20
3-guruh uchun:
1. Qushlar hayoti qanday tasvirlanadi? Shularni so'zlab
bering. 2. Kaklik, oqqush, o'rdakni rasmlar ichidan tanlab ko'rsating. 3.
Asarning 3-qismini ifodali o'qib bering.
4-guruh uchun:
1. Hayvonlar harakati qanday tasvirlangan? Shu o'rnni
hikoyalab bering. 2. Jayronning rasmiga qarab, uning tashqi ko'rinishini tasvirlang.
3. Asarning 4-qismini ifodali o'qib bering.
O'quvchilar to'plagan ballar e'lon qilinadi.
2. Baddiy til vositalari ustida ishlash. O'qituvchi: Bugun darsda daxatdagi
olmalardan uzishga ruxsat beraman. Faqat uning orqasiga yozilgan savol-
topshiriqni bajarsangiz, olma sizniki bo'ladi va uni o'z savatchangizga solasiz.
Har bir guruhdan o'quvchilar navbat bilan
chiqib olmadardan oladi va
shu vaqtning o'zidayoq savollarga javob beradi:
O'qing.
Qanday badiiy vosita qo'llanganini ayting.
Uyquga kirgan daraxtlar yana yashil to'n kiydi, oq, sariq, ko'k, qizil rangli
yopinchiqlar bilan bezandi.
O'qing.
Qanday badiiy vositalar qo'llanganini ayting.
Bo'z yer yuziga yashil parda tortdi, go'yo Xitoy karvoni Chin hariri
ipak matolarini har tomonga yoydi.
O'qing.
Qanday badiiy vosita qo'llanganini ayting.
Qora qarg'a tumshug'ini ko'pirtirib qag'illaydi,
uning ovozi tantiq qizning
ovozi kabi yoqimsizdir.
O'qing.
Qanday badiiy vosita qo'llanganini ayting.
Mag'rur turnalar ko'kda ovozini baralla yangratmoqda, tizilib tuya karvonidek
uchmoqda.
Guruhlar balli e'lon qilinadi.
3. Matnni topshiriqlar asosida o'qitish. «Bahor ta'rifida» matnini o'qing.
Undan ko'chma ma'noda qo'llangan so'zlarni toping. (
Bahor nafasi, firdavs
yo'li, o'z hukmiga, harir yopingich, har tomonga yoydi, kaklik kulmoqda, gular
yuz
ochib, qah-qah urib kulmoqda
kabi).
Guruhlarning balli e'lon qilinadi.
4. Bahor fasli haqida o'quvchilar tushunchasini aniqlash.
- Bahor fasliga xos xususiyatlarni tarmoqlash usulida ifodalang, uni
doskaga iling va izohlab bering.
-«Bahor» she'ri muallifi Qudrat Hikmat haqida nimalar bilasiz? Og'zaki
gapirib berishga tayyorlaning.
- Qudrat Hikmatning qaysi she'rlarini yod bilasiz? (O'quvchilar «Qish
to'zg'itar momi par» she'rini aytishadi) Guruhning balli e'lon qilinadi.
O'qituvchi hikoyasi.
Q. Hikmat bolalar uchun she'r yozgan. Shuning
uchun bolalar shoiri deb aytishadi. U Toshkentda tug'ilgan.
Pedagogika
21
oliygohida o'qigan. U atigi 43 yil yashagan. Lekin bolalar uchun ko'plab she'rlar
to'plamini yaratgan. Uning «Me ning Vatanim», «Baxtli bolalar», «Uch o'rtoqning
sovg'asi», «Soatjoninng soati», «O'g'lim bilan suhbat» to'plamlari bor.
II. Anglash bosqichi.
Maqsad.
«Bahor» asari orqali o'quvchilarning bahor
tabiati, qushlarning harakati haqidagi bilimlarini boyitish, ifodali o'qish
ko'nikmalarini takomillashtirish. O'quvchilar
nutqiga
mayin shamollar, soyabon
tollar, tong yellari, o'tlar tebranar, ko'kni quchgan teraklar
iboralarini kiritish.
Metod.
Mustaqil ish metodi.
1-topshiriq.
She'rni ichingizda o'qing. Ifodali o'qib berishga tayyorlaning.
O'qish uchun 1-2 daqiqa beriladi. So'ng har bir guruhdan 4-5 o'quvchiga
o'qitiladi.
Ular
baholanib boradi, guruhning ifodali o'qishi bo'yicha umumiy balli
e'lon qilinadi.
2-topshiriq.
Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlang. Har bir guruh
o'z ichida savol-topshiriqlarni bo'lib olib tayyorgarlik ko'rsin. Tayyor o'quvchi
turib javobini aytaveradi. Guruhlar bir-birining javobini to'ldiradi.
3-topshiriq.
Jonlantirish qo'llangan misralarni topib o'qing.
Shoirning
murojaatini topib o'qing. Shoir sizga nima demoqchi?
III. Fikrlash bosqichi.
Maqsad:
O'quvchilarning she'r asosida olgan bilimlarini hayotda ko'rgan-
kuzatganlarini, eshitganlari bilan bog'lab ifodalab berishga o'rgatish. Darsda olgan
taassurotlarini eshitish orqali keyin darsning vazifalarini rejalashtirib olish.
Metod.
Suhbat metodi.
1. Mavzu yuzasidan o'rganilganlarni umumlashtirish va tarbiyaviy xulosa
chiqarish.
Savollar:
- Bugungi darsda nimalarni bilib oldingiz?
- She'rni o'qishdan oldin bahor,
uning ob-havosi, tabiat ko'rinishi, qushlar
hayoti haqida nimalarni bilar edingiz?
- "Bahor" she'ri orqali nimalarni bilib oldingiz?
- Hissiyotingizga kuchli ta'sir qilgan misralar qaysilar? Ularni o'qib
bering.
Bahordagi tabiatning uyg'onishini shoir qo'llagan ifoda bilan tasvirlab bering.
- Siz qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?
2. Guruhlar to'plagan ball va ayrim faol o'quvchilarning bahosi e'lon qilinadi.
3. Uy vazifasi: She'rni yod olish. She'r mazmuniga mos rasm chizish.