13
bo’sh stek tuzish;
stekning bo’shligini tekshirish;
stek cho’qqisidagi amalni bajarish;
stekdan oxirgi elementni o’chirish;
stekning oxirgi yangi elemeni kiritish.
Daraxt turi.
Daraxtda
birinchi element ildiz,
oxirgilari esa uchlari
deyiladi.Daraxt
ildizi uchlarining otasi, otadan keyingi uchlar ildizning o’g’illari
deyiladi. Daraxt ildizining birinchi uchlari katta o’g’il, keyingilari esa ukalari deyiladi.
Daraxt uchunbazisli amallar majmuasi quyidagilardan iborat:
bazisli tur elementlari orqali trivial daraxt tuzish;
daraxt ildizini tanlash va uning vorislarini aniqlash;
daraxtuchlari uchun bazis operatsiyalarni aniqlash va bajarish.
Orgraflar turi.
Ba’zi bazisli turlar orqali T va Q strukturalar to’plamini
aniqlaydi, T—ro’yxat elementlari-uchlar deyiladi va Q-ro’yxat elementlari—yoylar
deyiladi. Har bir uchlar uchun yoylar ro’yxati mavjud, ya’ni bu uchlardan chiquvchi va
boshqa uchlarga kiruvchi yoylar ro’yxati mavjud[7].
Ro’yxat uchlar va yoylarning bo’sh ro’yxatidan tuzilgan bo’lsa, u bo’sh bo’ladi.
Faqat bitta uchdan (yoylari yo’q) iborat graf esa trivial deyiladi. Bazisli operatsiyalar
to’plami bo’sh graf tuzishga imkon beradi va basizli operatsiyalarni ularning ixtiyoriy
ro’yxati bilan ishlashni imkonini beradi.
Shunday qilib ma’lumotlar strukturasi aniqlangandan so’ng,
algoritmning
yozilishi 2 qismdan iborat bo’ladi:
1). Dasturlash tili konstruksiyasi bo’lolmaydigan, lekin algoritm yozishda qo’llasa
bo’ladiganma’lumotlar va operatorlarning yozilishi aniqlash;
2). Matematik va shunga o’xshash qulay belgilarni qo’llab,ma’lumotlar va operatorlar
turlarini dasturlash tili konstruksiyasi atamalari yordamida algoritm qadamlarini yozish.