3.
Kasb hunar kollejlari oʻquvchilarning ijtimoiy madaniy
kompetensiyasini rivojlantirishda oʻyin texnologiyalarini rivojlantirish
Kasb-hunar kollejlari, o'quvchilarning ijtimoiy madaniy kompetensiyalarini
rivojlantirishda o'yin texnologiyalarini o'rganish va ularni rivojlantirishda
ahamiyatli bir vosita bo'lib hisoblanadi. O'yin texnologiyalari o'quvchilarga
o'rganish va rivojlantirish jarayonida qiziqarli, motivatsion, va interaktiv
imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu texnologiyalar, o'quvchilar uchun qiziqarli va
o'rganishni qo'llab-quvvatlaydigan interaktiv o'quv vositalari, tadbirlar va o'yinlar
orqali o'quv usullarini taqdim etishga imkon beradi. O'quvchilarning ijtimoiy
madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishda o'yin texnologiyalari quyidagi
afzalliklarni taqdim etishi mumkin: O'yinlar o'quvchilarga maqsadlar qo'yish,
qiziqishni oshirish va muvaffaqiyatga erishish uchun ilham berish imkonini beradi.
Bu, o'quvchilar uchun o'rganishni ko'paytiradi va ularning kompetensiyalarini
rivojlantirishga ulguradi.
Didaktik o’yinli mashg’ulotlarning o’ziga xos xususiyatlari
•
Didaktik o’yinli mashg’ulotlar
•
Mavzu mazmuni qanday bo’lganda mazkur mashg’ulotdan foydalaniladi.
•
Mashg’ulotlarning didaktik funktsiyalari
•
Talabaning faoliyati
•
Syujetli-rolli
Fanning turli sohalarida qo’lga kiritilgan yutuqlarni yoritish, fanlararo
bog’lanishlarni amalga oshirish, tabiatdagi va kundalik hayotdagi muammolarni hal
etish imkoniyati bo’lganda. Kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni, tabiat
ob’ektlari va tabiiy hodisalar o’rtasidagi aloqalar va bog’lanishlarni adabiy-badiiy
tarzda yoritish
O’qituvchi-pedagog didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’tkazishga qizg’in
tayyorgarlik ko’rishi va uni o’tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi
talab etiladi:
1. Didaktik o’yinli mashg’ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga
qaratilgan bo’lishi;
2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag’ishlanib,
ular o’yin davomida hal qilinishi;
3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq
normalariga mos kelishi;
4. O’yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo’lishi;
5. Mashg’ulotlar davomida didaktik printsiplarga amal qilinishi va eng kam
vaqt sarflanishiga erishishi kerak.
Didaktik o’yinli mashg’ulotlar orasida konferentsiya mashg’ulotlari ham
muhim o’rin tutadi. Konferentsiya mashg’ulotlari o’quvchlarning bilish faoliyatini
faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda, qo’shimcha va mahalliy
materiallar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil
ishlash ko’nikma va malakalarini orttirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Konferentsiya mashg’ulotini o’tishdan avval
mashg’ulot mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilab, shu mavzuga oid
qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar ko’zdan kechiriladi. Mashg’ulotni
o’tkazishdan 1 hafta oldin mashg’ulot mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik
ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etiladi. Ushbu mashg’ulotda «Olimlar» rolini
tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza tayyorlash o’quvchlarning
ixtiyorida bo’ladi. Ilmiy konferentsiya mashg’ulotini quyidagicha o’tkazish
tavsiya etiladi:
I. O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi mashg’ulotning mavzusi,
maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «Olimlar» bilan o’quvchlarni
tanishtiradi.
II. Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzu yuzasidan tayyorlagan
ma’ruzalarini ko’rgazmali qurollar asosida bayon qiladilar.
III. Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda «Olimlar» va guruhdagi boshqa
o’quvchlar o’rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o’tkaziladi.
IV. Ilmiy konferentsiya yakuni. O’qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim
tushuncha va g’oyalarni ta’kidlab, darsni yakunlaydi.
V. O’quvchlarni baholash. Mashg’ulotda faol ishtirok etgan o’quvchlar
rag’batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
VII. Mashg’ulotni umumiy yakunlash.
«Kasb ta’limi metodlari» mavzusida o’tkaziladigan ilmiy konferentsiya
mashg’uloti quyidagi loyiha bo’yicha o’tkazilishi mumkin.
Mavzu: «Kasb ta’limi metodlari».
Mashg’ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O’quvchlarni mashg’ulotning mavzusi, maqsadi va borishi bilan
tanishtirish.
Bu mashg’ulotni o’tishdan bir hafta oldin o’quvchlarni 4ta guruhga ajratamiz
va ularga pedagogika fani sohasida faoliyat ko’rsatayotgan «Olimlar» maqomini
beramiz.
III. Yangi mavzuni o’rganish: O’quvchlar guruhi o’z mutaxassisliklariga
tegishli bo’lgan quyidagi mavzulardan biri bo’yicha ma’ruza tayyorlaydi.
1. Kasb ta’limi metodlari va ularning tavsifnomasi.
2. Reproduktiv va muammoli izlanish metodlari.
3. Ishlab chiqarish jarayonida interfaol metodlar.
Har bir yo’nalish bo’yicha «Olimlar» maqomini olgan o’quvchlar o’zlariga
tegishli mavzu bo’yicha ko’rgazmali qurollar asosida qo’shimcha materiallardan
foydalangan holatda ma’ruza qiladilar. Ma’ruzalar tugagach, o’quvchlar o’rtasida
bahs va munozara o’tkaziladi. Quyida didaktik o’yin texnologiyasining
konferentsiya metodidan foydalanilgan mashg’ulotning texnologik xaritasi
keltirilgan.
O’qitishning an’anaviy va noan’anaviy usul va metodlari farq qilinadi. Ular
mohiyatiga ko’ra faol va osoyishta turlarga ajratiladi. Ularning har biri o’z tarixi va
shakllanish mexanizmiga ega. Bularning orasida uzoq yillar davomida sinovlardan
muvaffaqiyatli o’tgan va yuksak pedagogik samara beradiganlari juda ko’p.
Insoniyat o’zini va atrof-muhitni anglab yetishi jarayonida ta’lim va tarbiya uchun
asqotadigan xilma-xil texnologiyalarni yaratgan. Ularning aniq son va sifatini hech
kim aniq belgilay olmaydi. Bunga hozirgi davrda mavjud bo’lgan turli davlatlarning
ta’lim tizimlarida amal qilinayotgan turfa pedagogik texnologiyalar misol bo’la
oladi. Gap ularning qaysi biridan kim qanday samara bilan foydalanishidadir. Katta
samara bermaydigan yoki o’zini oqlay olmagan texnologiyalar kun tartibidan tushib
qolaveradi va ular insoniyat sivilizatsiyasining tarixiy “sandig’iga” jamlanib
boraveradi.
Har qanday o’quv fani, ma’lumki, quyidagi komponentlarni o’zida
jamlaydi:
- kursning davomliligi (muddati);
- o’qitishning maqsad va vazifalari;
- o’qitishning mazmuni;
- maqsadli guruhning tashkil etilishi;
- o’qitish jarayoni;
- o’qitish metodikasi;
- o’quv quvvati;
- baholash.
O’qitishning mazmuni o’quv birligining davomiyligi va o’zlashtirish darajasi
orasidagi uzviy bog’lanishning grafigi tarzida ifodalanishi mumkin. Bunda uch
toifadagi o’zlashtirish darajalari farq qilinadi va ular majburiy (past), zaruriy
(o’rtacha) va maqsadga muvofiq (eng yuqori) ko’rsatkichlarga ega bo’ladilar.
Har qanday pedagogik texnologiya qo’llanilishida didaktikaning asosiy va
yordamchi tamoyillari (printsiplari), albatta, amal qiladi:
- ma’lumdan noma’lumga;
- oddiydan qiyinga yoki murakkabga;
- aniqdan mavhumroqqa (abstraktga);
- kuzatishdan nazariy umumlashmalarga;
- umumiy yoki odatdagidan xususiyga yoki noodatdagiga va boshqalar.
Ayrim faol pedagogik texnologiyalar tavsifi haqida ma’lumotlar keltirilganda
ularning qiyosiy bahosi oydinlashadi.
Ma’ruza. Ma’ruza o’qitishning eng keng tarqalgan shakli bo’lib, pedagogik
faoliyatda yetakchi o’rinni egallaydi. U o’qituvchi mehnatining oliy shakli
darajasida e’tirof etiladi. Uni bir tomonlama aloqaning ko’rinishi, deb ham ataladi.
Bunda o’qituvchining faolligi va tinglovchilarning nofaolligi ko’zda tutiladi. Biroq
munozara shaklida bayon etiladigan ma’ruza eng faol pedagogik texnologiya
elementidir. Munozarali ma’ruzada tinglovchilarning faolligi juda yuqori bo’lishiga
erishish mumkin.
Iqtisodiyot o’quv predmetlarini, odatda, ko’proq ma’ruzalar tarzida bayon
etiladi. CHunki bunday kurslar ko’proq nazariy yoki umumlashtiruvchi xarakterga
tabiatan ega bo’ladilar. Pedagogik terminologiya nuqtai nazaridan ularni bilish, aqliy
umumlashtirish mashg’ulotlari deb hisoblash mumkin. Bunda metodikaning barcha
boshqa metodlari kamroq samarali bo’lib qoladilar. Ma’ruzani tashkil etish paytida
o’qituvchi o’quv predmetining eng muhim jihatlarini alohida ta’kidlash evaziga
muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Ma’ruzada tinglovchilar boshqa samarali metodlar
bilan o’qitilgandagi kabi tayyorgarlik (bilim) oladilar. Faol metodika yordamida
o’qilgan ma’ruzalar davomida tinglovchilarni faollashtirish evaziga o’qitish
jarayonining teng huquqli ishtirokchilariga aylantirish mumkin. Bunda o’quv
materiali tez va soz o’zlashtiriladi.
Ma’ruzani faol tadbirga aylantirish uchun uning mavzusi va tuzilmasi orasidagi
bog’lanishning yechimini topish zarur bo’ladi. Ma’ruzalar o’quv predmetining bosh
masalasi ko’nikma hosil qilish emas, balki bilim o’zlashtirish bo’lganidagina samara
beradi. O’qitishning barcha mavjud masalalarini uch guruhga ajratish mumkin:
- bilimlar;
- ko’nikmalar;
- ko’rsatmalar.
O’qitish masalalaridan kelib chiqqan holda uning metodi tanlanadi. Agar
ta’lim jarayonida tavsiflash, yodga tushirish, sanab o’tish, kategoriyalar bo’yicha
taqsimlash, ta’riflar keltirish, baholash va tushuntirish kabi didaktik maqsadlar
amalga oshirilishi lozim bo’lsa, albatta, ma’ruza shaklidagi o’quv mashg’ulotlari
tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Hayot bilan, kundalik turmush bilan, muhim
voqealar bilan aloqadorlikda bayon etilgan ma’ruza materiali oson o’zlashtiriladi.
Suzishni yoki avtomobilь boshqarishni ma’ruza mashg’uloti yordamida o’rgatib
bo’lmasligi ravshan. SHu boisdan, uquv va ko’nikma hamda malaka egallanishi
birinchi o’rinda turadigan faoliyatda ma’ruzaning tutgan o’rni juda kichikdir.
Nazariy bilimlar va dunyoqarash ahamiyatiga ega bo’lgan ma’lumotlar ma’ruza
yordamida berilishi maqsadga muvofiqdir.
Ma’ruza davomida o’qituvchining xatti-harakatlari, imo-ishoralari, nutq
komponentlari muhim rolь o’ynaydi. Ma’ruzachi auditoriya bilan yaxshi aloqa
o’rnatishi uchun uning dinamik siljib turishi tavsiya etiladi. Ovoz ohangining
o’zgarishi va o’rinli pauzalar ham yordamchi omillarga aylanadi. Bayon
mo’’tadilligining o’zgarishi, o’rinli kalimalarning galma-gallanishi, qiziqarli
ma’lumotlarning bezak tarzida ishlatilishi katta ahamiyatga ega. Ma’ruzaning
to’laqonliligi ko’rgazmali vositalardan qay darajada foydalanilishiga ham
bog’liqdir. Rasmlar, jadvallar, plakatlar, diagrammalar, moddiy ob’ektlar va
AKTning turli elementlaridan o’rinli foydalanish ma’ruzaning ta’lim beruvchi,
tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi quvvatini oshiradi.
Har qanday ma’ruza tarkiban uch qismdan iborat bo’ladi:
- kirish;
- asosiy qism;
- xulosa.
Ma’ruza turlari pedagogning mahoratiga bog’liq ravishda turfa ko’rinishlar va
mazmunga ega bo’ladi. Ma’ruzaning pedagogik samarasi o’qitishning barcha
tashkiliy shakllariga qiyoslanganda eng yuqori bo’ladi.
Munozara. Ko’pchilik o’quv predmetlari va ularning mavzulari ta’lim
standaritlari, o’qitish dasturlari, o’quv rejasi va ta’lim muassasasining o’ziga
xosligiga bog’liq ravishda hamda tinglovchilar (bilim oluvchilar) kontingenti bilan
aloqadorlikda munozara tarzidagi o’quv mashg’ulotlarini taqozo etadi. Birinchilan,
tinglovchilar faolligi ta’minlanadi. Ikkinchidan, shubhali vaziyatlarga o’rin
qoldirilmaydi. Uchinchidan, bilim oluvchilarning istak-xohishlari to’la qondiriladi.
Eng muhimi, bunday sharoitda o’quv materiali to’la-to’kis o’zlashtiriladi. Asoslar,
xulosalar, hukmlar va tasavvurlar mukammal ko’rinish va mazmunda bo’ladi.
Ko’rsatma va ta’kidlarning ishonchliligi yuqori darajada bo’ladi.
Munozara ikki turli bo’ladi:
- boshqariladigan;
- erkin munozara.
Boshqariladigan munozarada o’qituvchining ishtiroki sezilarli darajada
bo’ladi, lekin bu ishtirok uning o’quv jarayonidagi hakamlik mavqeidan oshib
ketmasligi lozim. Erkin munozara esa bilim beruvchi va oluvchilarning demokratik
tarzdagi ishtiroki bilan o’tkaziladi. Bu har ikki turdagi munozaralarda o’quv haqiqati
birinchi o’rinda turadi. Ilmiy bilimlar jonli mushohada, abstrakt tafakkur orqali
nisbiy va absolyut haqiqat yo’li bilan qo’lga qiritilishini hisobga olinsa, bilish
jarayonining taraqqiyotini belgilovchi tushuncha, kategoriya, faraz, xulosa, qoida,
nazariya, qonun va qonuniyatlar munozara davomida mazmunan buzilmasligi
muhimdir.
Munozaraning natijasini o’qituvchi oldindan loyihalashi lozim. Bunda oraliq
jarayonlar ikkinchi pozitsiyada turadi. Yakuniy xulosalar ilmiy bilish nazariyasiga
zid kelmasligi o’qituvchining kasbiy salohiyati bilan ta’minlanadi.
Erkin munozarani anarxiyaga aylantirmaslik-eng muhim pedagogik vazifadir.
Uning o’quv qimmatini boshqariladigan munozaradan kamroq baholab bo’lmaydi.
Munozara mashg’ulotlari uchun quyidagi shartlarning bajarilishi muhimdir:
- reglamentga rioya qilish;
- boshlashdan oldin chuqur fikriy tahlil qilish;
- ishtirokchilarning maksimal miqdordagi sonini qo’lga kiritish;
- o’qituvchining o’quvchilariga nisbatan hukmron bo’lmasligi.
Passiv o’quvchilarning ishtirokini ta’minlash-aksariyat o’qituvchilar uchun
amalda bajarib bo’lmaydigan jarayondir. Ularni jonlantirish uchun:
- savollar beriladi;
- har bir shaxsning xususiy fikri so’raladi;
- to’g’ri javoblar rag’batlantiriladi;
- noto’g’ri javoblar va xatolar to’g’rilanadi va to’ldiriladi.
Munozaraning muvaffaqiyati o’quvchilarning qiziqishi, bilimi, ahilligi, hur
fikrliligi va jamoadagi sog’lom pedagogik-psixologik muhitga ko’p jihatdan bog’liq
bo’ladi.
Guruhiy ish. Bu so’nggi yillarda Yevropa mamlakatlarida keng ommaviylik
tusini olgan o’qitish metodidir. Masalan, Daniyada birorta ham ma’lumot yoki kasb
guruhiy ishsiz egallanmaydi. Kam sonli (4-6 nafar) o’quvchilarning qandaydir
muhim o’quv tadbirida ishtirok etishi va ularning hamkorlikdagi faoliyati bunday
mashg’ulotning samarasini belgilaydi. Bajarilish darajasi va uning sifatini
o’qituvchi nazorat qiladi. Guruhlarga berilgan vazifalar bosqichma-bosqich
navbatlanishi ya’ni galma-gallanishi lozim. Guruhlar bir jinsli (o’g’il bolalar,
erkaklar yoki qiz bolalar, ayollar) va ikki jinsli (har ikki jins vakillaridan iborat)
bo’lishi mumkin. Ta’lim yo’nalishi va pedagogik maqsad hamda vazifalardan kelib
chiqqan holda bunday guruhlar xususiy holat uchun shakllantiriladi.
Guruhiy ish kengroq joy va siljitiladigan o’quv mebellarini talab qiladi.
O’qituvchining nazorati barcha guruh uchun baravar bo’lishi lozimligi ham
qiyinchilik tug’diradi.
Muammoli topshiriqlar. Nazariya va amaliyotning birligini ta’minlash-eng
murakkab pedagogik vazifadir. Aniq vaziyat va qo’yilgan masalaning mohiyatidan
kelib chiqqan holda muammoli topshiriqlar yordamida yaxshi natijaga erishish
mumkin. Faktlar va ma’ruza materiallari o’zlashtirish, topshiriqlar hamda mashq va
masalalar yechimida muammoli vaziyat yaratilishi qo’l keladi. Bunda ham kam sonli
ishtirokchilardan iborat guruhlar shakllantiriladi. O’quv materiali guruxlarga
alohida-alohida bo’lib beriladi. Yakuniy xulosalar va yechimlar topilgach mavzular
guruhlar orasida ayirboshlanadi. Yechimlar va fikrlar xilma-xilligi yuzaga kelsa
o’qituvchi bosh hakam tarzida so’nggi va hal qiluvchi so’zni aytadi. O’quv
materialining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi bunda o’ta muhim omildir.
Xulosa
Kasb-hunar kollejlari, o'quvchilarning ijtimoiy madaniy kompetensiyalarini
rivojlantirishda o'yin texnologiyalarini o'rganish va ularni rivojlantirishda
ahamiyatli bir vosita bo'lib hisoblanadi. O'yin texnologiyalari o'quvchilarga
o'rganish va rivojlantirish jarayonida qiziqarli, motivatsion, va interaktiv
imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu texnologiyalar, o'quvchilar uchun qiziqarli va
o'rganishni qo'llab-quvvatlaydigan interaktiv o'quv vositalari, tadbirlar va o'yinlar
orqali o'quv usullarini taqdim etishga imkon beradi. O'quvchilarning ijtimoiy
madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishda o'yin texnologiyalari quyidagi
afzalliklarni taqdim etishi mumkin: O'yinlar o'quvchilarga maqsadlar qo'yish,
qiziqishni oshirish va muvaffaqiyatga erishish uchun ilham berish imkonini beradi.
Bu, o'quvchilar uchun o'rganishni ko'paytiradi va ularning kompetensiyalarini
rivojlantirishga ulguradi. O'yin texnologiyalari, bir necha o'quv usullarini
integratsiya qilish orqali o'quvchilarga turli ko'nikmalarni va ko'nikma shakllarni
o'rganish imkonini beradi. Bu, o'quvchilarning madaniy va ijtimoiy ko'nikmalarini
o'rganishini ta'minlaydi. O'yinlar va interaktiv dasturlar, o'quvchilarni o'rganish
jarayonida qiziqishni oshiradi va ularga o'rganishga ilgari keladigan qiziqishni
oshiradi. Ba'zi o'yinlar va interaktiv dasturlar jamoat tajribasini qo'llab-quvvatlaydi
va o'quvchilar o'rtasida hamkorlik va ishonch hosil qilishni o'rganishga yordam
beradi. O'yinlar va interaktiv dasturlar, o'quvchilarning tahlil va muhokama
qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Yangiliklar bilan ta'minlash:
O'yinlar va interaktiv dasturlar, yangi ma'lumotlar va kontseptlarni o'rganishda
o'quvchilarni motivatsiyalash va qiziqlantirish imkonini beradi. Bular o'yin
texnologiyalarining faolligi va o'quv jarayonida o'quvchilarning ijtimoiy madaniy
kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyatini ta'kidlaydi. Raqamli dunyo
bo'ylab rivojlanayotgan va o'zgaruvchan ta'lim muhitida, o'yin texnologiyalarining
rivojlantirilishi va qo'llanilishi katta e'tibor talab etadi.
|