12
1. O‘qishni tabiatda yuz beradigan jarayonlar bilan bog‘liq holda tashkil
etish.
2. O‘qishning ongli va ta’sirchan bo‘lishi uchun o‘quvchilarning tabiat
haqidagi hayotiy tajribalariga, taassurotlariga tayanish.
3. Tabiat mavzusidagi asarlarni o‘qishni ko‘rgazmali tashkil qilish,
tabiatga
ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o‘simliklar dunyosini
kuzatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar foydalanish lozim.
Mavsumiy mavzudagi asarlarning har biri o‘ziga xos shakl, uslub va
mazmunda bo‘lgani uchun o‘ziga xos usulda o‘qib-o‘rganishni taqozo qiladi.
Ma’lumki, mavsumiy mavzudagi asarlar ham bir dars davomida
bosqichma-bosqich o‘rganiladi.
Bilamizki, avvalo o‘quvchi asarni o‘qishga
tayyorlab olinishi kerak. Tabiat mavzusidagi asarlarni o‘rganishda tabiat tasviriga
doir rasmlar ustida ishlash, tabiat bag‘riga sayohat, tabiat va kuzdagi bayramlar
haqidagi kinofilmlar namoyishi bolalarni uzatuvchanlikka o‘rgatadi. Televizorda
fasllar boshlanishi bilan “Tabiat manzaralari” ko‘rsatiladi. SHulardan foydalanish
mumkin. Masalan, “Oltin kuz”, “Mehrjon sayli” “Olma”, “Xazonchinak” ilmiy-
ommabop va badiiy asarlarni o‘rganishda slaydlardan foydalanish mumkin.
Badiiy asarni o‘rganishning har bir bosqichida o‘quvchilarni
faollashtiradigan,
mustaqil
fikrlashini
ta’minlaydigan
innovatsion
texnologiyalardan foydalaniladi.
4-sinfda “Yoz o‘tadi –soz“ bo‘limida “Yoz“ she’ri, “Bobomning
sovg‘asi“ hikoyasi ,“Non qayerdan keladi?“, “Oydin kecha“, “Nihollarning
nolasi“, “Suv bilan suhbat“, “Quyosh sevgan yurt“ asarlari o‘rganiladi. Asar bilan
tanishtirish va o‘quvchilarga ifodali o‘qish namunasini ko‘rsatish uchun
aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi
samara beradi.