O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Surxondaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana27.06.2024
Hajmi0,79 Mb.
#266014
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Jumayev Almurod Kenja ogli

 
“TUSHUNCHALAR TAHLILI” METODI 
Metodning mohiyati. Ushbu metod o‘tilgan (chorak, semestr yoki yilida tugagan) 
predmeti yoki bo‘lim barcha mavzularini o‘quvchilar tomonidan yodga olish, biron-bir 
mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z 
izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va 
o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilarni baholay olishga 
yo‘naltirilgan. Metodning maqsadi. O‘quvchilarni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni 
egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik 
darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining 
bilim darajalarini baholayo olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining 
fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek, o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatish. 
Metodning qo‘llanishi: o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi yoki 
dars oxirida, yoki predmetining biron-bir bo‘limi tugallanganda) o‘tilgan mavzuni 
o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy 
nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin o‘quvchilarning 
bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu metodni mashg‘ulot jarayonida 
yoki mashg‘ulotning bir qismida yakka, kichik hamda jamoa shaklida tashkil etish 
mumkin. Metoddan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo‘ladi. Mashg‘ulotda 
foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro‘yxati, qalam 
(yokiruchka), slayd. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: 
•o‘quvchilar guruhlarga (sharoitga qarab) ajratiladi;
• o‘quvchilar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab va qoidalar bilan 
tanishtiriladi; 
• tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi;
• o‘quvchilar yakka tartibda o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha tarqatma 
materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar;


24 
• o‘quvchilar tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalar yoniga 
egallagan (yoki o‘zlarining) bilimlari asosida (berilgan tushunchalarni qanday 
tushungan bo‘lsalar shunday) izoh yozadilar (yakka tartibda);
• o‘qituvchi tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni o‘qiydi 
va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to‘g‘ri izohni belgilaydi yoki ekranda har 
bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo‘lsa) tanishtiriladi;
• har bir o‘quvchi to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarni 
aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘z-o‘zlarini tekshiradilar
baholaydilar, shuningdek bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar. Izoh: 
«Tushunchalar tahlili» metodini «Chaynvord», «Uzluksiz zanjir», «Klaster», «Blis-
zanjir» shaklidaham tashkil etish mumkin. 
«Tushunchalar tahlili» metodidan bir darsning o‘zida dars boshlanishida o‘tgan 
mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning 
dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egallaganliklari va shu darsning oxirida 
bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish 
mumkin.
Quyida informatikaning “Algoritm”mavzusini (9-sinf)o‘qitishda “tushunchalar 
tahlili” metodi asosida foydalaniladigan tarqatma materiallar namunasini keltiramiz: 
Tushunchalar

Download 0,79 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Surxondaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish