O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana22.05.2024
Hajmi0,6 Mb.
#249446
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Kurs ishi

 
 
 


38 
3.2. Ilmiy-ommabop asarlarni o‘qish uslubiyati 
Boshlang‘ich sinflarda ilmiy – ommabop asarlarni o‘qitishdan asosiy maqsad 
bolalarga tabiat,kishilar mehnati va ijtimoiy hayoti muayyan bilim berish,bollalarni 
kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o‘rgatishdan iborat. 
Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi maqolalarnio‘qish bilan bog‘liq 
holda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining bortishi), 
oquvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda yuz bergan 
ozgarishlarning guvohi va ishtirokchilari bolgan insonlar bilan uchrashuvlar 
uyushtirish maqsadga muvofiq. Ijtimoiy - tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz 
otmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar amalga oshirgan 
ishlar, tarixiy sanalar tog‘risida bilim beradi.
Oqish darsliklaridan orin olgan Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher 
Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu 
xildagi matnlar oquvchilarni nafaqat otmishimiz bilan tanishtiradi, balki ularning 
Vatan oldidagi farzandlik burchi va masuliyatni teran anglashga ham yordam beradi. 
Oquvchilarda Vatanga muhabbat tuyg‘usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz otmishi 
haqida hikoya qilingan ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtirish va ularni tahlil 
qilish jarayonida oquvchilar otmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega 
boladilar. Jamiyat taraqqiyoti haqida qisqacha bolsa-da, tushuncha hosil qiladilar. 
Bu borada, ayniqsa, milliy istiqlol bilan bog‘liq mavzudagi asarlar tahliliga alohida 
etibor berish zarur.1-sinf dasturida o‘qish bilan bog‘liq holda kuzatish, sayohat 
darslari moljallanadi.
Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari (obhhavoning 
Ozgarishi, osimlik va hayvonlarning hayoti)ni, shuningdek, dala mehnatini 
kuzatish uchun tabiatga (dala, bog‘, xiyobonlarga) sayohat uyushtirish kozda 
tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy ozgarishlar va kishilarning mehnati 
yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi.Bunday darslarda 
korgazma sifatida oquv kinofilmlaridan hamfoydalanish mumkin.Tarixiy 
mavzudagi maqolalarni unga mos rasmlar bilan bog‘lab oqitish kishilarning baxtli 
hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan Vatanni saqlash uchun 
qanday kurashganliklarini tushunib etishga yordam beradi;o‘quvchilar mehnat 
hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat tufayli rivojlanib, 
farovonlashib borishini bilib oladilar.
Dasturga ko‘ra 2-sinf oquvchilari «Toshkent», «Toshkent metrosi 
mavzusidagi maqolalarni oqish orqali otmish ajdodlarimiz, ularning xizmati
vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning 
hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalarni Vatanga, 
xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi. 


39 
Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o‘qish darsini uyushtirishda quyidagicha 
reja asos qilib olish mumkin. 
1.O‘qitiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni 
matn mazmunini tushunishga tayyor maqsadida tahminiy suhbat o‘tkazish 
2.Maqolani yoki uning ma’lum bir qismini o‘qish o‘quvchiga notanish 
bo‘lgan so‘zlarni ma’nosi ustida ishlash. 
3.maqola rejasini tuzish 
4.O‘qilgan maqola yuzasidan suxbat uyishtirish 
5.Matinnng asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish 
6.Reja asosida maqolani qayta o‘qish 
7.Maqolani yaxlit o‘qish.Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash va 
maqola mazmunini yaxshi o‘zlshtirishga erishish maqsadi ko‘zda tutiladi. 
8.Reja asosida qayta hikoyalash 
9.Xulosalash va umumlashtirish.Ilmiy-ommabop maqolalarni uzviy birlikda 
o‘rganish o‘quvchlarning har bir mavzuda bayon etilgan tarixiy-adabiy 
xodisalarni,ular o‘rtasidagi umumiylikni ,har bir davrga ega xususiyatlarni anglab 
olishlari taminlaydi.Ular bolalarni kelgusida gazeta va jurnalarni o‘qishga 
tayyorlaydi,ijtimoiy – siyosiy tabiatshunoslik atamalarni o‘zlashtirishga yordam 
beradi,ularni mantiqiy tafakurini va nutqini o‘stiradi. 

Download 0,6 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi

Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish