• 1. Innovatsion texnologik park (texnopark)
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi




    Download 0,89 Mb.
    bet3/10
    Sana17.02.2024
    Hajmi0,89 Mb.
    #158274
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Innovasion faoliyatni tartibga solish sohasida davlat

    Innovatsion faoliyat – yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqarish sohasida ularning oʻtkazilishi va amalga oshirilishini ta’minlash boʻyicha faoliyat.
    Innovatsion loyiha – yangi ishlanmalar yaratish uchun bajarish muddatlarini, ijrochilarni, moliyalashtirish manbalarini va tegishli infratuzilmani shakllantirishni nazarda tutuvchi tadbirlar majmui.
    Innovatsion faoliyat sub’yektlari quyidagilardan iborat:

    • innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar;

    • innovatsion faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar;

    • yangi ishlanmalarni yaratadigan, joriy etadigan va innovatsiyalardan foydalanadigan ilmiy, ilmiy-tadqiqot, oliy ta’lim, ishlab chiqarish tashkilotlari va boshqa tashkilotlar;

    • innovatsiyalar ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar manfaatlarini ifodalovchi va himoya qiluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari;

    • innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan va foydalaniladigan intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquq egalari;

    • innovatsion faoliyatga investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investorlar va tadbirkorlik sub’yektlari.


    Qonun bilan texnologiyalar transferi jarayoni – yangi ishlanmani u olinadigan (ishlab chiqariladigan) sohadan amalda qoʻllash sohasiga oʻtkazishga qaratilgan tadbirlar majmui ham joriy etilmoqda. Uning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

    • mavjud texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqariladigan oʻxshash mahsulotga nisbatan yuqori sifatli va raqobatbardosh yangi yoki yaxshilangan mahsulot ishlab chiqarish;

    • yangi ishlanmalar va texnologiyalar asosida mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarish;

    • oʻxshash texnologiyalarga nisbatan energiyani va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish.

    Texnologiyalar transferi shartnoma asosida amalga oshiriladi, intellektual mulkka boʻlgan huquq mavjudligi va undan tushgan foyda uni tuzishning asosiy sharti hisoblanadi.
    Innovatsion faoliyatni moddiy-texnik, moliyaviy, tashkiliy-uslubiy, axborot, konsultativ va boshqa jihatdan ta’minlaydigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va ular birlashmalarining majmui innovatsion infratuzilma hisoblanadi. Uning sub’yektlariga quyidagilar kiradi:
    1. Innovatsion texnologik park (texnopark) – innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladigan yagona moddiy-texnika majmuasi boʻlgan hududga egalik qiluvchi yuridik shaxs. Texnoparkning asosiy vazifasi – uning rezidentlarini qoʻllab-quvvatlash. Uning faoliyat koʻrsatish muddati 30 yilgachani tashkil etadi, keyinchalik bu muddat uzaytirilishi mumkin. Texnopark rezidentining maqomi tanlov asosida 10 yil muddatgacha beriladi;

    Download 0,89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi

    Download 0,89 Mb.