• XULOSA ....................................................................................................................................
  • Mavzuning dolzarbligi.
  • II BOB. INTERNETDA SAQLANAYOTGAN AXBOROT MANBAALARINING XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI




    Download 1.74 Mb.
    bet4/30
    Sana05.08.2023
    Hajmi1.74 Mb.
    #78051
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    Metallarni kesish va kavsharlash texnologiyasi., 6-dars, 2-amaliy topshiriq, 05-1272 15.12.2021, Maqom asoslari, mustaqil ish mavzulari2 (3), 3-MI Uralov Bunyod, 3-mustaqil ish-Vektorlar bo, YO\'PA0118 (1), 2-mavzu.Yarim o‘tkazgichli diodlar, 788, 789, ferment, xfghjh
    II BOB. INTERNETDA SAQLANAYOTGAN AXBOROT MANBAALARINING XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI. . . . .

    38


    2.1. Internetda saqlanayotgan axborot manbaalarining xavfsizligi muammolari..................................................................................................


    2.2. Internetdagi ma’lumotlarda xavfsizligiga tahdidlar va ularning tahlili. .
    2.3. “Axborot xavfsizligi” mavzusi bо‘yicha nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan kо‘rsatmalar .....................................................

    38

    41


    62

    XULOSA ....................................................................................................................................

    67

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ...................................................................................

    68



    Kirish
    Har bir jamiyatning kelajagi, uning ajralmas qismi bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy qilish va ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimining asosi yaratildi.
    Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi. Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborotni muhofaza qilish esa davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati darajasiga aylanmoqda.
    Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog‘i samarali va mo‘tadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta’minlaydi. Turli xildagi axborotlar xududiy joylashishidan qat’iy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet xalqaro kompyuter tarmog‘i orqali kirib keldi.
    Axborotlashgan jamiyat - tarmoq orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda, ya’ni davlat axborotlarning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda. Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo‘qotish kabi muammolar dolzarb bo‘lib qoldi. Bularning barchasi shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda.
    Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko‘rinishda yo‘qotishda (o‘g‘irlash, buzish, qalbakilashtirish) ko‘riladigan zararning oldini olishni ta’minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko‘ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada axborotni muhofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy-texnik vazifalarni hal etish va himoya vositalarini takomillashtirish talab etiladi.
    Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan dolzarb masalalardan biri sifatida tan olinib kelingan. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun tufli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri-sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qiy olmagan. Asrlar davomida bu san’at - sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidentsiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va keng tarqaladigan mahsulotta aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni girlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo‘lishi axborotni himoyalash sanoatining paydo bo‘lishiga olib keladi.
    Axborotni himoyalash hozirgi kunimizning dolzarb myammosi sifatida o‘rganilib bu borada davlatimizda turli samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu sohada yosh tadqiqotchilar xorijiy amaliyotlarga tayangan holda ish olib bormoqdalar.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 may oyida qabul qilgan «Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilarining ilg‘or pedagogik texnologiyalarni («Case-study» uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, «Amaliy o‘yin», interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) va zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishlari uchun uslubiy va amaliy yordam berish ko‘zda tutilgan. Bularning hammasi davlatimiz tomonidan ta’lim-tarbiyaga, shuningdek ularda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali zamon talablariga javob beradigan kadrlarni, shu jumladan pedagog kadrlarni tayyorlashga alohida ahamiyat berayotganligidan dalolat berayotgganligini ko‘rishimiz mumkin.
    О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi PF-5349-son, 2017 yil 7 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarori va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’ѐriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu bitiruv ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

    Download 1.74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 1.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II BOB. INTERNETDA SAQLANAYOTGAN AXBOROT MANBAALARINING XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI

    Download 1.74 Mb.