II bob.”Zumrad bahor” mavzusini o‘rganishning maqsad va vazifalari.
2.1. “Zumrad bahor” mavzusini o‘rganishda yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini o‘qitishdan asosiy maqsad o‘quvchilarda
darslikda berilgan bo‘lim materiallariga bo‘lgan qiziqishni oshirish, o‘z fikrini
to‘g‘ri, aniq ravshan va go‘zal ifodalay olish ko‘nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishdan iboratdir.
So‘zlarni to‘g‘ri tanlash, nutqni tinglovchiga qulay tarzda tuza olish insoniy
madaniyatning eng asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun har
bir o‘qish darsligida berilgan bo‘lim materiallari orqali ham o‘quvchilarda nutqiy
ko‘nikmani shakllantirishga o‘z ona-vataniga muhabbat hissini uyg‘otishga ham
sabab bo‘ladi.
Biz yangi iqtisodiy-ijtimoiy sharoitda faqat bilimli kishilarni emas, balki
ijodkor, tadbirkor kishilarni ham yetkazib berishimiz lozim. “Bilimli kishi” bilan
“Tadbirkor kishi” orasida farq bor, albatta. Bilimli shaxs bilimga ega bo‘lsa ham,
lekin bilimini har vaqt ham amaliy faoliyatda qo‘llay olmaydi. Tadbirkor shaxs esa
faqat bilimli bo‘lib qolmasdan, balki egallagan bilimini sharoitga mos ravishda
qo‘llay olish ko‘nikmalariga egadir. Shuning uchun bilimlining bilimi omborda
yotgan sara urug‘ bo‘lsa, tadbirkorning bilimi yerga ekilgan dondir. Arab maqolida
“Olumun bilo amalin, kasabhobu bilo motarin” aytiladi. Ma’nosi: ilmini amaldan
qo‘llay olmagan olim yomg‘irsiz bulutdir, u quyoshni to‘sadiyu boshqa hech narsa
bermaydi. Tadbirkor bilimini har daqiqada ishga solidi va undan samara oladi. Nutq
tadbirkorligini singdirish maktabda ona tili va o‘qish mashg‘ulotlarining bosh
vazifasidir. Shuning birinchi soatdan boshlab oxirgi mashg‘ulotgacha ona tili va
o‘qish darslari o‘quvchilarda nutq tadbirkorligini tarbiyalashga xizmat qilishi kerak.
Yuqorida qayd qilingan tushuncha va muammolarni talqin qilish va javob topishga
intilish bugungi kunimizning dolzarb masalalaridan biri.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
2013-yil 8-dekabr kuni Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunining 21 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishida qilgan maruzalarida ilgari surgan quyidagi
fikrlarni ilgari surdi: “Bolaning jismoniy va psixologik rivojlanishdagi eng asosiy
davr bu boshang‘ich sinf davridir. Hammamiz bilamizki, sobiq tuzum sharoitida bu
masalaga, afsuski, yetarlicha ahamiyat berilmas edi. Quyi sinflarda dars berish
asosan o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan muallimlarga topshirib qo‘yilgan edi.
Boshlang‘ich ta’limning yosh avlod hayotidagi ro‘li va ahamiyatini hisobga olgan
holda, bunday nomaqbul holatga butunlay barham berildi va bu vazifani bugungi
kunda oliy ma’lumotli yuksak professional mahoratga ega bo‘lgan pedagog kadrlar
bajarmoqda.
23
Qabul qilingan dasturda boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish, ta’lim
standartlari, o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalarini takomillashtirish ilg‘ori
pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalari
o‘z ifodasini topishi kerak”. Yurtboshimiz tomonidan ushbu maruza jarayonida yana
2014-yilning nomlanish masalasiga keng to‘xtanilib, “Sog‘lom bola yili” deb e’lon
qilishni taklif etilgan. “Endi sizlar bilan kirib kelayotgan yangi – 2014-yilga qanday
nom berish haqida maslatlashib, fikrlashib olishimiz kerak. Azal-azaldan har qaysi
ota-ona o‘z bolasining sog‘lom va barkamol bo‘lishini istaydi. Shunday farzandni
voyaga yetkazish, uning hayotda munosib o‘rin egallashiga onaning eng ulug‘ eng
muqaddas orzusi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Biz so‘glom deganda
nafaqat jismoniy balki ma’naviy jihatdan ham sog‘lom bolani o‘zimizga tasavvur
etamiz. Mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab yurtimizda sog‘lom ona –
sog‘lom bola masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani, keng
ko‘lamli umumilliy dasturimiz doirasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlarimiz
jahon miqyosida ham tan olingani sizlarga yaxshi ma’lum.
14
Ayni vaqtda bugungi
shiddatli zamon hayotining o‘zi yosh avlod tarbiyasi borasida oldimizga yangi-
yangi, o‘ta muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga
ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va
axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. SHuning uchun ham boshqa predmetlar
ta’limini
o‘qish
ta’limisiz
tasavvur
qilib
bo‘lmaydi.
O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor
o‘qish darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat ta’lim
standartlari (DTS) talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quv-biluv
ko‘nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘l ochiladi. Aynan o‘qish
ta’limida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa olamni anglashga bo‘lgan
intilishlariga turtki beriladi.
SHu maqsadda «O‘qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab
turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti,
mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va tinchlik
kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga mo‘ljallangan badiiy,
axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va gaplar
bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa,
o‘qish texnikasi egallangandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan
badiiy,
ilmiy-ommabop
matnlar
yuzasidan
olib
boriladi.
14
Karimov I.A. amalga oshirilayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug‘
kelajagimizning asosiy omilidir. Xalq so‘zi 2013-yil 7-dekabr
24
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti,
mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy
sanalar to‘g‘risida muayyan tasavvur beradi.
Tabiatga oid mavzular yordamida o‘quvchilar tabiatdagi o‘zgarishlar, yil
fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday
mavzudagi asarlar o‘quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan
to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi.
Umuman, «O‘qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o‘quvchilarga
ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug‘atini boyitishga, og‘zaki va yozma
nutqini to‘g‘ri shakllantirish va nutq madaniyatini o‘stirishga ham qaratiladi.
Amaldagi «O‘qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o‘tgan
sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.
Masalan, 1-sinfda o‘rgatiladigan «Ajdodlarimiz-faxrimiz», «Ilm-aql chirog‘i»,
«Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4-sinflarda ham davom ettirilgan.
Bu
esa
o‘quvchilarning
oldingi
bilimlari
to‘ldiradi
va
boyitadi.
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga,
poetik mukammalligiga, o‘quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos
kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘quvchilar darsliklar yordamida o‘zlashtiriladigan bilim, ko‘nikma va
malakalarining kelajak hayotda zarur bo‘lishini tushunib yetishishlariga erishish
o‘qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
SHuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy
metodik usullari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy o‘qitish usullari bilan boyitib
borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o‘zaro bog‘liq holda va sinfdan tashqari
o‘qish mashg‘ulotlari jarayonida hal qilinadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘rganiladigan asarlar kichik
yoshdagi o‘quvchi-larda
imon-e’tiqod
tuyg‘ularini shakllantirish, vatanga
muhabbat uyg‘otish, o‘zligini tanish orqali olamni tanishga yo‘llash maqsadlariga
xizmat qiladi. O‘qish bolalarning nutq boyligini oshirish, adabiyestetik tafakkurini
kamol toptirish,
mustaqil
fikrlashga
o‘rgatishning
muhim
omilidir. Shuning uchun ham o‘qish boshlang‘ich ta’lim tizimida muhim
o‘quv predmeti, ta’lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash, o‘qish ko‘nikmalarini
bilan
qurollantirish
vositasi hisoblanadi. Boshlang‘ich
ta’lim
davlat
ta’lim
standartining
”Boshlang‘ich
ta’lim sohalarining maqsad va
vazifalari”da “Ona
tili ta’limi
bolalarning
tafakkur qilish faoliyatlarini
kengaytirishga,
erkin fikrlay
olishi,
o‘zgalar fikrini
anglashi, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishi, jamiyata
’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olishko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga
xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun
25
tizimini uyushtiruvchi ta’limjarayoni sifatida qaraladi” o‘quvchilarning atrofmuhit
haqidagi bilimlarini boyitish. Bu vazifalarni amalga oshirishda ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan foydalanishga
o‘z-o‘zidan
zarurat seziladi.
