20
“Aqliy hujum” metodi
“Aqliy hujum” ning tamoyili juda sodda. O‘qituvchi sinf oldiga masalani qo‘yadi
va o‘quvchilarda ushbu masalani yechish bo‘yicha o‘zlarining fikrlarini bayon qilishni
so‘raydi. Ushbu bosqichda hech kimning boshqa ishtirokchilarning g‘oyalari haqida o‘z
fikrini bildirishga yoki unga baho berishga haqqi yo‘q. “Aqliy hujum” yordamida bir
necha daqiqa ichida o‘nlab g‘oyalarni olish mumkin. g‘oyalar soni asosiy maqsad emas.
g‘oyalar to‘g‘ri yechimini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. ”Aqliy hujum” ning
qoidalari quyidagilardir: - taklif etilayotgan g‘oyalar
baholanmaydi va tanqid
qilinmaydi; - ish g‘oyalar soni ko‘p bo‗lishi kerak; - har qanday g‘oyani kengaytirishga,
rivojlantirishga xarakat qilish mumkin; - har bir g‘oya yozib boriladi; “Aqliy hujum”
o‘tkazish vaqti qat‘iy o‘rnatiladi va unga rioya qilinadi. “Aqliy hujum”
tugagandan
so‘ng takliflar tahlil qilinadi va ulardan eng qimmatlilari, keyinchalik ular bilan ishlash
uchun, tanlab olinadi. Tahlil qilinganda, avvalo, taklifning foydali jihatlariga e‘tiborni
qaratish lozim. “Insert texnologiyasi” Ushbu texnologiya yangi matn bilan ishlashga
mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Matnni qo‘lda qalam bilan o‘qib
chiqish. 2. O‘qish davomida matnda maxsus belgilar qo‘yib borish: +
buni bilaman; -
buni bilmas edim;
- buni mukammal bilmoqchi edim; 3. Matn bilan to‗la tanishib
chiqilgandan so‗ng quyidagi jadval tuldiriladi: Insert tenologiyasining
jadvali Buni
bilar edim // Buni bilmas edim // Mukammal bilishni xohlayman// www.pedagoglar.uz
45-son 5–to’plam iyun 2023 Sahifa: 36 “Besh minutlik esse”.Yozma vazifaning ushbu
turi dars oxirida qo‘llaniladi. Uning maqsadi o‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzu
bo‘yicha bilimlariga xulosa yasash bo‘lsa, o‘qituvchi uchun o‘quvchilari ongida nimalar
ro‘y berayotganligini bilishdan iborat. O‘quvchilardan quyidagi ikki vazifani bajarish
so‘raladi: - mazkur mavzu bo‘yicha nimalarni bilib olganliklarini va o‘zlari
javob
ololmagan biror savolni yozib berish. O‘qituvchi yozma ishlarni darhol yozib oladi,
keyinchalik esa,
ularni tahlil etib, uning natijalaridan keyingi darsni rejalashtirishda
foydalanishi mumkin.