|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi
|
bet | 6/10 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #158274 |
Bog'liq Innovasion faoliyatni tartibga solish sohasida davlat 2022 yil 1 avgustdan boshlab innovasion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishda “tarmoq-hudud-ilmiy oliy ta’lim tashkilot” zanjirining yaxlit tizimi joriy etildi.
Shuningdek, “tubdan yangilovchi” innovatsiyalar yaratishni rag‘batlantirishning quyidagi tizimi joriy etildi:
mahalliy ilmiy tashkilotlar va korxonalarga innovasion tovarlar va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat organlari va yirik davlat tashkilotlari bilan shartnomalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash huquqi berilib, savdo xaridlari Elektron kooperatsiya portali orqali amalga oshiriladi;
ustav fondida 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foydaning 10 foizgacha miqdoridagi ajratmalari hisobidan korxonalarning alohida hisob raqamida shakllantiriladigan Innovasion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi. Ular yuridik shaxs hisoblanmaydi va mablag‘lari “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarni yaratishga va joriy qilishga yo‘naltiriladi.
PF-165-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezident qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:
2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini 2022-2023 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
2022-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshiriladigan innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish va startap loyihalar ro‘yxati;
2022-2023 yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari tomonidan yangi innovasion mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshiriladigan aniq ustuvor loyihalar ro‘yxati;
2022-2024 yillarda istiqbolli yo‘nalishlarda Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etiladigan, ilmiy hajmdor va innovasion mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovasion korxonalar ro‘yxati.
|
| |