4-sinfda “Zumrad bahor” mavzusini o‘rganish




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana22.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#249446
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Kurs ishi

2.2. 4-sinfda “Zumrad bahor” mavzusini o‘rganish 
Bo'lim materiallarini o'rganishda o'quvchilarning oldingi sinflarda olgan 
bilim va tushunchalariga tayaniladi va yangi ma'lumotlar beriladi. 
Bolalar serquyosh O'zbekistonning fasllari orasida fasllar kelinchagi bahor 
fasli haqida ko'plab taassurotlarga egalar. Ular bu taassurotlarini, albatta, televizor 
va radio, gazeta-jurnallar orqali va o'zi yashayotgan zaminda har yili olam-olam gul-
u bo'ston bo'lib, hamma yoqni ko'm-ko'k maysazor-u, bog'-rog'larni gul-u gulzorga 
aylantiradigan bahor faslini ko'rish, undan zavq olish orqali ham yaqindan biladilar.
Zumrad bahor haqidagi ilk mavzuning o'zidayoq o'qituvchi o'quvchilarga 
O'zbekiston fasllari, jumladan, go'zal bahor haqida qo'shimcha bilim 
va tushunchalar berishni maqsad qilib qo'yadi. Bo'lim materiallarini o'quvchi 
o'rganib borar ekan, bahor fasli, uning go'zalligi-yu, bor tarovati haqida, bu faslda 
bo'ladigan bayra-mlar haqida bilimga,tushunchaga ega bo'lib boradilar.Bo'limni 
to'liq o'zlashtira borib o'quvchining tasavvuri kengayadi, bilimi kengayadi, zarur 
konikma va malakalarni egallaydi.
Bo'lim materiallarini o'qituvchi o'quvchiga o'rgatib borish orqali o'zi 
yashayotgan shahar yoki qishloq, u yerdagi mahalliy sharoit bilan bog'liq hodis-
alarni, bahorning erta yoki kech kelishi sabablarini va erta bahorda o'sib-unib 
chiqadigan bahor chechaklari haqida ma'lumotlar berishni diqqat markazida 
tutadi.”Zumrad bahor” bo'limidagi Yusuf Xos Hojibning "Bahor ta'rifida" hikoyasi, 
Habib Rahmatning "Jala darakchisi" she'ri kabi asarlarida o'quvchilarga uyg'onish, 
yasharish, yangilanish fasli — so'lim bahor haqidagi ma'lumotlarni yetkazish 
nazarda tutilgan. 
Bulardan tashqari, bahor fasli haqida Mirtemir, Q. Hikmat, X.To'xtaboyev, 
F. Musajonov kabi adiblarning ham qator asarlari berilgan. O'quvchilar bu 
asarlarni o'qish orqali go'zal bahor fasli haqidagi tasavvurlarini yanada 
boyitadilar. 
Zumrad bahor 
Chekinib qahraton qish, 
Bahorda boshlanar ish. 
U fasllar kelini, 
Yoyib kelar sepini. 
Shudring tushar nahorda, 
Shildirar suv anhorda. 
Ko‘karadi o‘t-o‘lan, 
Go‘yoki zumrad gilam. 
She’rni o‘qiganda kichik yoshdagi o‘quvchilar tabiat va jamiyat voqea 
hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. 
Boshlang‘ich sinflarda ko‘rgazmali ta’limning asosiy shakli she’rni ifodali o‘qish 


