|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 26/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023
Standard komponentalar palitrasi yordamida hisob ishlarini bajarish va loyihalarni yaratishda foydalaniladi. Ushbu bo‘limdagi tugmalardan foydalanib, sodda loyihalar yaratishni ko‘rib chiqamiz.
1. Button tugmasidan foydalanish. Button tugmasini bosilishi natijasida kutilishi lozim bo‘lgan jarayonlar (masalan, hisoblashlar yoki bajarilishi lozim bo‘lgan amallar) bajarilishga xizmat qiladi.
1.4.5-rasm.
Button tugmasini ekranga joylash uchun Delphi dasturlash tilining Standart komponentalar palitrasidan OK piktogramma belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tugma qo‘yilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, Button1 tugmasi hosil qilinadi. Ikkinchi marta tanlansa, Button2 va hokazo ButtonN ko‘rinishda davom etadi.
Agar, tugmadagi Button1 so‘zini boshqa so‘zga almashtirish lozim bo‘lsa, Object Inspektorining Caption xossasidan foydalanib o‘zgartirish kiritiladi.
1.4.6-rasm.
Tugmadagi so‘zni kattalashtirish yoki kichiklashtirishga to‘g‘ri kelsa, Object Inspektorining Font-{Tfon} bandi tanlanadi va bu yerdan kerakli o‘lchamlarni tanlash mumkin.
Yuqorida paydo bo‘lgan ko‘rinishdan nafaqat Button tugmasi ustida amallar bajarish balki, boshqa tugmalar ustida ham bajarish, shu bilan bir qatorda dasturlash maydoniga turli xil bezaklar berishda ham foydalanish mumkin.
Demak, Button tugmasi bosilishi natijasida kutilishi lozim bo‘lgan jarayonlar bajarilishga xizmat qilar ekan. Bu tugmaga doir bir nechta misollar ko‘rib chiqamiz.
1-misol. Dasturdan chiqish buyrug‘ini bajaruvchi loyiha yaratish.
Dasturdan chiqish buyrug‘ini bajaruvchi loyiha yaratish uchun Standard komponentalar palitrasidan Button1 tugmasi hosil qilinadi va sichqoncha tugmasini ikki marta bosgan holda Until1.pas dasturlash maydoniga o‘tiladi va quyidagi dastur kodi kiritiladi:
Form1.Close;
Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik bajarilgandan so‘ng, loyiha kompyuter xotirasiga saqlanadi. Buning uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi: File→Save All. Hosil qilingan loyihani ishchi holatga o‘tkazish uchun F9 tugma yoki menyudagi Run tugmasi bosiladi. Natijada, quyidagi loyiha oynasi namoyon bo‘ladi (2.7-rasm):
1.4.7-rasm.
Ushbu tugma ustiga sichqonchani chap tugmasini bir marta bosilsa, hosil qilingan dasturdan chiqiladi.
2. Label tugmasidan foydalanish. Label tugmasi nafaqat ma’lumotlarni ekranga joylashtirish uchun xizmat qiladi, balki dastur natijalarini chiqarishda ham ishlatish mumkin. Label tugmasida satr hosil qilish uchun Labeln.caption:=‘Dastur natijasi’; dastur kodi yoziladi.
|
| |