Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

 
 


16 
10. Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor)ning lavozim majburiyatlari 
Taʼlim muassasasida xodimlar shaxsiy tarkibining hisobini yuritish; 
mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarning shaxsiy tarkibi boʻyicha 
buyruqlarni (ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, 
mehnat taʼtili berish va h.k.) rasmiylashtirish va ularning belgilangan tartibda saqlanishini 
taʼminlash; 
xodimlarni muassasaning ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tanishtirish
xodimlarning shaxsiy ish jildlarini (T-2 kartochkalar, mehnat daftarchalari, mehnat 
shartnomalari va h.k.) shakllantirish va yuritish, ularga oʻz vaqtida xodimlarning faoliyati bilan 
bogʻliq oʻzgartirishlarni kiritish
xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo
dasturiy-apparat kompleksiga, shuningdek, vazirlikning elektron maʼlumotlar bazasiga sifatli 
kiritilishi va oʻz vaqtida yangilab borilishini taʼminlash, mehnat daftarchalari yuritilishi, hisobga 
olinishi va saqlanishini taʼminlash; 
 
boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida ish.mehnat.uz hamda 
vazirlikning ish.uzedu.uz sayti orqali eʼlon berish;
 
xodimlarga taʼtil berish hisobini yuritish, taʼtillar jadvalini tuzish
taʼlim muassasa xodimlariga pensiyalar tayinlash, imtiyozlar va kompensatsiyalar 
belgilash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;
 
xodimlarning qoʻnimsizligi sabablarini oʻrganish, uni pasaytirish boʻyicha muassasa 
direktoriga takliflar kiritish;
 
kadrlarga oid hujjatlarni belgilangan joriy saqlash muddatlari tugagach, uni doimiy 
saqlash uchun arxivga topshirish tayyorlash;
 
taʼlim muassasasida mehnat intizomining holati va xodimlar tomonidan ichki mehnat 
tartibi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, mehnat intizomi 
buzilishlarining hisobini yuritish; 
taʼlim muassasalarini pedagog kadrlar bilan taʼminlash, oliy taʼlim muassasalari 
bitiruvchilarini jalb etish choralarini koʻrish yuzasidan turli tadbirlarda ish beruvchi vakili 
sifatida ishtirok etish; 
taʼlim muassasasi direktorining koʻrsatmasi asosida ish faoliyati davomida erishib 
kelayotgan yutuqlari uchun pedagoglar tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat 
mukofotlari va vazirlikning tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarning 
hujjatlarini tayyorlash, oʻrnatilgan tartibda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi 
boʻlimiga taqdim etilishini taʼminlash;
taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini 
hurmat qilish; 
taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun 
hujjatlari talablariga rioya qilish; 
taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat 
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya 
qilish; 
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada 
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 


17 
Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor) oʻz majburiyatlarini samarali bajarish maqsadida 
boshqa boʻlinmalar (xodimlar)dan tegishli maʼlumot va axborotlarni soʻrab olish huquqiga ega. 
Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor)ga ushbu lavozim majburiyatlariga daxldor 
boʻlmagan boshqa vazifa va funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Download 3,57 Mb.
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish