Ilmiy-ommabop asarlarni o‘qish uslubiyati……………………………38  3.3




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana22.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#249446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Kurs ishi

3.2.
Ilmiy-ommabop asarlarni o‘qish uslubiyati……………………………38 
3.3.
Topishmoqlarni organish uslubiyoti…………………………………..40 
Xulosa 
………………………………….………………………………….44
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
………………………………….……………46

 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi. XXI asrning ikkinchi 10 yilligida ijtimoiy hayotning 
boshqa sohalari kabi ta’lim- tarbiya sohasiga ham davlat ahamiyatiga molik
masala sifatida alohida ahamiyat qaratildi. Insoniyatning ehtiyoj va talablari,
jismoniy va ma’naviy yuksalishi respublikamiz davlat siyosatning markaziga
chiqarilgan bo‘lib, hozirgi kunda davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning
ta’lim-tarbiya borasida olib borayotgan ishlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-
4947- sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida uzluksiz ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, mehnat bozorining zamonaviy
ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy va innovatsiyon 
yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish ta’lim
tizimi sohasidagi ustivor yo‘nalishlar sifatida belgilandi. Davlatimiz tomonidan
ta’lim-tarbiya ishlari sifatini ko‘tarish ishlari amalga oshirila boshlandi. “Ta’lim
to‘g‘risida“gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“, ular asosida “Umumiy 
o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti”larini, darsliklarni takomillashtirish ishlari 
boshlab yuborildi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda “Davlat ta’lim standartlarini
bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun
majburiydir”
1
,- ekanligi ta’kidlab ko‘rsatilgan.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslari o‘z vazifalarini belgilab olishda
ta’lim sohasidagi davlat hujjatlariga tayanadi. Keyingi yillarda mustaqillik
sharofati bilan ta’limni tubdan isloh qilish davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishiga aylandi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va shu asosda yaratilgan
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” buning yorqin dalilidir.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim 
tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, 
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini
yaratish asosiy maqsad qilingan
2
.
Ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar o‘qish darslarining sifatini ko‘tarishda bir 
qator imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko‘plari maktablarda
1
«Tа`lim to`g`risidа»gi qоnun \\O`quvchi mа`nаviyatini shаkllаntirish.-T., Shаrq. 2000.9 –bеt.
2
Ўзбекистон Республикасининг “Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури”. //Баркамол авлод-Ўзбекистон 
тараққиётининг пойдевори. - Тошкент: Шарқ,1997. - 39-бет



amaliyotga tatbiq qilinmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o‘tkazilmoqda. O‘qish
darslari jarayonida bolaning fikrlash qobiliyatini o‘stirish, mustaqilligini va
o‘quv ishlari jarayonidagi aqliy faolligini oshirish vazifalari hal qilinmoqda.
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartida 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish predmetidan o‘qish texnikasi, matn
mazmunini va o‘zgalar fikrini anglash malakasi, fikrni yozma shaklda bayon etish 
malakasi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab
berildi
3
Bu talablarni amalda bajarish ta’lim jarayoniga yangicha o‘qitish
texnologiyalarini tatbiq etishni taqozo qildi.
Hozirda o‘quvchilarga o‘qish darslarida bilim berish, bilimlarni oshirishda
o‘quvchilarni mustaqil faoliyatga yo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar tizimi
ishlab chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli foydalanish, ta’limiy o‘yinlarni
joriy etish keng tus olmoqda, ta’lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli
boshqotirma va jadvallardan foydalangan holda mashg‘ulotlar uyushtirilmoqda.
O‘qish darslarida badiiy asar tahlilida adabiyot nazariyasiga asoslaniladi, 
chunki o‘quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar, ularga
adabiyotshunoslikdan nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo metodika adabiy
asarning yaratilish qonuniyatlarini, ularning o‘quvchilarga ta’sirini, ayniqsa,
adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g‘oyaviy mazmuni, uning
mavzusi va syujeti, kompozitsiyasi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olishi zarur.

Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilmiy-ommabop asarlarni o‘qish uslubiyati……………………………38  3.3

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish