• TILLAR OQITISH METODIKASI VA TALIM TEXNOLOGIYALARI ” FANIDAN KURS ISHI MAVZU: Kasb
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon davlat chet tillari instituti nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi




    Download 325,2 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana29.05.2024
    Hajmi325,2 Kb.
    #257088
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Tursunaliyeva Shoxsanam kurs ishi



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM
     , FAN VA INNOVATSIYALAR 
    VAZIRLIGI 
    ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI 

    NEMIS TILI NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI 
    302- 
    GURUH TALABASI MAMADALIYEVA O’G’ILOYNING
     
     
    “ 
    TILLAR O'QITISH METODIKASI VA TA'LIM TEXNOLOGIYALARI 
    ” 
    FANIDAN 
     
     
    KURS ISHI 
     
    MAVZU: Kasb 

     hunar kollejlari o

    quvchilarining ijtimoiy 

     madaniy 
    kompetentsiyasini rivojlantirishda o

    yin
    texnologiyalarini rivojlantirish 
     
     
     
     
     
    Bajardi: Tursunaliyeva Shoxsanam
    Ilmiy rahbar: Azamov Omadjon 
     
    Andijon- 2024 


     
     
     
     
     
    REJA 
    Kirish
    .
     
    1. Rivojlangam mamlakatlarning ta’lim tizimida kompetensiyani 
    shakllanganligi.
     
    2. 
    Ta'limning asosiy kompetensiyaviy vakolatlari.
    3. Kasb hunar kollejlari oʻquvchilarning ijtimoiy madaniy kompetensiyasini 
    rivojlantirishda oʻyin texnologiyalarini rivojlantirish.
    4.Ta'lim texnologiyalarining bugungi kundagi o'rni. 
    Xulosa. 
    Foydalanilgan adabiyotlar. 


    Kirish 
    Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning taqdirida yuqori malakali 
    mutaxassislarning roli benihoya kattadir. Xalqimizning boy intellektual merosi va 
    umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va 
    texnologiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal 
    sur’atlar bilan hayotga tatbiq etilmoqda. Respublikaning barcha ta’lim 
    muassasalarining zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlanishi va internet 
    tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishi yoshlarning intellektual ijodiy bilim olish 
    doirasi kengayishiga asos yaratdi. Har bir bilim oluvchi o‘z soha yo‘nalishi va 
    mutaxassisligiga oid materiallarni internetdan izlab topish va uni qayta ishlash 
    imkoniga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, yoshlarni xorij tillarini o‘rganishga 
    undamoqda va ularning bilim doirasi kengayib borishiga zamin hozirladi. Axborot 
    tizimining keng tarmoq yoyishi aholining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish 
    borasida ishlab chiqilgan Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 
    farmoyishlaridan o‘z vaqtida xabar topishiga va uning mag‘zini anglashiga hamda 
    amalda tatbiq etishiga keng yo‘l ochib bermoqda. Xususan, Prezidentimiz 
    SH.M.Mirziyoev rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali 
    tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga 
    qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” 
    o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar 
    muhokama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi.
    Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va 
    internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 
    Uchinchi tashabbusga muvofiq aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter 
    texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlariga oid dastur 
    loyihasi ishlab chiqilgan. Unda 2019-2020 yillarda tuman va shaharlarda raqamli 
    texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil etish va ularda bepul taʼlim berish, 19 
    mingga yaqin ijtimoiy soha obyektini yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulash 
    koʻzda tutilgan.


    Yurtboshimiz tomonidan soha mutaxassislariga aholining kompyuter 
    savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan bolalarning salohiyatini 
    roʻyobga chiqarish va malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish, dasturiy 
    mahsulotlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
    Albatta, bugungi jadal rivojlanayotgan dorilomon zamonda jamiyatimiz 
    taraqqiyoti xalq xo‘jaligining har sohasiga yangidan-yangi texnologiyalarni, 
    jumladan yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilishni ta’qoza 
    etmoqda. Ayniqsa, jahon bo‘ylab Internet tizimining keng quloch yoyishi va undan 
    foydalanuvchilar soni kun sayin o‘sib borishi bir tomondan, ikkinchi tomondan 
    bunday 
    global 
    tizim 
    orqali 
    axborot 
    almashuvning 
    OLE, 
    multimedia 
    texnologiyalarining keng joriy qilinishi, kompyuter yordamida grafik tasvirlar hosil 
    qilish yoki tayyor grafik tasvirlarni qayta ishlash texnologiyasini jiddiy o‘rganish 
    yoshladan kompyuter texnologiyasi borasida o‘ta savodxon bo‘lishini talab 
    qilmoqda. Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-
    iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar 
    tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy 
    ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash 
    maqsadida: 
    O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti SH.Mirziyoеvning 2017 yil 20 aprеldagi 
    “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №2909 
    qaroriga asosan, Oliy ta’lim tizimini 2017 – 2021 yillarga mo‘ljallangan komplеks 
    rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Bu qarorda oliy ta’lim tizimini tubdan 
    takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi 
    ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan 
    qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar 
    tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan. 
    Qarorda “Oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, 
    o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarning jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy 


    adabiyotlarning 
    elektron 
    kataloglari 
    va 
    ma’lumotlar 
    bazalariga kirish 
    imkoniyatlarini kengaytirish” haqida so‘z borgan. 

    Download 325,2 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 325,2 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon davlat chet tillari instituti nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi

    Download 325,2 Kb.
    Pdf ko'rish