O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana22.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#249446
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Kurs ishi

 
Bitta qaldirg'och bahor qilmaydi.
 
May, may, choponni yechma.
 
May oyidagi yomg'ir nonni ko'taradi.
 
Bahor kunida dumni kiyintiring, shunda dum yaxshi bo'ladi.
 
Sovuq bahorda do'l bo'roni yozda.
 
Bahor kelgan bo'lsa-da, mart - ikkita shim kiying.
 
Mart oyida ekishni boshlamagan kishi yaxshiligini unutadi.
 
Chet eldan qumloq uchib kelib, darvozadan bahor olib keldi. 
Bahor oylari haqida maqollar 
Mart oyida kun va tun o'lchanadi, tengdir. 
Martok - ikkita shim kiying. 
Va mart oyida sovuq burunga o'tiradi. 
Mart qish-qishni bekor qiladi. 
Mart qor ekib, quyoshni isitadi. 
Mart quyoshi o'z izini qoldiradi. 
Qishlash-mart-fevral-bog'li kichik birodar. 
Sovuqni yig'ish vaqti keldi - mart oyi hovlida bo'lganda.
Marmotushka hali ham bo'ronni aylantiradi. 
Mart sigirning shoxini taqillatadi. 
Mart nayrang o'ynashni yaxshi ko'radi. 
Mart ayoz bilan faxrlanadi. 
Ba'zan hatto mart oyi ham sovuq bilan maqtanadi. 
Mart oyida siz trubaga (off-road) borasiz. 
Mart oyida, orqada ham, oldida ham qish. 
Issiq aprel, ho'l may - shuning uchun hosil bo'ladi. 
Aprel tepaligidan quyosh yozga aylanadi. 
Aprel qor bilan boshlanadi va ko'katlar bilan tugaydi. 
Aprel oqimlari erni uyg'otadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 


35 
III bob. “Zumrad bahor” mavzusini o‘rganishni tashkil etish yo‘llari 
3.1. She’r va uni o‘qitishning usullari 
O‘qish darsliklarga asosan hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat 
va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari ilmiy ommabop 
asalar ham o‘qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi uslubiy jihatdan o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilariga ta’siri ham har xil bo‘ladi. 
Tabiiyki, har bir janrg oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni 
she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taalluqli asarlar 
matnidan tubdan farq qiladi.
Topishmoq predmet, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni taqqoslash 
orqali o‘zlashtirsa, maqolalar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharxlashni 
taqozo etadi. Shunga ko‘ra turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda o‘qituvchidan 
unga mos usullar tanlash talab etiladi. Biz shularni e’tiborga olgan holda aynan shu 
bo‘limga kirgan she’riy, ilmiy-ommabop, rivoyat, topishmoq, tez aytishlar janridagi 
asarlarni o‘rganish uslubiyati xususida to‘xtalib fikr yurutishni o‘rinli deb bildik. 
She’r ohang jihatdan ma’lum bir tartibga solingan his tuyg‘u ifodasi sifatida vujudga 
kelgan hayajonli ritmik nutq.
She’riy nutqni ohang jihatdan ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm ( bir-
biriga monant kichik bo‘laklarning izchil va bir meyorda takrorlanib kelishi) va 
qofiya ( misralarlarning oxirida keladihan ohangdosh so‘zlar) hisoblanadi. She’rni 
o‘qiganda kichik yoshdagi o‘quvchilar tabiat va jamiyat voqea hodisalarning poetik 
tasviridan hayajonlanishlari muhikm ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinflarda she’r 
tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, ya’ni she’riy asarlar va lirik she’rlar o‘qitiladi.
She’riy hikoyada syujet, ya’ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. 
Lirik she’r “biror hayotiy voqea – hodisa ta’sirida insonda tug‘ilgan ruhiy kechinma, 
fikr va tuyg‘ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining 
his-tuyg‘uga to‘la hayajonli nutqini ta’sirliroq ifodalashda qo‘l keladi”. She’rni 
o‘qish darslarida asosiy ish turi ifodali o‘qish hisoblanadi. O‘quvchi she’rning asosiy 
mazmunini tushunsagina, uni ifodali o‘qiy oladi. She’riy hikoyani tahlil qilishda 
asosan hikoya, ertak, masalni tahlil qilishda qo‘llangan ish turlaridan foydalanish 
mumkin.
Lirik she’rni o‘qish va tahlil qilish o‘qituvchidan kata mahorat tahlil qiladi. 
Holbuki ko‘p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai-nazaridan yondashiladi. Bunday 
holda she’riy san’at hissiyot bilan bog‘liq ekanligi unutiladi. She’r ma’nosining 
satrlari so‘zlar zamirida yshirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning Homidiy H. va 
boshqalar. Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati – T.: O‘qituvchi, 2000-b.
Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma’noni o‘qish mehnat talab 
ishdir. Busiz hatto adabiy ta’limning maqsadi ham amalga oshmaydi. She’riy 


