• Items
  • MainMenu1
  • Form1.MainMenu1
  • Button1 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi: Form1.Close; Button2




    Download 14,73 Mb.
    bet31/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    Button1 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    Form1.Close;
    Button2 tugmasining dasturlash maydoniga esa quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    Edit1.Text:=‘ ‘;
    Ushbu dastur kodlari kiritilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga o‘tkaziladi:

    1.4.18-rasm.
    10. MainMenu tugmasidan foydalanish. MainMenu tugmasi orqali loyiha oynasida bosh menyu komandalari panelini va ularga mos daraxt ko‘rinishida menyularni yaratish imkoniyati mavjud. Barcha menyu buyruqlarining identifikatorlari menyuning Items xususiyati bilan aniqlanadi.
    MainMenu tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Delphining Standard komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, MainMenu1 tugmasi hosil qilinadi.
    1-misol. MainMenu tugmasi yordamida dasturdan chiqish menyusini yaratish.
    MainMenu tugmasi yordamida dasturdan chiqish menyusini yaratish uchun Standard komponentalar palitrasidan MainMenu1 tugmasi loyiha oynasiga joylashtiriladi. Hosil bo‘lgan tugma ustida sichqoncha tugmasi ketma-ket ikki marta bosiladi. Natijada, Form1.MainMenu1 oynasi paydo bo‘ladi:

    1.4.19-rasm.
    Bundan so‘ng Object Inspektorining Caption qatoriga “Fayl” satri kiritiladi. Fayl menyusi tarkibida bir nechta bandlarni kiritish mumkin. Buning uchun Fayl menyusi ostidagi to‘rtburchak soha belgilanib, Caption qatoriga “Saqlash” satri kiritiladi. Shu tarzda “Ikkinchi oynaga o‘tish”, “Chiqish” menyu bandlari hosil qilinadi. Fayl menyusining gorizantal yo‘nalishi bo‘yicha ham menyu yaratish mumkin. Buning uchun Fayl menyusini o‘ng tomonidagi to‘rtburchak soha belgilanib, Caption qatoriga “Ko‘rinish” satri kiritiladi. Shu tarzda “Ma’lumot” menyusi ham hosil qilinadi:

    1.4.20-rasm.
    Menyu bo‘limlarining har biriga tegishli dastur kodi kiritiladi. Masalan, “Chiqish” menyu bandiga dastur kodini kiritish uchun, ushbu menyu sichqoncha tugmasi yordamida ikki marta bosiladi. Ochilgan “Chiqish” bandining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    Form1.Close;
    Yuqoridagi amallar ketma-ketligi bajarilgandan so‘ng, F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga o‘tkaziladi:

    1.4.21-rasm.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Button1 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi: Form1.Close; Button2

    Download 14,73 Mb.