|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi
|
bet | 7/10 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #158274 |
Bog'liq Innovasion faoliyatni tartibga solish sohasida davlat Yangi innovasion korxonalar:
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonlarida resurslarni maqbullashtirgan holda talab yuqori bo‘lgan va istiqbolli innovatsiyalarni keng joriy etish maqsadida tashkil etilayotgan ilmiy hajmdor korxonalar hisoblanadi;
faoliyati davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar hamkorligida davlat ilmiy dasturlari doirasida, mahalliy byudjet va tadbirkorlik sub’yektlari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Innovasion, startap, tijoratlashtirishga tayyorlash, tijoratlashtirish hamda texnologiyalar transferi loyihalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida davlat ilmiy dasturlari doirasida byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ixtirochilik faoliyati qanday qo‘llab-quvvatlanishi.
Vazirlar Mahkamasining 10.08.2022 yildagi «Ixtirochilik va rasionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 440-son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi O‘zbekiston ixtirochilar va rasionalizatorlar jamiyati tashkil etiladi.
Jamiyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish;
davlat boshqaruvchi organlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50% va undan yuqori bo‘lgan tashkilotlarning ixtirochilik faoliyatini rag‘batlantirish;
ko‘rgazmalar va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish.
2022 yildan boshlab har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida ixtirochilik va rasionalizatorlik bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi. Tanlovlar g‘oliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
1-o‘rin – 300 BHM;
2-o‘rin – 250 BHM;
3-o‘rin – 200 BHM.
Ushbu mablag‘lar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi. (Ushbu Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2022 yildan kuchga kirgan.)
|
| |