• Axborotga tahdid deganda
  • O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi




    Download 1.74 Mb.
    bet7/30
    Sana05.08.2023
    Hajmi1.74 Mb.
    #78051
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
    Bog'liq
    Metallarni kesish va kavsharlash texnologiyasi., 6-dars, 2-amaliy topshiriq, 05-1272 15.12.2021, Maqom asoslari, mustaqil ish mavzulari2 (3), 3-MI Uralov Bunyod, 3-mustaqil ish-Vektorlar bo, YO\'PA0118 (1), 2-mavzu.Yarim o‘tkazgichli diodlar, 788, 789, ferment, xfghjh
    Axborot xavfsizligi - fuqarolar, tashkilotlar va davlat manfaati yo‘lida jamiyat axborot muhitini shakllantirish, takomillashtirish hamda undan foydalanish jarayonlarida uning ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligini ta’minlovchi holat.
    Axborot xavfsizligi to‘g‘risida gap yuritilar ekan, birinchi navbatda, xavfsizlikka bo‘ladigan tahdidlarning manbalari, ularni amalga oshirish usullari, maqsadlari va shunga o‘xshash xavfsizlikni buzishga undovchi boshqa shartlar aniqlanishi lozim.
    Axborot xavfsizligi kontseptual modelining birinchi darajadagi komponentalarini quyidagicha keltirish mumkin:

    • tahdid ob’ektlari;

    • tahdidlar;

    • tahdidlarning manbalari;

    • buzg‘unchilar tahdididan maqsad;

    • axborot manbalari;

    • noqonuniy konfidentsial axborotga ega bo‘lish usullari (axborotga kirish usullari);

    • axborot xavfsizligi yo‘nalishlari;

    • axborotni himoyalash usullari;

    • axborotni himoyalash vositalari.

    1-rasmda mazkur komponentlarning umumlashgan ko‘rinishidagi axborot xavfsizligining kontseptual modeli keltirilgan.


    1- rasm. Axborot xavfsizligining kontseptual modeli
    Axborot xavfsizligiga tahdid ob’ektlariga himoya qilinishi lozim bo‘lgan ob’ektning tarkibi, holati va faoliyati haqidagi ma’lumotlar kiradi.
    Axborotga tahdid deganda, uning konfidentsialligi, butunligi, to‘laligi va u bilan tanishish qoidasi buzilishi tushuniladi.
    Axborot xavfsizligiga tahdid manbalariga raqiblar, jinoyatchilar, korruptsiyachilar hamda boshqa buzg‘unchilar kiradi.
    Bunda axborot xavfsizligiga tahdid manbalarining maqsadlari quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin: muhofaza qilinayotgan ma’lumotlar bilan tanishish, g‘arazli maqsadlarda ularni o‘zgartirish va moddiy zarar etkazish yo‘lida ularni yo‘qotish.
    Konfidentsial axborot manbalariga odamlar, hujjatlar, nashrlar, axborot tashish texnik vositalari, ishlab chiqarish va mehnat faoliyatini ta’minlovchi texnik vositalar, mahsulot hamda ishlab chiqarish chiqindilari kiradi.
    Axborot himoyasi yo‘nalishlarining asosiylariga huquqiy, tashkiliy va injener - texnik himoyalar kirib, bular axborot xavfsizligini ta’minlashda kompleks yondashishning asosini belgilaydi.
    Axborot himoyasi vositalari sifatida apparat - dasturiy vositalar va kriptografik tizimlardan foydalaniladi. Kriptografik tizimlardan alohida apparat yoki dastur ko‘rinishida hamda ularni birgalikda qo‘llab foydalanish mumkin.
    Axborot himoyasi usullariga axborotga sanktsiyasiz kirishning oldini olish hamda uni bartaraf etishning barcha yo‘llari va usullari kiradi.

    Download 1.74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




    Download 1.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

    Download 1.74 Mb.