|
Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
|
bet | 22/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
Scratch dasturi boshqaruv bloklari haqida tushuncha bering?
Scratch dasturi Harkat blokini tushuntring?
Xodisalar blokidan foydalanib animatsiya yarating?
Delphi qadimgi grek shaharchasining nomiga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kungacha uning o‘ttizga yaqin varianti yaratilgan. Ular quyidagi uchta guruhga ajratiladi: Delphi 1 – Delphi 8 (1995-2003 yillar); Delphi 2005 – Delphi 2010 (2005-2009 yillar); Delphi XE 1 – Delphi 10.4.2 Sydney (2010-2021 yillar).
Ularning asosi Object Pascal dasturlash tili bo‘lsada, aksariyatida C++, Assemblerda, oxirgi variantlarida Javada, ba’zi variantlarida hatto PHPda ham dastur yozish mumkin. Oxirgi variantlarida Windows ilovalari bilan birga Android va IOS ilovalarini ham yaratish imkoniyati mavjud.
Delphi dasturlash tilining muhiti. Delphi dasturlash tilini ishga tushirishning bir nechta usullari mavjud: foydalanuvchining ish stolidagi yorliq yordamida; quyi masalalar paneli yordamida; bosh menyu yordamida.
Delphi dasturini bosh menyu yordamida ishga tushirishni ko‘rib chiqamiz. Agar kompyuterda dastur o‘rnatilgan bo‘lsa, ishga tushirish ketma-ketligi quyidagicha amalga oshiriladi: “Пуск”→“Программы” → “Borland Delphi 7” buyrug‘i tanlanadi.
1.4.1-rasm.
Delphi dasturlash tili ishga tushgandan so‘ng quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
5
4
3
2
1
1.4.2-rasm.
Hosil bo‘lgan oynani shartli ravishda beshta qismga ajratish mumkin. Bular:
1. Menyular satri. 2. Loyiha oynasi. 3. Obyektlar daraxti. 4. Object Inspektori. 5. Dasturlash maydoni.
Delphi dasturi menyular satrining ko‘rinishi odatdagi Office dasturlariniki singari sarlavha satridan keyin joylashgan.
1.4.3-rasm.
1. File menyusi. File menyusining bandlari quyidagi bo‘limlardan iborat: New- Yangi loyiha yaratish. Yangi forma yaratish uchun, fayl(file) menyusining yangi(new) bandini tanlash lozim bo‘ladi.
2. Edit menyusi. Edit menyusi yordamida ma’lumotlarni o‘chirish, qayta tiklash, joyini almashtirish va o‘lchamlarini kattalashtirish yoki kichiklashtirish mumkin.
3. Search (qidirish) menyusi. Menyu yordamida matndagi harflarni, so‘zlarni, simvollarni hamda kompyuter xotirasidagi fayllarni qidirish va ularni boshqasiga almashtirishda foydalaniladi.
4. View menyusi. View menyusining bandlari orqali dastur oynasi ko‘rinishini o‘zgartirishda, biror ko‘rinishni yo‘qotish yoki paydo qilishda foydalaniladi.
5. Project menyusi. Project menyusi yordamida loyiha oynasi ko‘rinishini o‘zgartirishda, biror ko‘rinishni yo‘qotishda, paydo qilishda, dasturni faollashtirishda foydalaniladi.
6. Run menyusi. Run menyusi yordamida loyihani ishchi holatga o‘tkazish yoki tahrirlash holatiga o‘tkazishda foydalaniladi. Shuningdek, sichqoncha belgisi turgan joydan ishga tushirish hamda ishchi holatdagi loyihani vaqtincha to‘xtatish mumkin.
7. Component menyusi. Component menyusi yordamida yangi loyiha oynasini ustida amallar bajarishda, ma’lumotlar ombori yaratishda, komponentalar palitrasini o‘zgartirishda foydalaniladi.
8. Database menyusi. Database menyusi yordamida ma’lumotlar bazasini yaratish yoki MS Accessda yaratilgan ma’lumotlar bazasini loyiha oynasiga bog‘lash hamda ularni boshqarishda foydalaniladi.
9. Tools menyusi. Tools menyusi yordamida dasturlash muhiti parametrlarini sozlashda, dasturlash oynasi yozuv xususiyatlarini boshqarishda foydalaniladi. Shuningdek, Image Editor hamda Rave Reports dasturlarini faollashtirish mumkin.
10. Window menyusi. Window menyusi yordamida loyiha oynasiga, Object Inspektoriga, Object TreeViewga va dasturlash maydoniga o‘tishda foydalaniladi.
|
| |