40
3.3. Topishmoqlarni organish uslubiyoti.
Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli,
xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida
topishga asoslangan sheriy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir.
Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog‘liq holda. Ularning zaminida
kishilarning qadimiy etiqod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga bolgan
intilishlari yotadi. Topishmoqda yashirilgan narsalar uning javobi hisoblanadi.
Topishmoqning javobini topish uchun topishmoq matnini yaxshilab oqish, nimaga
ishora qilinayotganligini fahmlash, topishmoqning asosiy xususiyat va belgilari
aynan nimaga qaratilganligini taxmin qilish bilan ham topishga harakat qilish kerak.
Topishmoq oquvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka orgatadi. Shu sababli xalq
og‘zaki ijodining bu janridan darsliklarda ham keng qollanilgan. 1-2- sinf «Oqish
kitobi» da topishmoqlar koproq har bir matn ostida keltirilgan. Bundan kozlangan
maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham ozlashtirilishiga erishishdir. 1-
4-sinf oqish darsliklarida «Topishmoqlar» mavzusi ostida har xil topishmoqlar ham
berilgan bolib, ular oquvchilarning topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini ostiradi.
Darsliklarda topishmoq javoblari ostiga yozib qoyilgan yoki rasmlar orqali berilgan.
Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoqda. Bunday
topishmoqlar shox, qiziqarli boladi. Topishmoqlarni organish boshlang‘ich sinflarda
dastlab har bir darsda amalga oshirilib boriladi. Alohida dars sifatida organishda esa
oqituvchilar turli usullardan foydalanishlari mumkin.
Rivoyatlar yozma adabiyotda yirik epik asarlarning paydo bolishiga bir zamin
bolgan. Bu rivoyatlar oz navbatida oquvchilarni hayotiy voqelar haqida chuqur
mushohada yuritishlariga undaydi, undan ozlariiga tegishli xulosa chiqarishlariga
sabab boladi. Tez aytishlar malum so‘zni, so‘z birikmasini yoki tovushni to‘g‘ri
talaffuz qilishga, uni boshqa tovushlardan farqlashga o‘rgatadigan, xotirani
mustahkamlaydigan va nutqni o‘stiradigan janr hisoblanadi. Shu sababli 1-sinfda
ko‘pgina tez aytishlar keltirilgan. Misol uchun «Botir botmas botqoqqa», «Qobil
qozonda qovurdoq qovurdi», «Bahodir bayroqni Botirga berdimi, Botir Bahodirga
bayroqni berdimi?», «Olim oldidagi oltita olmani oldi» va boshqa. Shuni alohida
takidlab o‘tish kerakki, boshlang‘ich sinf darsliklariga o‘quvchilar yoshiga mos,
mavzular bo‘yicha tanlab olingan, ko‘proq tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan
topishmoq va tez aytishlar tanlab kiritilishi maqsadga muvofiqdir. Topishmoq va tez
aytishlarni o‘rganish boshlang‘ich sinflarda dastlab har bir darsda amalga oshirilib
boriladi. Alohida dars sifatida o‘rganishda esa o‘qituvchilar turli usullardan
foydalanishlari mumkin.
Mavzu: Bahor uyg‘onish fasli
O‘quv materiali. Bahor. Qudrat Hikmat.
Darsning maqsadi.
41
1. O‘quvchilarning. Bahorda tabiatda, hayvonot va qushlar hayotida
bo‘ladigan o‘zgarishlar haqidagi bilimlarini boyitish.
2. Bahor faslida tabiatni kuzatishga, undagi o‘zgarishlarni payqab olishga
o‘rgatish.
3. Tabiatni sevish, asrash, uning gullab yashnashi uchun hissa qo‘shishga yollash.
4. O‘quvchilar nutqini so‘zlar bilan boyitish.
Dars turi. Yangi bilim beruvchi, sher o‘qish darsi.
Dars shakli. Noananaviy dars.
Dars metodi. Kichik guruhlar dars bilan ishlash, mustaqil ish metodi,
suhbat metodi, tarmoqlash metodi.
Darsning jihozi. Korton qog‘oz, rangli flomaster, gul, qushlar rasmi, tabiiy
hodisalar tasviri.
Tashkiliy
qism.
Sinf
4
guruhga
ajratib
o‘tqaziladi.
Darsning borishi.
I. Davat bosqichi. Maqsad. O‘quvchilarning bahor fasli, undagi hayot
haqidagi tushunchalarini aniqlash. Yangi mavzuni o‘rganishga tayyorlash va
qiziqish uyg‘otish.
Metod. Mustaqil ish metodi.
1. O‘quvchilar guruhiga o‘tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
yozilgan kartochka solingan konvertlar beriladi.
Savol-topshiriqlar.
1-guruh uchun:
Bahor fasli haqida qaysi asarni o‘qib keldingiz?
Unda tabiatdagi ob-havo o‘zgarishlari qanday tasvirlangan?
So‘zlab bering.
— Nasim, firdavs so‘zining manosini izohlab bering.
— «Bahor tarifida» matnining 1-qismini ifodali o‘qib bering.
2-guruh uchun: «Bahor tarifida» asarida erning yuz qismidagi, dov-
daraxtlardagi o‘zgarishlar qanday tasvirlanadi? So‘zlab bering.
— Chin so‘zining manosini izohlab bering.
— Asarning 2-qismini ifodalai o‘qib bering.
3-guruh uchun:
— Qushlar hayoti qanday tasvirlanadi? Shularni so‘zlab bering.
— Kaklik, oqqush, o‘rdak rasmlar ichidan tanlab ko‘rsating.
— Asarning 3-qismini ifodali o‘qib bering.
