• ScrollBar1
  • Label1
  • RadioButton2
  • RadioGroup2
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet29/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    6. ScrollBar tugmasidan foydalanish. ScrollBar tugmasi yordamida biron-bir parametr qiymatini berilgan interval oralig‘ida harakatlantirishni hamda gorizontal va vertikal siljitish yo‘lakchalarini hosil qilishda foydalaniladi. ScrollBar tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Standard komponentalar palitrasidan piktogramma sichqoncha tugmasi yordamida belgilanib, loyiha oynasiga joylashtiriladi. Natijada, ScrollBar1 tugmasi hosil qilinadi.
    1-misol. Loyiha oynasida ScrollBar tugmasidan foydalanib, gorizontal siljitish yo‘lakchasini hosil qilish.
    Loyiha oynasida ScrollBar tugmasidan foydalanib, gorizontal siljitish yo‘lakchasini hosil qilish uchun Standard komponentalar palitrasidan ScrollBar1 va Label1 tugmalari hosil qilinadi. Label1 tugmasini Object Inspektorining Caption qatoridagi Label1 yozuvi o‘rniga “0” soni kiritladi. Bundan so‘ng, ScrollBar1 tugmasinining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    Label1.Caption:=IntToStr(ScrollBar1.Position);
    Ushbu dastur kodi kiritilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga o‘tkaziladi:

    1.4.14-rasm.
    7. RadioButton tugmasidan foydalanish. RadioButton tugmasidan bir oynada bir nechta variantdan birortasini tanlashda foydalanish mumkin. RadioButton tugmasidan foydalanish uchun Standard komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, loyiha oynasining lozim bo‘lgan joyiga joylashtiriladi. Natijada, RadioButton1 tanlash tugmasi hosil qilinadi. Tanlash amali dastur ishchi holatiga o‘tilganda bajariladi. Ikkinchi marta tanlansa RadioButton2 va hokazo RadioButtonN ko‘rinishda davom etadi.
    1-misol. Label tugmasiga kiritilgan satrni RadioButton tugmasi yordamida faollashtirish yoki faolmas holatga o‘tkazish.
    Label tugmasiga kiritilgan satrni RadioButton tugmasi yordamida faollashtirish yoki faolmas holatga o‘tkazish uchun Standard komponentalar palitrasidan RadioButton1, RadioButton2 va Label1 tugmalari hosil qilinadi. Label1 tugmasini Object Inspektorining Caption qatoridagi Label1 yozuvi o‘rniga “Dasturchi” satri kiritiladi. Bundan so‘ng, RadioButton1 tugmasini dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritamiz:
    Label1.Enabled := False;
    RadioButton2 tugmasini dasturlash maydoniga esa quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    Label1.Enabled := True;
    Ushbu dastur kodlari kiritilgandan so‘ng, loyiha oynasi F9 tugmasi yordamida ishchi holatga o‘tkaziladi:

    1.4.15-rasm.
    8. RadioGroup tugmasidan foydalanish. RadioGroup tugmasi loyiha oynasiga joylashtirilgan bir nechta tugmalarni o‘zaro bir-biri bilan bog‘lash imkoniyatini yaratadi. RadioGroup tugmasini hosil qilish uchun Standard komponentalar palitrasidan piktogrammasi sichqoncha tugmasi yordamida belgilanib, loyiha oynasiga joylashtiriladi. Natijada, RadioGroup1 tanlash tugmasi hosil qilinadi. Ikkinchi marta tanlansa RadioGroup2 va hokazo RadioGroupN ko‘rinishda davom etadi.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.