• EditMask
  • MaskEdit
  • 1-misol.
  • Object Inspector
  • Options.goEditing , Options. AlwaysShowEditing , Options.goTabs
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet38/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    2. MaskEdit tugmasidan foydalanish. MaskEdit tugmasi loyiha oynasida o‘ziga xos formatdagi ma’lumotlarning tahrir qilinadigan to‘rtburchak sohasini yaratadi. MaskEdit tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun Additional komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasi ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, MaskEdit1 tugmasi hosil qilinadi. Kiritilayotgan matnning to‘g‘riligi ruxsat etilgan formatlarni kodlovchi niqob vositasida tekshiriladi. Bu formatlarga satr kiritilgan va foydalanuvchiga taqdim etilgan bo‘lishi mumkin (sana, vaqt, telefon raqami va h.k.). EditMask xususiyati joriy niqob kodini saqlaydi. Input Mask Editor darchasi yordamida standart niqoblardan foydalanish yoki yangi niqob yaratish mumkin:

    1.4.33-rasm.
    1-misol. Telefon raqam va vaqtni ifodalovchi formatli tahrirlash sohasini yaratish.
    Sana va vaqtni ifodalovchi formatli tahrirlash sohasini yaratish uchun loyiha oynasiga 2 ta Label va 2 ta MaskEdit tugmalari joylashtiriladi. Label tugmalarining Caption qatoriga mos ravishda “Sana” va “Vaqt” jumlalari kiritiladi. MaskEdit1 tugmasining EditMask xususiyati orqali Input Mask Editor darchasi ochiladi va Input Mask maydoniga !99/99/0000;1; ko‘rinishda raqamlar kiritiladi. MaskEdit2 tugmasiga esa !90:00;1; ko‘rinishda raqamlar kiritiladi va F9 tugmasi yordamida loyiha oynasi ishchi holatga o‘tkaziladi:





    2.34-rasm.

    2.35-rasm.

    1-misol. n (n>0) butun son berilgan. Dastlabki n ta musbat juft sonlarni saqlaydigan n o‘lchamli butun sonli massiv tashkil etish dasturi.
    Ushbu masalani dasturlash uchun Standart komponentalar palitrasidan Button1 va Edit1, Additional komponentalar palitrasidan StringGrid1 tugmalari hosil qilinadi. Natijada, loyiha oynaning ko‘rinish holati quyidagicha bo‘ladi:

    2.36-rasm.
    Hosil bo‘lgan jadavaldan 1 ta ustun, 1 ta satr yaratiladi. Buning uchun Object Inspector oynasining ColCount qatoriga 1 raqami kiritiladi. Satr bo‘yicha o‘zgartirish kiritish uchun esa RowCount qatoriga 1 raqami kiritiladi.
    Umumiy holda loyiha oynani ishga tayyorlash uchun Object Inspectorining parametrlari va xossalari quyidagi holatda sozlanadi:
    1.4.1-jadval

    Parametrlar va xossalar bo‘limi

    Qiymati

    ColCount

    1

    FixedCols

    0

    RowCount

    1

    DefaultRowHeight

    36

    Height

    36

    DefaultColWidth

    72

    Width

    335

    Options . goEditing

    True

    Options . AlwaysShowEditing

    True

    Options .goTabs

    True




    1.4.37-rasm.

    Jadvalda ko‘rsatilgan Options.goEditing, Options. AlwaysShowEditing, Options.goTabs qatorlarini hosil qilish uchun Object Inspectorining “Options” bandidagi “+” ishorasini “-” ishoraga o‘tkaziladi (jadval ustiga sichqoncha tugmasi bir marta bosgandan so‘ng, aytilgan topshiriqni bajarish mumkin). Xossalar bo‘limining goEditing bandida False va True buyrug‘i mavjud. True buyrug‘ini tanlansa, ishchi holatdagi loyiha oynasida katakchaga ma’lumot kiritish imkoniyati yaratiladi, aks holda, ya’ni, False buyrug‘i tanlansa, ishchi holatdagi oynada katakchaga ma’lumot kiritish ruxsat etilmaydi.

    Yuqorida bajarilgan ketma-ketlikdan so‘ng, Button1 tugmasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi:
    var n,i,k:integer;
    begin
    StringGrid1.ColCount:=StrToInt(Edit1.Text);
    n:=StrToInt(Edit1.Text);
    k:=0;
    for i:=0 to n do
    begin
    k:=k+2;
    StringGrid1.Cells[i,0]:=IntToStr(k);
    end;
    end;
    Yuqoridagi ketma-ketliklar bajarilgandan so‘ng, F9 tugma yordamida loyiha oynasini faol holatga o‘tkazib, Edit qatoriga 5 raqamni kiritib “Hisoblash” tugmasi bosilsa, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

    1.4.38-rasm.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.