9
oʻquvchilar nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etishga doir logopedik
bilimlarni taʼlim jarayoni ishtirokchilari, oʻqituvchilar va aholi oʻrtasida targʻib qilish;
ularning ruhiy-jismoniy holatini hisobga olgan holda mashgʻulotlar oʻtkazish uchun
guruhlar tashkil qilish, guruhlarda va individual tartibda ularning rivojlanishidagi muammolarni
tuzatish, nosoz funksiyalarni tuzatish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish;
oʻqituvchi va tarbiyachilar bilan yaqin hamkorlikda ishlash, mashgʻulot va darslarida
ishtirok etish, pedagog xodimlar va ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ga nutqiy
rivojlanishida muammosi mavjud boʻlgan bolalarga yordam koʻrsatishning maxsus metodlari va
usullarini qoʻllash boʻyicha maslahatlar berish hamda ular faoliyati bilan bogʻliq zaruriy
hujjatlarni yuritish;
shaxsning umumiy madaniyatini shakllantirishda, uning ijtimoiylashishida kasbiy
dasturlarni ongli ravishda tanlash va oʻzlashtirishda koʻmaklashish, davlat standartlari doirasida
taʼlim berishning turli shakllari, metodlari va vositalarini qoʻllash, taʼlim dasturlarini amalga
oshirish;
oʻquvchilarni Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyada, Oʻzbekiston Respublikasining
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlarida belgilangan
huquqlarga rioya qilish va erkinliklarini taʼminlash;
oʻz kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib boradi, metodik uyushmalar
faoliyatida va boshqa koʻrinishdagi metodik ishlarda qatnashish;
taʼlim jarayonida oʻquvchilarning hayotini va sogʻligʻini muhofaza qilishni
taʼminlashga koʻmaklashish;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini
hurmat qilish;
amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartibda oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtish;
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya
qilish;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.