28 
hisoblanadi. Lirik she’rni ham o‘quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga 
erishish muhim. SHuning uchun she’r birinchi marta o‘qilganda, hech qanday 
tushuntirish berilmaydi.
SHe’r o‘quvchilarga qanday ta’sir qilganini hisobga olish,bilish zarur. 
O‘qituvchi she’rni shunday ifodali o‘qishi kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini 
anglasinlar, ularga jonli so‘z kuchliroq ta’sir etsin. So‘ngra she’rni mustaqil o‘qish 
topshiriladi. O‘qish oddiy bo‘lishi kerak. O‘qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, 
xursandlik, qahr-g‘azab hissini qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga yo‘l 
qo‘ymaslik zarur. Bolalar she’rni o‘qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari kerak, bu 
jarayonda ularning she’r ritmini buzmasliklariga erishish kerak. Quyida she’r o‘tish 
darsi namunasini keltiramiz: 
O'quv materiali.
Bahor.
Qudrat Hikmat. 
Darsning maqsadi.
1. 
O'quvchilarning. 
Bahorda 
tabiatda, 
hayvonot 
va 
qushlar hayotida bo'ladigan o'zgarishlar haqidagi bilimlarini boyitish. 
2. Bahor faslida tabiatni kuzatishga, undagi o'zgarishlarni payqab olishga 
o'rgatish. 
3. Tabiatni sevish, asrash, uning gullab yashnashi uchun hissa qo'shishga 
yo'llash. 
4. O'quvchilar nutqini badiiy so'zlar bilan boyitish. 
Dars turi. Yangi bilim beruvchi, she'r o'qish darsi. 
Dars shakli. Noan'anaviy dars. 
Dars metodi. Kichik guruhlar bilan ishlash, mutsaqil ish metodi, suhbat 
metodi, tarmoqlash metodi. 
Darsning jihozi. Korton qog'oz, rangli flomaster, gul, qushlar rasmi, tabiiy 
hodisalar tasviri. 
Tashkiliy 
qism. 
Sinf 

guruhga 
ajratib 
o'tqaziladi. 
Darsning borishi. 
I. Da'vat bosqichi. Maqsad. O'quvchilarning bahor fasli, undagi hayot 
haqidagi tushunchalarini aniqlash. Yangi mavzuni o'rganishga tayyorlash va 
qiziqish 
uyg'otish. 
Tabiatni 
asrash 
hisini 
tarbiyalash. 
Metod. Mustaqil ish metodi. 
1. O'quvchilar guruhiga o'tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
yozilgan kartochka solingan konvertlar beriladi.
Savol-topshiriqlar: 
l-guruh uchun:


29 
1. Bahor fasli haqida qaysi asarni o'qib keldingiz? Unda tabiatdagi ob-havo 
o'zgarishlari qanday tasvirlangan? So'zlab bering. 
2. Nasim,firdavs so'zlarining ma'nosini izohlab bering.
3. «Bahor ta'rifida» matnining 1 -qismini ifodali o'qib bering. 
2-guruh uchun:
1. «Bahor ta'rifida» asarida yerning yuz qismidagi, dov daraxtlardagi 
o'zgarishlar qanday tasvirlanadi? So'zlab bering.
2. Chin so'zining ma'nosini izohlab bering.
3. Asarning 2-qismini ifodalai o'qib bering.
3-guruh uchun:
1. Qushlar hayoti qanday tasvirlanadi? Shularni so'zlab bering.
2. Kaklik, oqqush, o'rdakni rasmlar ichidan tanlab ko'rsating.
3. Asarning3-qismini ifodali o'qib bering. 
4-guruh uchun:
1. 
Hayvonlar 
harakati 
qanday 
tasvirlangan? 
Shu 
o'rnni 
hikoyalab bering.
2. Jayronning rasmiga qarab, uning tashqi ko'rinishini tasvirlang. 
3. Asarning 4-qismini ifodali o'qib bering. 
O'quvchilar to'plagan ballar e'lon qilinadi. 
2. Baddiy til vositalari ustida ishlash.
O'qituvchi: Bugun darsda daxatdagi olmalardan uzishga ruxsat beraman. 
Faqat uning orqasiga yozilgan savoltopshiriqni bajarsangiz, olma sizniki bo'ladi va 
uni o'z savatchangizga solasiz.Har bir guruhdan o'quvchilar navbat bilan chiqib 
olmadardan oladi va shu vaqtning o'zidayoq savollarga javob beradi: 
O'qing. Qanday badiiy vosita qo'llanganini ayting. 
Uyquga kirgan daraxtlar yana yashil to'n kiydi, oq, sariq, ko'k, qizil rangli 
yopinchiqlar bilan bezandi. 
O'qing. 
Qanday 
badiiy 
vositalar 
qo'llanganini 
ayting. 
Bo'z yer yuziga yashil parda tortdi, go'yo Xitoy karvoni Chin hariri ipak 
matolarini har tomonga yoydi. 
O'qing. Qanday badiiy vosita qo'llanganini ayting. 
Qora qarg'a tumshug'ini ko'pirtirib qag'illaydi, uning ovozi tantiq qizning 
ovozi kabi yoqimsizdir.
O'qing. Qanday badiiy vosita qo'llanganini ayting. 
Mag'rur turnalar ko'kda ovozini baralla yangratmoqda, tizilib tuya karvonidek 
uchmoqda.
Guruhlar balli e'lon qilinadi.
3. Matnni topshiriqlar asosida o'qitish. «Bahor ta'rifida» matnini o'qing. 


