12
Ro’yxat turi.
Ro’yxatning har bir elementi berilgan
bazisli turni ifodalaydigan
elementlar to’plamini tashkil qiladi. Ro’yxat elementlarining soni uning uzunligi
deyiladi va bir xil turdagi ro’yxatlarda elementlar soni har xil bo’lishi mumkin.Ro’yxat
uchun boshlang’ich, oxirgi va navbatdagi va ayni paytdagi
element tushunchalari
mavjud.Joriy element— ro’yxatning shunday elementiki, u aniqlanganpaytda uni qayta
ishlash uchun ruxsat berilgan bo’ladi.
Ro’yxat ustida quyidagi bazis operatsiyalar bajariladi:
bo’sh ro’yxatni tuzish;
ro’yxat bo’shligini tekshirish;
navbatdagi yoki ayni paytdagi elementlar mavjudligini tekshirish;
ro’yxatning birinchi, oxirgi, ayni paytdagi yoki navbatdagi elementlari darajasini
aniqlash;
joriy element xususiyatlari tanlash;
joriy element xususiyatlarini almashtirish;
joriy elementni hozirgi vanavbatdagi elementlarning xususiyatlarini saqlagan
holda ro’yxatdan o’chirish.
Ro’yxat ustida cheklangan bazisli amallar majmuasi orqali shunday ma’lumotlar
strukturasini
hosil qilish mumkinki, huddi navbat va stekdagi kabi amallar ketma-
ketligini bajarish qatiy bo’ladi.
Navbatda elementlarni qaytaishlash “birinchi kelgan-birinchi ketadi ”, stekda esa
“oxirgi kelgan- birinchi ketadi” prinsipi asosida bajariladi.