyilgan sanitariya-
gigiyena talablariga rioya qilish.
taʼlim muassasasining mulkiy manfaatlarini sudda, hakamlik sudida, davlat
hokimiyati
va boshqaruv organlarida himoya qilish;
3
taʼlim muassasasi faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik
shaxslarning, murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul
qilish;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini
hurmat qilish;
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya
qilish, shuningdek muassasa xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish;
foydalanish uchun topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda tegishli tartibda roʻyxatdan chiqarishni
taʼminlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.