• CheckListBox1
  • State va Checked
  • Checked
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet42/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    9. CheckListBox tugmasidan foydalanish. CheckListBox tugmasi orqali loyiha oynasida ListBox xususiyatlari va CheckBox ko‘rsatkichlarining bitta tarkibiy qismdagi kombinatsiyasi hosil qilinadi. CheckListBox tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, CheckListBox1 tugmasi hosil qilinadi. CheckListBox tugmasi Standart komponentalar palitrasidagi ListBox tugmasini analogidir, lekin foydalanuvchi holatini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ro‘yxatning har bir qatorida CheckBox tugmasi joylashgan. CheckListBox tugmasining ro‘yxat elementlarini xosil qilish uchun Object Inspectoridagi Items xususiyatidan foydalaniladi. Ro‘yxat elementlarining har birida tanlash belgisini qo‘yish mumkin bo‘lgan indikator mavjud.

    1.4.44-rasm.
    Bunda indikator holatini ikkita xususiyat aniqlaydi. Ya’ni, Checked'>State va Checked xususiyatlari. Foydalanuvchi CheckListBox tugmasini sichqoncha yordamida bosganda indikator holati ketma-ket quyidagi uchta holatga o‘zgaradi: belgilangan; oraliq qiymat ya’ni, kulrang indikator; belgilanmagan. Bu holatlar State xususiyatining uchta qiymati orqali aniqlanadi: cbChecked; cbGrayed; cbUnchecked.
    Indikator holatini Statedan tashqari Checked xususiyati orqali ham aniqlash mumkin. Buning uchun Checked xususiyatiga true qiymatini o‘zlashtirish orqali tanlash belgisi hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, State xususiyatiga cbChecked qiymati tanlansa ham tanlash belgisi hosil bo‘ladi (2.45-rasmga qarang).

    1.4.45-rasm.
    Agar Checked xususiyatiga false qiymat, hamda State xususiyatiga cbUnchecked yoki cbGrayed qiymatlari o‘zlashtirilsa, tanlash belgisi hosil bo‘lmaydi.
    Yuqoridagi ikkita xususiyatni ham massiv elementi sifatida qarash mumkin. Har bir element satr tartib raqamiga tegishli bo‘ladi (Satrlarni raqamlash noldan boshlanadi). Masalan, joriy tugma yoki loyiha oynasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.