19
hech qanday tushuntirish berilmaydi. SHe’r o‘quvchilarga qanday ta’sir qilganini
hisobga olish, bilish zarur.
O‘qituvchi she’rni shunday ifodali o‘qishi kerakki, bolalar uning asosiy
mazmunini anglasinlar, ularga jonli so‘z kuchliroq ta’sir etsin. So‘ngra she’rni
mustaqil o‘qish topshiriladi. O‘qish oddiy bo‘lishi kerak. O‘qiyotganda tabiiy
zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g‘azab hissini qichqiriq ovoz bilan soxta
ifodalashga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Bolalar she’rni o‘qiganda, she’riy satrga rioya
qilishlari kerak, bu jarayonda ularning she’r ritmini buzmasliklariga erishish kerak.
Quyida she’r o‘tish darsi namunasini keltiramiz:
O'quv materiali. Bahor. Qudrat Hikmat.
Darsning maqsadi. 1. O'quvchilarning. Bahorda tabiatda, hayvonot va
qushlar hayotida bo'ladigan o'zgarishlar haqidagi bilimlarini boyitish.
2. Bahor faslida tabiatni kuzatishga, undagi o'zgarishlarni payqab
olishga o'rgatish.
3. Tabiatni sevish, asrash, uning gullab yashnashi uchun hissa qo'shishga
yo'llash.
4. O'quvchilar nutqini badiiy so'zlar bilan boyitish.
Dars turi. Yangi bilim beruvchi, she'r o'qish darsi.
Dars shakli. Noan'anaviy dars.
Dars metodi. Kichik guruhlar bilan ishlash, mutsaqil ish metodi, suhbat
metodi, tarmoqlash metodi.
Darsning jihozi. Korton qog'oz, rangli flomaster, gul, qushlar rasmi,
tabiiy hodisalar tasviri.
Tashkiliy qism. Sinf 4 guruhga ajratib o'tqaziladi.
Darsning borishi.
I. Da'vat bosqichi. Maqsad. O'quvchilarning bahor fasli, undagi hayot
haqidagi tushunchalarini aniqlash. Yangi mavzuni o'rganishga tayyorlash va
qiziqish uyg'otish. Tabiatni asrash hisini tarbiyalash.
Metod. Mustaqil ish metodi.
1. O'quvchilar guruhiga o'tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
yozilgan kartochka solingan konvertlar beriladi. Savol-topshiriqlar: