|
-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Innovasion rivojlanish strategiyasi tasdiqlanishi
|
bet | 5/10 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #158274 |
Bog'liq Innovasion faoliyatni tartibga solish sohasida davlat 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Innovasion rivojlanish strategiyasi tasdiqlanishi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.07.2022 yildagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165-son Farmoni hamda “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatlar O‘zAda e’lon qilindi.
Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:
2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasi;
2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari;
2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlari.
Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari:
innovasion infratuzilma sub’yektlari (innovasion texnologik park, texnologiyalar transferi markazi, innovasion klaster, venchur tashkiloti, innovatsiya markazi, startap akselerator, inkubator) tarmog‘ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) tashkil etish;
innovasion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning institusional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovasion faol tashkilotlar ulushini oshirish;
kichik tadbirkorlikning innovasion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal o‘sishini ta’minlash;
yangi turdagi mahsulotlar va innovasion texnologiyalar yaratishning g‘oyadan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan kompleks tizimini ta’minlash orqali innovatsiyalarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish;
ta’limning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovasion tadbirkorlik va rasionalizatorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali innovasion faoliyat boshqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantirish.
|
| |