|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 32/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.20232-misol. MainMenu tugmasi yordamida loyiha oynalarini o‘zaro bog‘lash.
MainMenu tugmasi yordamida loyiha oynalarini o‘zaro bog‘lash uchun Form1 va Form2 oynalari hosil qilinadi:
1.4.22-rasm.
Form1 oynasiga Standard komponentalar palitrasidan MainMenu1 tugmasi joylashtiriladi. Hosil bo‘lgan tugma ustiga sichqoncha tugmasi ketma-ket ikki marta bosiladi. Natijada, Form1.MainMenu1 maydoni paydo bo‘ladi. Buning Object Inspektorining Caption qatoriga “Form2 ga o‘tish” jumlasi kiritiladi. Hosil bo‘lgan ustunning birinchi satrini Caption qatoriga “O‘tish” jumlasi kiritiladi:
1.4.23-rasm.
O‘tish menyusi bandining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
begin
Form1.visible:=false;
Form2.visible:=true;
end;
Form2 dan Form1 ga o‘tuvchi dastur kodini yozish uchun yuqoridagi topshiriqlarni Form2 oynasida bajariladi va quyidagi dastur kodi kiritiladi:
begin
Form2.visible:=false;
Form1.visible:=true;
end;
1.4.24-rasm.
11. Memo tugmasidan foydalanish. Memo tugmasi loyiha oynasida ko‘p satrli matn maydoni hosil qiladi. Shuningdek, hisoblash natijalarini chiqarishda ham foydalanish mumkin. Memo maydonidan foydalanish uchun Standart komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda joylashtiriladi. Natijada, Memo1 matn maydoni hosil qilinadi. Memo1 maydonida hisoblash natijalarini ustun shaklda chop etish uchun quyidagi dastur kodidan foydalaniladi:
Memo1.Lines.Add(‘Yechim=‘+floattostr(s));
Satrli ma’lumotlarni chiqarish uchun esa quyidagi dastur kodidan foydalaniladi: Memo1.Lines.Add(‘1-sentyabr Mustaqillik bayrami kuni’);
Memo maydoninidagi ma’lumotlarni o‘chirish uchun quyidagi dastur kodidan foydalaniladi: Memo1.Clear;
|
| |