6
I bob. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida tabiat mavzusini o‘rganishning
ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.
1.1. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida tabiat mavzusini o‘rganishning
ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘rganiladigan asarlar kichik yoshdagi
o‘quvchilarda imon-e’tiqod tuyg‘ularini shakllantirish, vatanga muhabbat
uyg‘otish, o‘zligini tanish orqali olamni tanishga yo‘llash maqsadlariga xizmat
qiladi. O‘qish bolalarning nutq boyligini oshirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol
toptirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatishning muhim omilidir. Shuning uchun ham
o‘qish boshlang‘ich ta’lim tizimida muhim o‘quv predmeti, ta’lim berish, kamol
toptirish va tarbiyalash, o‘qish ko‘nikmalarini bilan qurollantirish vositasi
hisoblanadi.
Boshlang‘ich ta’lim davlat ta’lim standartining ”Boshlang‘ich ta’lim
sohalarining maqsad va vazifalari”da “Ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish
faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o‘zgalar fikrini anglashi, o‘z
fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan
erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat
qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim
tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi”
4
,- deyilgan.
Boshlang‘ich ta’lim ona tili ta’limi doirasiga o‘qish predmeti ham kiritiladi. Demak,
bu vazifa ta’lim tizimini uyushtiruvchi o‘qish darslariga ham taalluqlidir.
O‘qishga o‘rgatishning muhim vazifalari sifatida dasturda quyidagilar
ko‘rsatilgan:
- o‘quvchilarning boshlang‘ich o‘qish malakalarini (to‘g‘ri, tez, ongli
va ifodali o‘qishni) takomillashtirish;
- bolalarni o‘qigan asarlarining adabiy-estetik xususiyatlarini chuqur idrok
etish, ularni tasvirlangan voqea-hodisalar mag‘zini chaqish, muayyan xulosalar
chiqarishga tayyorlash;
- bolalarda yuksak axloqiy sifatlarni va nafosat tuyg‘usini tarbiyalash;
-o‘quvchilarni matn ustida ishlashga o‘rgatish;
- o‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish. Bu vazifalarni
amalga oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanishga o‘z-o‘zidan
zarurat seziladi.
Boshlang‘ich sinflarda mavsumiy mavzularni o‘rganishning hozirgi
holatini o‘rganish bevosita shu mavzudagi o‘quv materiallarining sifati, o‘quvchilar
4
Umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti. Boshlang`ich ta`lim.|| Ta`lim taraqqiyoti. –T.: Sharq.1999. 75-bet
7
yoshi va saviyasiga mosligi, o‘rganish metodikasining qaydarajada yaratilganligi
va uning tatbiqi bilan asoslanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qish dasturida o‘qish mavzularini berishda mavsumiy va
tadrijiylik tamoyili hisobga olingan. Dasturda “1-sinfning o‘quv yili oxirida bolalar
vatan va uning tabiati, insoniy qadriyatlari haqida kichik-kichik asarlarni
o‘qiydilar. 2-sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo‘lmagan vatan,
ona tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati, ahloqiy munosabatlar haqidagi
asarlar bilan tanishadilar. 3 va 4-sinflar o‘qish mavzulari ko‘lami ancha kengaydi...
O‘qish darslari oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal
etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog‘liq bo‘lib qolmay,
balki bolalarni qurshab olgan hayot, tabiatdagi turfa o‘zgarishlar, ekologik
vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim”ligi
ta’kidlanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qish dasturi talabidan kelib chiqqan holda “O‘qish
kitobi“dagi o‘rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ular
ona tabiat, yil fasllari, xalq og‘zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram
sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida
birlashtirilgan.
“O‘qish kitobi“dagi mavsumiy mavzular nomi va ularga kiritilgan asarlar
sinfdan sinfga o‘tgan sari murakkablashtirilib boriladi. Bir mavzu doirasida
asarlar ham hajm jihatdan, ham syujetining murakkablashib borishi bilan ajralib
turadi.
Mavsumiy mavzudagi asarlarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar ona
tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, uning inson salomatligiga ta’sirini bilib
boradilar.
1-sinf “O‘qish kitobi“da
5
bittagina tabiat mavzuga doir bo‘lim bo‘lib, u
”Ko‘klam – yashardi olam” deb nomlangan. Unda 9 ta asar berilgan va bitta
bo‘lim yuzasidan umumlashtiruvchi-takrorlash darsi ajratilgan. “Ko‘klam –
yashnaydi olam” bo‘limida dastur talabiga ko‘ra fasllar kelinchagi, yashash-
yasharish faslining o‘ziga hos xususiyatlari, inson hayoti va butun tabiatga ta’siri
haqida hikoya qilingan asarlar o‘rin olgan.
Bu sinfda mavsumiy mavzular boshqa bo‘limlarda ham o‘rganiladi.
Masalan, vatan mavzusi o‘rganilayotganda, qish haqoda, Vatan himoyachilari
haqida asarlar o‘qiydilar.
5
G’afforova T.. va b. O’qish kitobi. 1- sinf uchun.. T.: SHarq. 2017.
8
2-sinf “O‘qish kitobi“ga
6
”Oltin kuz – hosiling yuz”, ”Kumush qish – misoli
oqqush”, ”Zumrad bahor – bahri-diling ochar”, ”Yoz – o‘tadi soz” bo‘limlari
kiritilgan. Bu sinfda mavsumiy mavzularga jami soat ajratilgan. ”Oltin kuz
– hosiling yuz” bo‘limida dastur talabiga ko‘ra kuz tabiatiga doir asarlar yordamida
kuzda insonlar mehnati, ularning tabiatga munosabatlari haqida ma’lumot berish,
tabiatga sayr va sayohatlar asosida insho yozish rejalashtirilgan. Dastur talabiga
ko‘ra ”Kumush qish – misoli oqqush” bo‘limi orqali qish tabiati, dala va
bog‘larning qishki ko‘rinishi, o‘quvchilarning qishki ta’tili kunlari, qishki o‘yinlar
haqida ma’lumot beriladi.
