• Delphi ning Standard
  • Standard
  • GroupBox1
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet28/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    1-misol. Edit matn kiritish va chiqarish qatoridan foydalanish.
    Edit matn kiritish va chiqarish qatoridan foydalanish uchun Standard komponentalar palitrasidan ab piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda Edit1 va Edit2 tugmalari hamda OK piktogrammasi yordamida Button1 tugmasi hosil qilinadi. Bundan so‘ng, Button1 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    var
    m:integer;
    begin
    m:=strtoint(edit1.Text);
    edit2.text:=edit2.text+’Kiritilgan son=‘+inttostr(m);
    end;
    Yuqorida amallar ketma-ketligi bajarilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga o‘tkaziladi va Edit1 maydoniga 10 sonini kiritiladi hamda Button1 tugmasi bosiladi. Natijada, Edit2 maydonida “Kiritilgan son=10” satri paydo bo‘ladi (2.10-rasm):

    1.4.10-rasm.
    4. CheckBox tugmasidan foydalanish. CheckBox tugmasi yordamida amallar bajarish yoki aksincha bajarilgan amallarni bekor qilishda foydalaniladi. CheckBox tugmasini forma oynasiga joylash uchun Delphining Standard komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, CheckBox1 tugmasi hosil qilinadi.
    1-misol. Edit qatoriga kiritilgan sonni CheckBox1 tugmasidan foydalangan holda ikkiga ko‘paytirib chiqaruvchi loyiha yaratish.
    Edit qatoriga kiritilgan sonni CheckBox1 tugmasidan foydalangan holda ikkiga ko‘paytirib chiqaruvchi loyiha yaratish uchun Standard komponentalar palitrasidan Edit1, CheckBox1, Label1 va Button1 tugmalari hosil qilinadi. Bundan so‘ng Button1 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    var
    a,s:real;
    begin
    a:=strtofloat(edit1.Text);
    s:=a; if CheckBox1.Checked then s:= s*2;
    Label1.Caption:=‘s=‘+floattostr(s); end;
    Ushbu dastur kodi kiritilgandan so‘ng, F9 tugmasini bosish orqali loyiha oynasi ishchi holatga o‘tkaziladi (2.11-rasm):

    1.4.11-rasm.
    5. GroupBox tugmasidan foydalanish. GroupBox tugmasi yordamida loyiha oynasidagi bir nechta tugmalarni guruhlashda foydalanuladi. Tugmalarni guruhlash piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda joylashtirish lozim bo‘lgan joyi ajratiladi. Natijada, GroupBox1 tugmasi hosil bo‘ladi (2.12-rasm):

    1.4.12-rasm.
    GroupBox sohasiga joylashtirilgan tugmalar obyektlar daraxti oynasida bitta guruh sifatida namoyon bo‘ladi:

    1.4.13-rasm.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.