36 
ohangni his qilmaslik, matn so‘zlarini to‘la tushunib yetmaslik she’r yodlashni 
zerikarli mashg‘ulotga aylantiradi. Ma’nosi anglanmagan matnni yodlash oson 
kechmaydi. Buni deyarli barcha sinflarda o‘rganiladigan “O‘zbekiston 
Respublikasining madhiyasi” misolida ko‘rish mumkin. Ma’lumki madhiya kichik 
yoshdagi bolalarg mo‘ljallab maxsus yaratilmaydi. Binobarin uning matnidagi “hur 
o‘lka”, “to abad”, “ilmu fan”, “shuhrating”, “ajdodlar”, “mardoni ruhi senga yor”, 
“o‘chmas iymoni”, “istiqloq mash’ali”, “tinchlik posboni”, “xalqsevar ona yurt”, 
“Mangu bo‘l obod”, “Jo‘sh urgan” kabi ko‘pdan-ko‘p so‘zlar iboralar o‘quvchilarga 
izohlab tushuntirilmasa ta’limdan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. 
Boshlang‘ich sinflarda ko‘rgazmali ta’limning asosiy shakli she’rni ifodali o‘qish 
hisoblanadi. Lirik she’rni ham o‘quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga 
erishish mumkin. Shuning uchun she’r birinchi marta o‘qiganda, hech qanday 
tushuntirish berilmaydi. She’r o‘quvchilarga qanday ta’sir qilganini hisobga olsih, 
bilish zarur. O‘qituvchi she’rni shunday ifodali o‘qish kerakki, bolalar uning asosiy 
mazmunini anglasinlar. Ularga jonli so‘z kuchliroq ta’sir etsin. So‘ngra She’rni 
mustaqil 
o‘qish topshiriladi. O‘qitilayotganda tabiiy zavq-shavq,shodlik 
hursandlik,qahr-g‘azab xissini qichqiriq ovozi bilan soxta ifodalashga yo‘l 
qo‘ymaslik zarur.Bolalar she’rni o‘qiganda she’riy satrga rivoyat qilishlari kerak, bu 
jarayonda ularning she’r ritmini buzmasliklariga erishish kerak.O‘quvchilar she’r 
matnini mustaqil o‘qiyotganlarida doskaga ma’nosi izoxlanadigan so‘zlar yozib 
qo‘yiladi.Masalan, “Qish qo‘zg‘itar momiq par” she’ri o‘rganilganda “To‘zg‘itar” , 
“Momiq par” , “Oq namat” , “Nazdimda” ,”Zarra” so‘zlari izoxlanadi. 
Shundan so‘ng, she’r o‘quvchilarga navbat bilan o‘qittiriladi,uning mazmuni 
yuzasidan savollar asosida suxbat o‘tkiziladi. Unda quyidagicha savollar berilishi 
mumkin: “She’rda qaysi fasl tasvirlangan ekan ?”, “Shoir joylarni nimaga 
o‘xshatadimi ?“, “Shoir qor yog‘ishini nimaga o‘xshatgan?”, “Shoir qorga qanday 
murojaat qiladi”. O‘qituvchi berilgan javoblarni to‘ldirib, o‘quvchilarning qish 
fasliga doir tushunchalarni boyitadi. ”Qish” , “Tursunboy Adashboyev” she’rining 
xajmi unchalik kata emas lekin u qishda hayvonlar hayotida ro‘y beradigan 
o‘zgarishlarni bilib olishga yordam beradi. Bu she’rni o‘qishdan oldin ham 
o‘quvchilar bilan savol javoblar o‘tkaziladi. O‘quvchilar diqqati hayvonlarni 
qishdagi hayotiga qaratiladi. Masalan, qishda yovvoyi quyonlarning rangi o‘zgarib, 
qorda o‘zini dushmandan himoya qiladigan oq rangga kirishi, ayiqning o‘sik 
yunglari sovuqda yashashga qo‘l kelishi to‘g‘risida tushuncha beradi. She’r matni 
bilan tanishishdan oldin do‘skaga “Ayoz”, “Quyruq”, “So‘qmoq”, “Pima”, 
“Po‘stin”, “Paxmoq” so‘zlari yozilib, ma’nosi izoxlanadi.She’rni navbat bilan 
o‘quvchilarga navbat bilan to‘rt besh marta o‘qitilgandan keyin uning mazmuni 
yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Uning to‘la mazmuni yuzasidan savol javob 
o‘tkaziladi. 


37 
She’rning to‘la mazmuni uch-to‘rt o‘quvchilarga gapirtirilardi, ularning fikr 
muloxazlari to‘ldirilardi. Mazkur mavzuni o‘rganish jarayonida maktab atrofiga 
sayohat uyushtirish mumkin. Qishda qor bosgan dalalarning tomlarini, daraxtlarni, 
odamlarning va qushlarning qishdagi hayotini kuzatish o‘quvchilarning mustaqil 
fikrlashi va nutqining ifodali, sermazmunli bo‘lishi uchun boy material beriladi. 
O‘quvchilar barglari to‘kilib, sovuqda qor bosib turgan daraxtlarni ko‘rar ekan, shu 
xolatni ifodalagan “Qor ko‘rpasiga o‘rangan” yoki “Sovuqda mudrayotgan daraxt” 
kabi iboralarni topishga harakat qiladi, bu esa o‘quvchilarning lug‘at boyligi 
oshishiga xizmat qiladi. 
She’r matni savol javob asosida o‘tkaziladi. Ammo she’r mazmuni xaqida 
o‘quvchilarga ko‘p savol berish tavsiya etilmaydi. 
O‘quvchilar she’rning asosiy mazmunini tushunganiga ishonch xosil 
qilishning o‘zi kifoya. Shunixam aytish kerakki bolalar hayoti ularning o‘ziga xos 
fikrlari qiziqishlari, xis-tuyg‘ulari, qiziqishlarini ifodalovchi, shuningdek
zamonaviy qahramonlari ishlari haqidagi she’rlar haqidagi she’riy mazmunini 
to‘liqroq taxlil etish talab etiladi. Bunday she’rlarni o‘qishga maxsus tayyorlanadi: 
she’r 
mazmuniga 
asos 
bo‘lgan 
tarixiy 
voqea 
haqida 
qisqacha 
so‘zlab beriladi yoki suhbat o‘tkaziladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan 
ko‘pgina she’rlarni tahlil qilib, ifodali o‘qish mashq qilingach, ifodali yod 
aytib berish vazifasi topshiriladi. She’riy nutq yengil yodlab olinadi, bolada estetik 
his-tuyg‘u 
uyg‘otadi. 
Kichik 
yoshdagi 
o‘quvchilar 
saviyasiga mos bolalarbop ravshan til bilan yozilgan. 
Kichik 
yoshdagi 
o‘quvchilarga 
she’rni 
qanday 
yodlash 
kerakligi 
o‘rgatiladi. 
Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan she’rni teng satrli bir necha qisimga 
bo‘linadi. O‘quvchilarga har bir satr oxirida pauza (to‘xtam) qilish, buning uchun 
satr oxirida tinish belgisi bo‘lishi shart emasligi, ritmik to‘xtamda ovozni 
nuqtadagi kabi pasaytirmaslik lozimligi, bu tugallanmagan fikirni davom ettirish- ga 
imkon berishi tushuniladi va bo‘lingan qismlar navbati bilan yodlatiladi. 
She’rni izohli o‘qish darsining tuzilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1) she’r mazmunini yaxlit idrok etish uchun uni ifodali o‘qib berish (birin-chi 
sintez); 
2) she’rda tasvirlangan payt, hodisa haqida suhbat (analiz);
3) she’rni ifodali o‘qishni mashq qilish (ikkinchi sintez); 
4) she’rni yod aytib berishga tayyorlanish. 
5) epik (voqeiy) she’rlar ustida ishlash 

Download 0,6 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish