• 1.3. “Zumrad bahor” mavzusini o‘rganish
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi




    Download 0,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/19
    Sana22.05.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #249446
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
    Bog'liq
    Kurs ishi

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    15 
    1.3. “Zumrad bahor” mavzusini o‘rganish
    Bo'lim materiallarini o'rganishda o'quvchilarning oldingi sinflarda olgan bilim 
    va tushunchalariga tayaniladi va yangi ma'lumotlar beriladi.
    Bolalar serqyosh O'zbekistonning fasllari orasida fasllar kelinchagi bahor
    fasli haqida ko'plab taassurotlarga egalar. Ular bu taassurotlarini, albatta, televizor 
    va radio, gazeta-jurnallar orqali va o'zi yashayotgan zaminda har yili olam-
    olam gul-u bo'ston bo'lib, hamma yoqni ko'm-ko'k maysazor-u, bog'-rog'larni
    gul-u gulzorga aylantiradigan bahor faslini ko'rish, undan zavq olish orqali ham
    yaqindan biladilar. Zumrad bahor haqidagi ilk mavzuning o'zidayoq o'qituvchi 
    o'quvchilarga O'zbekiston fasllari, jumladan, go'zal bahor haqida qo'shimcha bilim
    va tushunchalar berishni maqsad qilib qo'yadi.
    Bo'lim materiallarini o'quvchi o'rganib borar ekan, bahor fasli, uning
    go'zalligi-yu, bor tarovati haqida, bu faslda bo'ladigan bayramlar haqida bilimga, 
    tushunchaga ega bo'lib boradilaf.
    Bo'limni to'liq o'zlashtira borib o'quvchining tasavvuri kengayadi, bilimi 
    kengayadi, zarur konikma va malakalarni egallaydi. Bo'lim materiallarini
    o'qituvchi o'quvchiga o'rgatib borish orqali o'zi yashayotgan shahar yoki qishloq, u 
    yerdagi mahalliy sharoit bilan bog'liq hodis-alarni, bahorning erta yoki kech kelishi
    sabablarini va erta bahorda o'sib-unib chiqadigan bahor chechaklari haqida 
    ma'lumotlar berishni diqqat markazida tutadi.
    ”Zumrad bahor” bo'limidagi Yusuf Xos Hojibning "Bahor ta'rifida" hikoyasi, 
    Habib Rahmatning "Jala darakchisi" she'ri kabi asarlarida o'quvchilarga uyg'onish,
    yasharish, yangilanish fasli — so'lim bahor haqidagi ma'lumotlarni yetkazish 
    nazarda tutilgan.
    Bulardan tashqari, bahor fasli haqida Mirtemir, Q. Hikmat, X.To'xtaboyev, F.
    Musajonov kabi adiblarning ham qator asarlari berilgan. O'quvchilar bu
    asarlarni o'qish orqali go'zal bahor fasli haqidagi tasavvurlarini yanada 
    boyitadilar.
    O'quv materiali. Bahor ta'rifida. Yusuf Xos Hojib
    Darsning maqsadi.
    1. O'quvchilarga Yusuf Xos Hojibning hayoti va ijodi haqida qisqacha
    ma'lumot berish. Bahor uyg'onish fasli ekanligini anglashlariga erishish, tabiatdagi 
    o'zgarishlar haqidagi bilimlarini boyitish.
    2. Bahor faslini qadrlash va sevish hissini tarbiyalash. Bahor tuhfalarini 
    asrash-avaylash, ularga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish hissini tarbiyalash.


    16 
    3. O'quvchilarning to‘g‘ri, ongli, ifodali va tez o‘qish malakalarini: 
    rivojlantirish, lug'atni
    nasim, turdosh, chin, sabo, havo
    so'zlari bilan boyitish.
    Iboralarning ma'nosini izohlash.
    4. Darslikdagi va o‘qituvchi tuzib kelgan, o‘quvchilarning asardan to‘g‘ri
    xulosalar chiqarishiga yordam beradigan savol-topshiriqlari ustida ishlash.
    Darsning turi. Yangi bilim beruvchi dars, ilmiy-ommabop asarlarni o'qish
    darsi.
    Darsning metodi. Izohli o'qish, suhbat, tarmoqlash metodi.
    Darsning jihozi. Bahor fasli, tabiati tasvirlangan rasmlar, predmet
    rasmlari: qushlar, gullar, hayvonlar rasmi.
    Darsning borishi.
    I. O'quvchilarni yangi o'rganiladigan mavzuga tayyorlash.
    1. Men topishmoq aytaman. Siz uning nima haqida ekanini, javobini topasiz.
    Ilon izli yorug' nur Bulutlarni quchadi. Jarangdor ovozidan yer-u osmon 
    ko'chadi
    (Chaqmoq).
    — Topishmoqni topishda sizga qaysi so'zlar yordam berdi? Bu so'zlar qaysi
    faslning ta'rifida aytiladi?

    Download 0,6 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




    Download 0,6 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi

    Download 0,6 Mb.
    Pdf ko'rish