|
ListBox tugmasidan foydalanish. ListBox
|
bet | 34/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.202313. ListBox tugmasidan foydalanish. ListBox tugmasi loyiha oynasida bir nechta satrlar ro‘yxatini tuzish imkonini yaratadi. Satrlar ro‘yxatini tuzish tugmasini hosil qilish uchun Standart komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda joylashtiriladi. Natijada, ListBox1 maydoni hosil qilinadi.
1-misol. ListBox1 maydoni yordamida satrlar ro‘yxatini hosil qilish.
ListBox1 maydoni yordamida satrlar ro‘yxatini hosil qilish uchun loyiha oynasiga Standart komponentalar palitrasidan Button1, Edit1 va ListBox1 tugmalari hosil qilinadi. Bundan so‘ng, Button1 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
begin
ListBox1.Items.Add(Edit1.text);
Edit1.SetFocus;
end;
Loyiha oynasining dasturlash maydoniga esa quyidagi dastur kodi kiritiladi:
ListBox1.Clear;
Yuqorida keltirilgan dastur kodlari kiritilgandan so‘ng, loyiha oynasi F9 tugmasi yordamida ishchi holatga o‘tkaziladi:
1.4.28-rasm.
14. ComboBox tugmasidan foydalanish. ComboBox tugmasi loyiha oyasida bir nechta satrlar ro‘yxatini tuzish imkonini yaratad. Satrlar ro‘yxatini tuzish tugmasini hosil qilish uchun Standard komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda joylashtiriladi. Natijada, ComboBox1 maydoni hosil bo‘ladi.
1-misol. ComboBox1 tugmasidan foydalanib, satrlar ro‘yxatini tuzish.
ComboBox1 tugmasidan foydalanib, satrlar ro‘yxatini tuzish uchun loyiha oynasida Standart komponentalar palitrasidan Button1, ComboBox1 tugmalari hosil qilinadi. Bundan so‘ng, Button1 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
begin
ComboBox1.Items.Add(ComboBox1.Text);
ComboBox1.SetFocus;
end;
Loyiha oynasining dasturlash maydoniga esa quyidagi dastur kodi kiritiladi:
ComboBox1.Clear;
Yuqorida keltirilgan dastur kodlari kiritilgandan so‘ng, loyiha oynasi F9 tugmasi yordamida ishchi holatga o‘tkaziladi:
1.4.29-rasm.
|
| |