O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana22.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#249446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Kurs ishi

“Sovuq kun sayin kuchayib, iliq kunlar 
sekin sovib boradi.
To‘satdan bir daraja sovuq bo‘ladi”
jumlasining o‘zida uch marta 
sovuq
so‘zi 
qo‘llangan.
Mavsumiy mavzudagi asarlarning hammasini badiiy jhatdan yuqori
saviyada yozilgan deb bo‘lmaydi. Ularni tanlaydigan olim asarlarning mavzusi 
bilan birga shakl tomoniga diqqatini qaratishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘qish dasturi va darsliklarida 
mavsumiy mavzularga katta e’tibor qaratilgan va yaxshigina o‘rin berilgan.
Mavzuga doir tanlangan asarlar ham o‘quvchilarga yetarli bilim beradi, 
tabiatga mehr va uni asrash hissini uyg‘otadi. Tanlangan asar badiiy jihatdan ham
yuqori savida bo‘lib, ular o‘quvchilar hissiyotiga kuchli ta’sir qiladi, ularni
hayajonga soladi. Masalan, Anvar Obidjonning “So‘nggi axborot” she’ri (3-
sinf), ”Nihollarning nolasi” (X.To‘xtaboev) hikoyasi (4-sinf) o‘quvchi
ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Matnlarda qo‘llangan badiiy vositalar 
o‘quvchilar nutqini boyitadi va bog‘lanishli nutqini o‘stiradi.
Boshlang‘ich ta’limda mavsumiy mavzularni o‘rganishda pedagogik
texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlariga, ijodiy 
qobiliyatlarining o‘sishiga, nutqini o‘stirishga, o‘qish ko‘nikmalarini
takomillashtirishga xizmat qilishi lozim.
Maktabda mavsumiy mavzularni o‘rganish darslarini kuzatdik.


10 
O‘qituvchilar o‘quvchilarning tasavvurini kengaytirish maqsadida tabiat 
tasvirlangan rasmlardan, turli o‘simliklar,gullar, bog va dala mahsulotlari
rasmlaridan foydalandilar. Topishmoqlar, maqollar aytdilar. O‘quvchilarni ham
izlanishga undadilar. O‘quvchilar tabiat tasvirini chizib, uning mazmunini
kitobdagi materiallardan foydalanib so‘zlab berdilar. Ltrby biror marta ham 
tabiatga ekskursiya uyushtirilmadi.
Qish fasli haqidagi bo‘limlar o‘rganilganda ko‘proq qishki ta’til,
bolalarning qishki o‘yinlari, yangi yil, qorbobo, hayvon va qushlarni qishdagi hayoti 
haqida suhbatlar uyushtirildi.
2-sinf dasturida kuzda, qishda, bahorda, yozda tabiatga sayr va sayohat 
uyushtirish haqida tavsiya berilgan, lekin dars jarayonida, undan keyin
o‘quvchilar sayohatga olib chiqilmadi. Dasturda insho, bayon yozish haqida 
topshiriq berilishi ko‘zda tutilgan. O‘quvchilar inshosi ko‘zdan kechirilganda,
ijodiy ishda har doimgi gaplar ifoda etilgan. Ishda badiiylik yetishmaydi. 
O‘quvchilarning tabiat haqidagi bilimlarini aniqlash maqsadida og‘zaki suhbat
o‘tkazildi, test olindi, yozma ishlar uyushtirildi. Nazorat natijalari shuni 
ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning o‘rtacha o‘zlashtiruvchilari 60 foizni tashkil etdi. Biz
uyushtirgan noan’anaviy darsdan so‘ng natijalar ancha yuqori ko‘rsankichni 
ko‘rsatdi. Xulosa qilib, aytish mumkinki, mavsumiy mavzularni o‘tish usullari 
takomillshtirishni taqozo etadi.


11 

Download 0,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish