• Object treeview. Obyektlar daraxti
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet23/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    11. Help menyusi. Help menyusi yordamida Delphi dasturlash tilidan foydalanish uchun ma’lumotlarni olish mumkin:
    Object Inspectori oynasi. Object Inspector oynasi ikki bo‘limdan iborat: 1. Properties; 2. Events.
    1. Properties bo‘limidan foydalanib loyiha oynasiga joylashtirilgan tugmalarning o‘lchamlarini, rangini, nomini, shrift turlarini o‘zgartirish va satr kiritishda foydalaniladi. Shuningdek, loyiha oynasi xususiyatlarini ham tahrirlash imkoniyati mavjud.
    2. Events bo‘limidan foydalanib, har bir obyekt uchun standart hodisa belgilanadi. Buning uchun events bo‘limidagi hodisa nomi yonidagi maydon sichqoncha tugmasi yordamida ikki marta bosiladi. Natijada dastur kodi oynasi ochiladi.
    Object treeview. Obyektlar daraxti oynasida loyiha oynasi va undagi tugmalar ro‘yxati tasvirlanadi. Ushbu oynadan foydalanib, loyiha oynasiga joylashtirilgan tugmalarni o‘chirish yoki tugmalar joylashuv tartibini o‘zgartish mumkin.
    Vizual dasturlash texnologiyasida obyekt deganda muloqot oynasi va boshqarish elementlari (kiritish va chiqarish maydoni, buyruq tugmalari, pereklyuchatellar va boshqa) tushuniladi.
    Delphi dasturlash muhitida ilovalarni yaratish o‘zaro bog‘langan ikkita jarayon asosida tashkil qilinadi: dasturni vizual loyihalash; dastur kodlarini kiritish (yozish).
    Delphi muhitida kodlarni yozish uchun maxsus kod oynasi mavjud bo‘lib, u dastur matnini kiritish va taxrirlash uchun mo‘ljallangan. Bu kodlarni yozish oynasida dasturlash Pascal tilining rivoji bo‘lgan va kengaytirilgan Object Pascal tilida tuziladi.
    Kodlarni yozish oynasi, dastlab o‘z ichiga bo‘sh formani akslantiruvchi dastur matnini yozib chiqaradi. Delphi tilida dasturlash forma oynasini tashkil etishdan boshlanadi.
    Oddiy dastur ilovasini yaratish ketma-ket File→New→ Applisation buyrug‘ini berish bilan boshlanadi. Bu buyruqni berishdan oldin ikkita asosiy vazifani bajarish lozim: papka tashkil etish; tizimni to‘g‘rilash.
    Delphi muhitini standart sozlamalariga o‘zgartirish kiritish uchun Tols→Environment Options menyu buyrug‘ini berish va muloqot darchasidan kerakli o‘zgartirishlarni bajarish lozim.
    Delphi dasturlash muhitida jarayonlarni loyihalashda quyidagi kengaytmalardan foydalaniladi: loyiha fayli, kengaytmasi .dpr; pascal moduli fayli, kengaytmasi .pas; komponentalar joylashgan fayl, kengaytmasi .dcu; formalar joylashgan fayl, kengaytmasi .dfm; ma’lumotlar bazasi fayli, kengaytmasi .dbf.
    Tayyorlanadigan Delphi dastur uchta asosiy etapdan o‘tadi: kompilyatsiya, kompanovka, bajarish.
    Kompilyatsiya etapidan tayyorlangan dastur matni Object Pascal tiliga o‘tkaziladi. Kompanovkada esa kerakli qo‘shimcha yordamchi dasturlar unga birlashtiriladi. F9 tugmasini bosish bilan Save UnitAs dialog oynasi paydo bo‘ladi va sizdan Unit.pas moduli uchun fayl nomini va joylashadigan papkani ko‘rsatishingizni so‘raydi. Agar joy ko‘rsatilmasa Delphi avtomatik ravishda dasturingizni Bin papkasiga joylashtiradi. Dastur kompilyatsiya qilinishi paytida Delphi sistemasi .pas, .dfm va .dcu kengaytmali modullar tuzadi. .pas kengaytmali fayllar kodlarni yozish oynasida kiritilgan dastur matnini, .dfm forma oynasi tashkil etuvchilarini, .dcu kengaytmali fayl esa .pas va .dfm kengaytmali fayllarning birgalikdagi mashina kodiga o‘tkazilgan variantini saqlaydi. Bu .dcu kengaytmali fayl kompilyator tomonidan tashkil qilinadi va yagona ishchi (bajariluvchi) .exe kengaytmali fayl tashkil qilishga baza yaratadi.
    Dasturlash oynasi. Delphi dasturlash tilida har qanday dasturni tuzish uchun Untiln.pas maydoniga dastur kodi kiritiladi. Delphi dasturlash tilida dastur kodini kiritishda Untiln.pas maydonidagi buyruqlarni o‘chirmasdan dastur kodini kiritishni maslahat beramiz. Dastur kodi Begin va End buyruqlar orasiga kiritiladi.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.