Boshlang‘ich sinflarda mavsumiy mavzularni o‘rganishning hozirgi holatini
o‘rganish bevosita shu mavzudagi o‘quv materiallarining sifati, ’quvchilar yoshi va
saviyasiga mosligi, o‘rganish metodikasining qaydarajada yaratilganligi
va uning tatbiqi bilan asoslanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qish dasturida o‘qish mav-
zularini berishda mavsumiy va tadrijiylik tamoyili hisobga olingan.
Dasturda “1-sinfning o‘quv yili oxirida bolalar vatan va uning tabiati, insoniy
qadriyatlari
haqida
kichik-kichik
asarlarni
o‘qiydilar. 2-
sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo‘lmagan vatan, ona tabiat, isti
qlol, kishilarning hayoti va mehnati, ahloqiy munosabatlar haqidagi asarlar bilan ta
nishadilar. 3 va 4sinflar o‘qish mavzulari ko‘lami ancha kengaydi.
O‘qish darslari oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal
etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog‘liq bo‘lib qolmay,
balki bolalarni qurshab olgan hayot, tabiatdagi turfa o‘zgarishlar, ekologik
vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim”ligi
ta’kidlanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qish dasturi talabidan kelib chiqqan holda
“O‘qish kitobi“dagi o‘rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng
bo‘lib,
ularona tabiat, yil fasllari, xalq og‘zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram
sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida
birlashtirilgan. “O‘qish kitobi“dagi
mavsumiy mavzular nomi va ularga kiritilgan asarlar sinfdan sinfga o‘tgan sari
murakkablashtirilib boriladi. Bir mavzu doirasida asarlar ham hajm jihatdan, ham
syujetining murakkablashib borishi bilan ajralib turadi. Mavsumiy mavzudagi
asarlarni
o‘rganish
jarayonida
o‘quvchilar
ona
tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, uning inson salomatligiga
ta’sirini bilib
boradilar.
Shuni e’tiborga olgan holda o‘qish darslarda “Zumrad bahor” mavzusini
o‘rganadilar. Albatta, bu yangi mavzu aynan shu nomdagi bo‘lim orqali
tanishtiriladi. O‘qituvchi o‘z navbatida bu kabi har xil janrdagi asarlar bilan
o‘quvchilarni muayyan izchilda tanishtirib boradilar. Boshlang‘ich sinflarning
o‘qish darajalarida garchi ilmiy jihatdan bo‘lmasada amaliy jihatdan turli janrga
mansub asarlar o‘qib o‘rganiladi.
4-sinfda “Zumrad bahor“ bo‘limida berilgan asarlar matnida tabiat
tasviriga bag‘ishlangan
o‘rinlar, badiiy
tasvir
vositalari ko‘p
qo‘llangan
Ular o‘quvchilarning bahor fasli haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.
26
4-sinfda o‘quvchilari tasviriy vositalar ustida mustaqil ish metodida
ishlashlari
mumkin. Ya’ni ular badiiy matndan
mustaqil ravishda badiiy
vositalarni topadilar, ularning vazifasini,ular ifodalagan
ma’noni izohlaydi-lar.
Badiiy
vositalardan
qayta hikoyalash
jarayonida o‘z
nutqlarida
foydalanadilar.
O‘quvchilarning
badiiy matndagi tasviriy vositalarni
aniqlashlari
va
izohlashlari
uchun
o‘qituvchi yo‘llovchi
savollar
berib
boradi. Agar o‘qituvchi 1-3-sinflarda jonlantirish, o‘xshatish,mubolag‘a,tabiat
tasviri,insonlar
tasviri ustida
ishlagan
bo‘lsa,o‘quvchilarga ular haqida amaliy ma’lumot bergan bo‘lsa, o‘quvchilar qiyna
lmay topa oladilar.
|