4-guruh uchun:
— Hayvonlar harakati qanday tasvirlangan? Shu o‘rnni hikoyalab bering.
Jayronning rasmiga qarab, uning tashqi ko‘rinishini tasvirlang.
42
— Asarning 4-qismini ifodali o‘qib bering. O‘quvchilar to‘plagan ballar e’lon
qilinadi.
2. Badiiy til vositalari ustida ishlash.
O‘qituvchi: Bugun darsda daxatdagi olmalardan uzishga ruxsat beraman.
Faqat uning orqasiga yozilgan savol-topshiriqni bajarsangiz, olma sizniki bo‘ladi va
uni o‘z savatchangizga solasiz. Har bir guruhdan o‘quvchilar navbat bilan chiqib
olmadardan oladi va shu vaqtning o‘zidayoq savollarga javob beradi: O‘qing.
Qanday badiiy vosita qo‘llanganini ayting. Uyquga kirgan daraxtlar yana yashil to‘n
kiydi, oq, sariq, ko‘k, qizil rangli yoping‘ichlar bilan bezandi. O‘qing. Qanday
badiiy vositalar qo‘llanganini ayting. Bo‘z yer yuziga yashil parda tortdi, go‘yo
Xitoy karvoni Chin hariri ipak matolarini har tomonga yoydi. O‘qing. Qanday badiiy
vosita qo‘llanganini ayting. Qora qarg‘a tumshug‘ini ko‘pirtirib qag‘illaydi, uning
ovozi tantiq qizning ovozi kabi yoqimsizdir. O‘qing. Qanday badiiy vosita
qo‘llanganini ayting. Mag‘rur turnalar ko‘kda ovozini baralla yangratmoqda,
tizilgan tuya karvonidek uchmoqda.
Guruhlar balli elon qilinadi.
3. Matnni topshiriqlar asosida o‘qitish.
— «Bahor tarifida» matnini o‘qing. Undan ko‘chma manoda qo‘llangan
so‘zlarni toping. (Bahor nafasi, firdavs eli, o‘z hukmiga, harir yoping‘ich har
tomonga yoydi, kaklik kulmoqda, gullar yuz ochib, qah-qah urib kulmoqda kabi).
Guruhlarning balli elon qilinadi.
4. Bahor fasli haqida o‘quvchilar tushunchasini aniqlash.
- Bahor fasliga xos xususiyatlarning tarmoqlash usulida ifodalang, uni
doskaga iling va izohlab bering.
- «Bahor» sheri muallifi Qudrat Hikmat haqida nimalar bilasiz? Og‘zaki
gapirib berishga tayyorlaning. Qaysi sherlarini yod bilasiz? (O‘quvchilar «Qish
to‘zg‘itar
momiq
par»
sherini
aytishadi)
O‘qituvchi
hikoyasi.
Hikmat bolalar uchun sher yozgan.
Shuning uchun bolalar shoiri deb aytishadi. U Toshkentda tug‘ilgan.
Pedagogika oliygohida o‘qigan. U atigi 43 yil yashagan. Lekin bolalar uchun
ko‘plab sherlar to‘plamini yaratgan.
Uning «Mening Vatanim», «Baxtli bolalar»). «Uch o‘rtoqning sovg‘asi»,
«Soatjoninng soati», «O‘g‘lim bilan suhbat» to‘plamlari bor. Guruhning balli elon
qilinadi.
Anglash bosqichi.
Maqsad. «Bahor» asari orqali o‘quvchilarning bahor tabiati, qushlarning
harakati
haqidagi
bilimlarini
boyitish,
ifodali
o‘qish ko‘nikmalarini
takomillashtirish. O‘quvchilar nutqiga mayin shamollar, soyabon tollar, tong ellari,
43
o‘tlar
tebranar,
ko‘kni
quchgan
teraklar
iboralarini
kiritish.
Metod. Mustaqil ish metodi.
1-topshiriq. Sherni ichingizda o‘qing. Ifodali o‘qib berishga tayyorlaning.
O‘qish uchun 1-2 daqiqa beriladi. So‘ng har bir guruhdan 4-5 o‘quvchiga o‘qitiladi.
Ular baholanib boradi, guruhning ifodali o‘qish bo‘yicha umumiy balli elon qilinadi.
2-topshiriq. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlang. Har bir guruh o‘z
ichida savol-topshiriqlarni bo‘lib olib tayyorgarlik ko‘rsin. Tayyor o‘quvchi turib
javobini
aytaveradi.
Guruhlar
bir-birining
javobini
to‘ldiradi.
Fikrlash bosqichi.
Maqsad: O‘quvchilarning mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotda
ko‘rgan-kuzatganlarini, eshitganlari bilan bog‘lab ifodalab berishga o‘rgatish.
Dars taassurotlarini eshitish orqali keyin darsning vazifalarini rejalashtirib
olish.
Metod. Suhbat metodi.
Savollar:
— Bugungi darsda nimalarni bilib oldingiz?
She’rni o‘qishdan oldin bahor, uning ob-havosi, tabiat ko‘rinishi, qushlar
hayoti haqida nimalarni bilar edingiz?
Bugungi darsda qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz?
Dars sizga yoqdimi?
— Sizningcha, darsda qaysi guruh faol ishtirok etdi?
O‘quvchilarning fikri umumlashtirib, guruhlar to‘plagan ball va ayrim faol
o‘quvchilarning bahosi elon qilinadi. Uy vazifasi: Sherni yod olish. She’r
mazmuniga mos rasm chizish. Umuman olganda, o‘qish darslarida "Zumrad bahor"
mavzusini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar ham bu faslning o‘ziga xos tarovatini,
ham bu mavzuda yozilgan turli xil janrdagi asarlar bilan tanishishga ega bo‘ladilar.
|