30 
Undan ko'chma ma'noda qo'llangan so'zlarni toping. (Bahor nafasi, firdavs 
yo'li, o'z hukmiga, harir yopingich, har tomonga yoydi, kaklik kulmoqda, gullar yuz 
ochib, qah-qah urib kulmoqda kabi). 
Guruhlarning balli e'lon qilinadi.
4. 
Bahor 
fasli 
haqida 
o'quvchilar 
tushunchasini 
aniqlash. 
- Bahor fasliga xos xususiyatlarni tarmoqlash usulida ifodalang, uni doskaga iling 
va izohlab bering. 
-«Bahor» she'ri muallifi Qudrat Hikmat haqida nimalar bilasiz? Og'zaki 
gapirib berishga tayyorlaning. 
- Qudrat Hikmatning qaysi she'rlarini yod bilasiz? (O'quvchilar «Qish 
to'zg'itar momi par» she'rini aytishadi) 
Guruhning balli e'lon qilinadi. 
O'qituvchi hikoyasi. Q. Hikmat bolalar uchun she'r yozgan. Shuning uchun 
bolalar shoiri deb aytishadi. U Toshkentda tug'ilgan. Pedagogika oliygohida 
o'qigan. U atigi 43 yil yashagan. Lekin bolalar uchun ko'plab she'rlar t o'plamini 
yaratgan. Uning «Me ning Vatanim», «Baxtli bolalar», «Uch o'rtoqning sovg'asi», 
«Soatjoninng 
soati», 
«O'g'lim 
bilan 
suhbat» 
to'plamlari 
bor. 
II. Anglash bosqichi. Maqsad. «Bahor» asari orqali o'quvchilarning bahor 
tabiati, qushlarning harakati haqidagi bilimlarini boyitish, ifodali o'qish 
ko'nikmalarini 
takomillashtirish. 
O'quvchilar 
nutqiga 
mayin 
shamollar,
soyabontollar, tong yellari, o'tlar tebranar, ko'kni quchgan teraklar iboralarini 
kiritish. 
Metod. Mustaqil ish metodi. 
1-topshiriq. She'rni ichingizda o'qing. Ifodali o'qib berishga tayyorlaning. 
O'qish uchun 1-2 daqiqa beriladi. So'ng har bir guruhdan 4-5 o'quvchiga o'qitiladi. 
Ular baholanib boradi, guruhning ifodali o'qishi bo'yicha umumiy balli e'lon 
qilinadi. 
2-topshiriq. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlang. Har bir guruh o'z 
ichida savol-topshiriqlarni bo'lib olib tayyorgarlik ko'rsin. Tayyor o'quvchi turib 
javobini aytaveradi. Guruhlar bir-birining javobini to'ldiradi. 
3-topshiriq. Jonlantirish qo'llangan misralarni topib o'qing. Shoirning 
murojaatini topib o'qing. Shoir sizga nima demoqchi? 
III. Fikrlash bosqichi. 
Maqsad: O'quvchilarning she'r asosida olgan bilimlarini hayotda ko'rgan 
kuzatganlarini, eshitganlari bilan bog'lab ifodalab berishga o'rgatish. Darsda olgan 
taassurotlarini eshitish orqali keyin darsning vazifalarini rejalashtirib olish. Metod. 
Suhbat metodi. 
1. Mavzu yuzasidan o'rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa 
chiqarish.


31 
Savollar: 
- Bugungi darsda nimalarni bilib oldingiz? 
- She'rni o'qishdan oldin bahor, uning ob-havosi, tabiat ko'rinishi, qushlar 
hayoti haqida nimalarni bilar edingiz? 
- "Bahor" she'ri orqali nimalarni bilib oldingiz? 
- Hissiyotingizga kuchli ta'sir qilgan misralar qaysilar? Ularni o'qib bering. 
Bahordagi tabiatning uyg'onishini shoir qo'llagan ifoda bilan tasvirlab bering. 
- Siz qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz? 
2. Guruhlar to'plagan ball va ayrim faol o'quvchilarning bahosi e'lon qilinadi. 
3. Uy vazifasi: She'rni yod olish. She'r mazmuniga mos rasm chizish. 


32 

Download 0,6 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 4-sinfda “Zumrad bahor” mavzusini o‘rganish

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish