• Project/View Source
  • Fayl (File)
  • Interface
  • Implementation
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet46/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    Loyiha va modul tushunchasi. Delphi dasturi – bu bir necha bir-biri bilan bog‘liq fayllar to‘plamidan iborat. Har qanday dastur .dpr kengaytmali loyiha fayli va bir yoki bir necha .pas kengaytmali modullardan tashkil topadi. Loyiha fayli dasturchi tomonidan kiritilmaydi, u foydalanuvchining ko‘rsatmalari asosida avtomatik ravishda Delphi sistemali dasturi tomonidan tuziladi. Loyiha fayli matnini ko‘rish uchun Project/View Source buyrug‘ini berish zarur. Loyiha matni umumiy holda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
    Program Project1;
    Uses
    Forms,
    Unit1 in ‘Unit1.pas’ {Form1}
    {$R *.res}
    Begin
    Application.Initialize;
    Application.CreateForm(Tform,Form1);
    Application.Run; End.
    Loyiha nomi dasturchi tomonidan loyihani saqlash vaqtida beriladi va Delphi muhitida bajariluvchi fayl, ya’ni kengaytmasi .exe bo‘lgan faylni tashkil qilishni aniqlaydi. Loyiha faylidan keyin ishlatiladigan modullar: standart modullar Forms va Unit1 joylashadi. {$R *.res} direktivasi kompilyatorga ishlatilishi kerak bo‘lgan resurs fayllari, masalan dasturlarni e’lon qilish kerakligini bildiradi. Yulduzcha belgisi resurs faylining kengaytmasi .res ekanligini bildiradi. Bosh modulning bajariluvchi qismi Begin .. End operatorlari orasiga joylashadi.
    Loyihani saqlash. Ilovani kompilyatsiya qilish va ishga tushirish. Loyihani saqlashda Delphi bir necha fayl tashkil etadi. Ayrim fayllar butun loyihani tavsiflashni, boshqalari forma va dastur modulini tavsiflashni o‘z ichiga oladi. Agar hali saqlanmagan loyiha bo‘lsa Fayl (File) menyusidan Save Project buyrug‘i beriladi hamda dastur moduli va proyekt nomi beriladi.
    Modul tushunchasi. Windows operatsion tizimining kamchiliklaridan biri amaliy dasturlar kutubxonasining to‘liq emasligidadir. Dasturlash jarayonida ko‘plab dastur kutubxonalaridan foydalanib tuzilgan dasturlar o‘zlarining ishonchlilik darajasi bilan samarali hisoblanadi. Ushbu kamchilikni bartaraf uchun Delphida modullar tushunchasi kiritilgan. Umuman olganda, har bir malakali dastur tuzuvchi o‘z dasturida protsedura va funksiyalardan foydalanadi. Lekin, bu prodsedura va funksiyalardan boshqa dasturlarda foydalanish uchun, ularning dastur kodini qayta ko‘chirib yozish lozim bo‘ladi.
    Delphida bu masalani yechish uchun modullar yaratilgan bo‘lib, ular kompilyatsiya qilinadi. Bu moduldan boshqa dasturlarda bemalol foydalanish imkoniyati yaratiladi.
    Modul – bu dasturning funksional jihatdan to‘liq bo‘lagi bo‘lib, dastur kodi yoki uning nomli uzluksiz qismi bilan alohida yaratilagan fayl sifatida qarash mumkin. Modullarning standart loyihasi mavjud.
    Umumiy holda foydalanuvchi modullari quyidagi ko‘rinishga ega:
    Unit;
    Interface

    {ochiq e’lonlar bo‘limi –interfasi seksiyasi}

    Implementation
    ...
    {yopiq e’lonlar bo‘limi }

    Begin

    {Initsializatsiya bo‘limi}

    End.
    Agar modul o‘z ichida boshqa modullardan foydalansa Interface xizmatchi so‘zidan keyin Uses ; yoziladi.
    Interfeysli bo‘lim modulning bir qismi bo‘lib, Interface va Implementation so‘zlari orasida joylashadi. Bu bo‘limda o‘zgarmaslar, ma’lumotlar toifasi, o‘zgaruvchilar, protsedura va funksiyalarni aniqlash mumkin. Ushbu berilganlar mazkur modulda qatnashuvchi barcha dasturlar va modullarda bemalol ishlashi mumkin. Mazkur bo‘limda sanab o‘tilgan protsedura va funksiyalarning tana qismlari Implementation so‘zidan keyin yoziladi (ularning sarlavhalari aynan saqlanib qolishi kerak). Initsializatsiya bo‘limi Begin va End so‘zlari ichiga olib yoziladi. Agar Begin so‘zi tushirib qoldirilgan bo‘lsa, demak bu bo‘lim yo‘q hisoblanadi. Initsializatsiya bo‘limida boshqarishni asosiy dasturga uzatgunga qadar bajariladigan operatorlar joylashadi. Bu operatorlar asosan dasturni ishga tushirishga yordam beradi.
    Modul yaratishda shuni e’tiborga olish kerakki, modulga nom berilgandan keyin dasturda foydalanilganda Uses xizmatchi so‘zidan keyin nomi to‘g‘ri yozilishiga e’tibor berish lozim, aks holda dastur modulga murojaat qilolmaydi.
    Delphi dasturlash tilini ishga tushirgandan so‘ng modul strukturasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
    Unit unit1;
    Interface
    Uses
    Windows, Messages, SysUtils, Variants, Classes, Graphics, Controls,
    Forms, Dialogs;
    Type
    TForm1 = class(TForm)
    Private
    { Private declarations }
    Public
    { Public declarations } end;
    Var
    Form1: TForm1;
    Implementation
    {$R *.dfm} End.

    Download 14,73 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.