O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Surxondaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana27.06.2024
Hajmi0,79 Mb.
#266014
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Jumayev Almurod Kenja ogli

«BUMERANG» METODI 
Metodning tavsifi. Ushbu metod o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan 
tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab 
qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p 
ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha 
o‘qivchilarni baholay olishga qaratilgan. Metodning maqsadi. O‘quv jarayoni 
mobaynida tarqatilgan materiallarning o‘quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida 
o‘zlashtirib olishlari hamda suhbatmunozara va turli savollar orqali tarqatma 
materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash 
jarayoni mobaynida har bir o‘quvchi tomonidan o‘z baholarini egallashiga imkoniyat 
yaratish. Metodning qo‘llanishi. Amaliy mashg‘ulotlar hamda suhbat-munozara 
shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin. 
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar. O‘quvchi dars jarayonida mustaqil o‘qishlari, 
o‘rganishlari va o‘zlashtirib olishlari uchun mo‘ljallangan tarqatma materiallar (o‘tilgan 
mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar). Mashg‘ulotni 
o‘tkazish tartibi. Ushbu metod bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
• o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
• o‘quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;
• o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi; • berilgan 
matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi; • har bir guruh 
a’zolaridan yangiguruhtashkil etiladi;
• yangiguruh a’zolarining har bir guruh navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari bilan 
axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so‘zlab beradilar, matnni o‘zlashtirib 
olishlariga erishadilar;
• berilgan ma’lumotlarning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida 
ichki nazorat o‘tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;
• yangi a’zolar dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
• darsning qolgan jarayonida o‘quvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan ballarini 
hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi. O‘quvchilar 
tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida 
o‘qituvchi (yoki opponent guruh) o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, 
og‘zaki so‘rov o‘tkazadilar;
• savollarga berilgan javoblar asosida guruhlar to‘plagan umumiy ballari aniqlanadi:
• har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matn mazmunini hayotga bog‘lagan holda 
bittadan savol tuziladi;
• guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi («guruh 
hisobchilari» berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradilar);
• guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi; 


23 
• guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi. darsni 
yakunlash, uyga vazifa berish. Informatika darslarida ushbu metodni quyidagicha 
qo‘llash mumkin:
Mavzu: “Kompyuterlar. Kompyuterlarning qurilmalari va vazifalari” (5-sinf, 
Informatika) Tarqatma materiallar:
1-guruhga – Kompyuterlar qanday tuzilgan?
2-guruhga– Ma’lumotlar qanday saqlanadi?
3-guruhga – Kompyuterlarning qanday qo‘shimcha qurilmalari mavjud?
4-guruhga – Kompyuterlar qanday ishga tushiriladi?

Download 0,79 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Surxondaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish