O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana22.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#249446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Kurs ishi


X. To‘xtaboevning

“Nihollarning nolasi“ hikoyasi badiiy o‘qish
metodida audio-video tasmalar orqali eshittirilsa, o‘quvchilarga voqealarning ta’siri 
kuchli bo‘ladi, ular emotsional zavq oladilar, o‘qiganda eshitganlariga taqlid 
qiladilar. Mavsumiy mavzudagi asarlarni o‘rganishda asosiy diqqat badiiy 
tasvirlarga qaratilishi lozim.
Badiiy tasvir joy tasviri, tabiat tasviri, inson tasviri, qush va parrandalar
tasviri, hayvonlar tasviri bo‘lishi mumkin.
4-sinfda “Zumrad bahor“ bo‘limida berilgan asarlar matnida tabiat
tasviriga bag‘ishlangan o‘rinlar, badiiy tasvir vositalari ko‘p qo‘llangan.
9
Ular 
o‘quvchilarning bahor fasli haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi. 4-sinfda
o‘quvchilari tasviriy vositalar ustida mustaqil ish metodida ishlashlari mumkin.
9
MatchonovS., va boshq “O‘qish kitobi” 4-sinflar uchun darslik uchun darslik, “Yangiyo‘l poligraf servis” 2017


13 
Ya’ni ular badiiy matndan mustaqil ravishda badiiy vositalarni topadilar, 
ularning vazifasini, ular ifodalagan ma’noni izohlaydilar. Badiiy vositalardan
qayta hikoyalash jarayonida o‘z nutqlarida foydalanadilar. O‘quvchilarning
badiiy matndagi tasviriy vositalarni aniqlashlari va izohlashlari uchun
o‘qituvchi yo‘llovchi savollar berib boradi. Agar o‘qituvchi 1-3-sinflarda
jonlantirish, o‘xshatish, mubolag‘a, tabiat tasviri, insonlar tasviri ustida
ishlagan bo‘lsa, o‘quvchilarga ular haqida amaliy ma’lumot bergan bo‘lsa, 
o‘quvchilar qiynalmay topa oladilar.
Farhod Musajonovning “Sahiy bog‘bon” hikoyasi, Xudoyberdi
To‘xtaboyevning “Erkacholning o‘rigi ” hikoyalari o‘quvchilarda katta qiziqish
o‘yg‘otadi. Farhod Musajonovning “Sahiy bog‘bon” hikoyasida gulning ochilishi 
tasviri berilgan: “Ko‘chat gurkirab o‘sa boshladi. Ko‘p o‘tmay g‘unchaning
uchi yorilib, qip-qizil gul ko‘rina boshladi. Oldiniga u kichkina edi, uch kundan
keyin esa piyoladek keladigan qip-qizil atirgulga aylandi. Atirgul shunday chiroyli 
ediki, Odiljon qarab to‘ymasdi“ Xudoyberdi To‘xtaboevning “Erkacholning o‘rigi
” hikoyasi matnida holat tasviri:
10
Yuragim hapriqib ketdi.
SHirin-shirin entika boshladim.
Suhbatdoshlarimga qayta-qayta tikilaman, yuz-u ko‘zlarida yeyayotgan 
o‘riklaridan olayotgan huzurdan o‘zga ifodani sezmayman“, xalq hikmati:
“mol yotganda emas, yeganda semiradi“, o‘xshatish: “Sutga to‘ymagan qo‘zi 
onasining orqasidan qolmagandek, erta-yu kech bobomning ortidan ergashib
yurardim“, tabiat tasviri: “Hali-hali esimda, erta bahor, yerdan nam ketib 
ulgurmagan, tuproq ham xamirdek ko‘pchib turibdi. Tepalikning kungay
tomonida chuchmomalar yerni yorib chiqa boshlagan, havo ham xiyla ayoz bir palla 
edi.“, erkalash: “Yo‘q, bo‘talog‘im, hammasini ekib ketganimiz yaxshi“,
ko‘chma ma’noli so‘zlar:
“Rahmatli bobom o‘sha yili ham, keyingi paytlarda ham
hurjunning ikki
ko‘ziga 
ikki ko‘zani solib, tepalikka suv tashigani tashigan edi“, qahramon tasviri: 
“Yoshi yetmishlarga borib qolgan, baland bo‘yli, tik qomatli, tarashadek qotma,
cho‘ziq yuzli, serzarda va eng muhimi, tinib-tinchimas kishi edi“
11
kabilar
qo‘llangan.
Yuqoridagi badiiy vositalar ustida ishlashda samarali usullar qo‘llansa,
o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlari o‘sadi. Birinchi navbatda, hikoya
mazmuni, voqealar rivoji, qatnashuvchilarning xatti-harakati tahlil qilinadi. Bunda
qahramonlarning xatti-harakati va xarakteriga xos xususiyatlari ularning yashash 
10
S.Matchonov va . O’qish kitobi. 4-sinf uchun. _T., Yangiyul poligraf servis. 2009, 199-bet.
11
S.Matchonov va . O’qish kitobi. 4-sinf uchun. _T., Yangiyul poligraf servis. 2009, 192-195-bet.


14 
sharoitlari bilan bog‘liq holda qaraladi. Bunday hikoyadagi badiiy tasvirga alohida
e’tibor bilan qaralib, savol va topshiriqlar asosida tahlil qilinadi.
X.To‘xtaboyevning “Erkacholning o‘rigi” hikoyasi ustida ishlashda 
“Qoraqandak” o‘rigiga, Erkacholga berilgan tasvirning badiiy jihatlarini tahlil 
qilish asosiy o‘rinni egallaydi. O‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini “fikrlarning
mazasini” shimayotgandek, “tik qomatli, tarashadek qotma, cho‘ziq yuzli, 
serzarda, tinib-tinchimas” kabi so‘z va iboralarga qaratishi lozim. Bunda
X.To‘xtaboyevning “Erkacholning o‘rigi ” hikoyasi matni qismlarga bo‘linadi 
o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhga alohida savol va
topshiriqlar beriladi. Badiiy asar matnidan kelib chiqib, tahlil usullari tanlanadi.
Tabiat mavzusidagi asarlarni o‘qishda o‘quvchilarni jonli tabiat bilan 
bog‘lash lozim. Shunday o‘quv topshiriqlari ishlab chiqish kerakki, o‘quvchi
tabiatdan, hayotdan shunday holatlarni topsin va kuzatsin, o‘zi muayyan xulosalar 
chiqarsin.

Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish