|
Innovasion rivojlanish vazirligining vazifalari belgilanshi
|
bet | 8/10 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #158274 |
Bog'liq Innovasion faoliyatni tartibga solish sohasida davlat Innovasion rivojlanish vazirligining vazifalari belgilanshi.
Vazirlar Mahkamasining 27.08.2021 yildagi “Ilmiy va innovasion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 545-son qarori qabul qilinshi.
Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning “Ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2021 yil 1 apreldagi PF-6198-son Farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan.
Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:
uzoq muddatli ssenariylar asosida ustuvor soha va tarmoqlarga ilm- fan yutuqlarini tatbiq etish va mamlakatning innovasion rivojlantirishning strategiyasini ishlab chiqish;
hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovasion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalarni shakllantirish;
ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning ijrosini nazorat qilish;
ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;
yoshlarni ilmiy va innovasion faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
ilmiy va innovasion loyihalarni amalga oshirishda investisiyalarni jalb etish, xususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirish.
Qaror bilan quyidagilarni belgilaydigan O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:
Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbar o‘rinbosarlarining biriga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalarni bajarish yuklatildi. Ularning tuzilmasida bir oy muddatda innovasion faoliyat bilan shug‘ullanishga mas’ul bo‘linma tashkil etish topshirildi.
(Ushbu Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2021 yildan kuchga kirgan.)
|
| |