|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi
|
bet | 1/10 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #158274 |
Bog'liq Innovasion faoliyatni tartibga solish sohasida davlat
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“SIRTQI” fakulteti
“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)” yo’nalishi
Innovatsion iqtisodiyot fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Innovasion faoliyatni tartibga solish sohasida davlat
siyosati va dastaklari.
Bajardi: 952-21 guruh talabasi B.Islomov
Qabul qildi: R.Xudoyarov
Jizzax – 2023
Mavzu:Innovasion faoliyatni tartibga solish sohasida davlat siyosati va dastaklari.
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasida innovatsion faoliyat qonun bilan qoʻllab-quvvatlanishi.
2.2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Innovasion rivojlanish strategiyasi tasdiqlanishi.
3.Ixtirochilik faoliyati qanday qo‘llab-quvvatlanishi.
4.Innovasion rivojlanish vazirligining vazifalari belgilanshi.
5.Milliy innovasion ofis tashkil etiladi.
Kirish
Bugungi kunda iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimida chuqur sifatli o‘zgarishlar amalga oshirilib kelinmoqda, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, innovatsiya va innovatsion g‘oyalar hisobiga yangilanib kelinmoqda. Shu bilan bir qatorda mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va mavqei tobora mustahkamlanib bormoqda. Biroq, bugungi fan texnika taraqqiyoti, qolaversa jahon bozorida ro‘y berayotgan innovatsion o‘zgarishlar erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolishga imkon bermaydi. Shu bois, milliy iqtisodiyot va jahon bozoridagi innovatsion strategik o‘zgarishlarni o‘rganish, tadqiqotlarni olib borish, nazariya va uslublarini yaratish, ularni amalga oshirishning yo‘llarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Mazkur masalaning ijobiy hal qilinishi esa iqtisodiy mustaqillikka erishish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion islohotlar, tub yangilanishlarni modernizatsiya qilishi hisoblanib, u makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, korxonalarni yangi texnologiya va jihozlar bilan jihozlash, iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini oshirishga asoslanadi. Ushbu jarayon, shubhasiz mamlakatning innovatsion, iqtisodiy salohiyatini oshirish bilan bir paytda, undan unumli foydalanishni nazarda tutadi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich ta’kidlaganidek “…Kun tartibida o‘ta jiddiy masalalar turibdi. Bular – mamlakatimizda yaratilgan texnologiyalarning raqobatdoshligini ta’minlash, “nou-xau” namunalarini yaratish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishdir”. Darhaqiqat mamlakatning jahon xo‘jalik tizimiga faol kirib borishi, iqtisodiyotning ochiqligini kengaytirish va erkinlashtirish, innovatsiya asosida modernizatsiya qilish sharoitida O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni barqaror sur’atlarni ta’minlash muammolariga alohida ahamiyat berilishini taqazo etadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining hozirgi holati milliy iqtisodiyotda innovatsion o‘zgarishlarni amalga oshirish sur’atlarini jadalashtirishni talab etmoqda. Iqtisodiyoti rivojlangan mamalakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki chuqur, samarali innovatsion strategiyani amal qilishi mamlakat iqtisodiy va tabiiy omillaridan oqilona foydalanish orqaligina amalga oshirish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida iqtisodiyot innovatsion shakllanishi eng avvalo iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi tarmoqlar hisobiga yuz beradi, bu esa o‘z navbatida mamlakat iqtisodiyotini xom ashyo eksport qilishini kamaytirish bilan birga uni qayta ishlashni rivojlantirishga, valyuta mablag‘larining tejalishiga, aholi bandligining oshishiga sabab bo‘ladi. Ushbu omillar o‘z navbatida innovatsiya strategiyasini amalga oshirish mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlanishiga olib keladi.
|
| |