3-sinf “O‘qish kitobi“ga
7
”Kuz manzarasi va mehnat”, “Kumush qish“,
“Bahor manzarasi va mehnat“, “Yoz manzarasi va mehnat”, “Tabiatni seving
va asrang” bo‘limlari kiritilgan. Bu sinfda mavsumiy mavzularga jami soat
ajratilgan.
4-sinfda ”Oltin kuz”
8
bo‘limida ”Saxovatli fasl” (Matn), ”Kuz”
(SH.Sa’dulla) she’ri, ”Qovun sayli” (SH. Sa’dulla) hikoyasi, ”Dehqon”
(S.Rahmon) she’ri; ”Kumush qish” bo‘limida ”Qish to‘zg‘itar momiq par”
(Q.Hikmat) she’ri, ”Rangin qorlar” (Olloyor) ertagi, ”Qish” (T.Adashboev)
she’ri, ”Qor odamning sovg‘asi” (O.Husanov) hikoyasi;
“Zumrad bahor“ bo‘limida Xudoyberdi To‘xtaboevning “Erkacholning
o‘rigi ” hikoyalari, Yusuf Xos Hojib “Bahor ta’rifida”, G‘ayratiyning “Buzilmagan
uya“, Qudrat Hikmatning “Bahor“ she’ri, “Bayram urf-odatlari“, F.Musajonovning
“Saxiy bog‘bon“ hikoyasi; “Yoz – o‘tadi soz” bo‘limida ”Yoz” (SH.Sa’dulla)
she’ri, ”Oydin kecha” (Murod Xidir) hikoyasi, ”Nihollarning nolasi”
(X.To‘xtaboev) hikoyasi, ”Suv bilan suhbati” (Z.Diyor) she’ri, ”Quyosh sevgan
yurt” (R.Tolib) ertagi o‘qib o‘rganiladi. Bu sinfda mavsumiy mavzularga jami soat
ajratilgan.
Tabiat mavzular sinfdan sinfga o‘tgan sari murakkablashib borilishini
yuqorida ta’kidlab o‘tdik. Lekin bo‘limlarning nomlanishiga e’tibor qaratsak, bo‘lim
nomlarining bir xil ifoda etilganini ko‘ramiz. Bu, bir tomondan, mavzuni
ifodalashda tasvirlashni, ifodalashni qashshoq holatga keltirib qo‘ygan,
ikkinchidan, o‘quvchilarda ”Nima uchun bo‘limlar bir xil nomlangan? Demak,
oldingi sinfda o‘tilganlarni o‘rganar ekanmiz” fikrni tug‘diradi. Nomlar ham
bolalar yoshiga va idrok eta olish qobiliyatiga mos bo‘lishi, sinfdan sinfga
6
G’afforova T.. va b.. O’qish kitobi. 2- sinf uchun.. T.: Sharq. 2018.
7
Umarova M. va b O’qish kitobi. . 3- sinf uchun. T.: O’zbekiston. 2017.
8
Matchonov S. va b. O’qish kitobi. 4- sinf uchun. T.: Yangiyo’l poligraf servis. 2017.
9
murakkablashtirib borilishi lozim. kerak. Masalan, 2-sinfda ham 4-sinfda ”Yoz –
o‘tadi soz”, 3-sinfda “Kumush qish“ va 4-sinfda ham “Kumush qish“ kabi bir xil
nomlangan. Aslida qo‘yilgan mavzu nomi ham o‘quvchini o‘ylatishi, o‘zi tortishi,
hayajonlantirishi lozim. SHuningdek, mavsumiy mavzudagi ba’zi asarlar hajmi
1-2-sinfda katta bo‘lgani holda 3-sinfda kichik. Masalan, 3-sinfda “Kuz
kelganda” she’ri 6 misradan iborat bo‘lsa, 1- sinf “Lola” va “Navro‘z” she’rlari
12 misradan iborat. Darsliklarda o‘quvchilar uchun qiyinlik qiladigan asarlar ham
bor. Masalan,3-sinfda Abdulla Avloniyning “Yoz” she’ri biroz murakkab va
hozirgi zamon nuqtai nazaridan jo‘nroq.(205- bet). 3-sinfning “Yoz manzarasi
va mehnat” bo‘limlarda “Yettinchi olimpiya sport maktab-internati” (Mirzo
Ahad) hikoyasi, Anvar Obidjonning “O‘ktam avlod” she’ri mavzu bilan bog‘liq
emas. “Kuz manzarasi va mehnat” bo‘limida kirish darsi uchun ikkita matn
berilgan. Biri nasriy “Oltin kuz” va she’riy matn “Kuz kelganda” berilgan.
O‘quvchi mavzu bir xilligini anglaydi, lekin matn tahlili ularga
qiyinchilik tug‘diradi.
2-sinf “O‘qish kitobi”da “Oltin kuz – hosiling yuz” bo‘limidagi asar 2-
sinf o‘quvchilarining o‘qish tezligiga mos emas, kishini hayajonga soladigan badiiy
matnlar tanlanmagan. Masalan, “Kuz”, ”Kuz tabiati”, ”Kuz ne’matlari”, ”Hosil
bayrami” matnlari mualliflar tomonidan yaratilgan, badiiy asarlar emas. ”Kuz
tabiati” matnida
|