• Implementation
  • Dastur alifbosi.
  • Unit – modulning sarlavhasi; Interface




    Download 14,73 Mb.
    bet47/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    Unitmodulning sarlavhasi;
    Interface – modulning interfeysi, ya’ni dastur va boshqa modullar uchun ochiq ko‘rinarli qismining boshlanishini bildiradi. Bu qismda o‘zgarmaslar, kattaliklar tiplari, protsedura va funksiyalar ko‘rsatilgan bo‘ladi, lekin ularning butun ko‘rinishi keyingi yopiq qismda beriladi.
    Implementation – modulning dastur va modullar uchun yopiq, ya’ni ko‘rinmaydigan qismi boshlanishini bildiradi. Bu yerda interfeys qismida aniqlangan protsedura va funksiyalar yana bir marta ko‘rsatilishi shart (ularning sarlavhalari bir xil bo‘lishi kerak).
    Asosiy qismi Begin yozuvidan keyin boshlanadi, agar bu qism mavjud bo‘lmasa Begin ham bo‘lmaydi. Bu qismda boshqaruvni asosiy dasturga o‘tkazishgacha qadar bajarilishi lozim bo‘lgan operatorlar ro‘yxati yoziladi.
    Dastur alifbosi. Tanlab olingan algoritm asosida qo‘yilgan masalani kompyuterda yechish uchun har qanday algoritmik tilning o‘z alifbosi, buyruqlar majmuasi va maxsus dasturlar jamlangan kutubxonasi bo‘lishi zarur. Bu kabi imkoniyatlar Delphi tilida ham mavjud bo‘lib, ushbu tilning alifbosini uch qismga bo‘lish mumkin:
    - A dan Z gacha bo‘lgan lotin alifbosi harflari va bo‘sh joyni aniqlovchi belgi ;
    - 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar;
    - maxsus belgilar.
    Maxsus belgilar o‘z navbatida uch turga bo‘linadi:
    1) +, -, *, / - arifmetik amallar, qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish;
    2) Solishtirish amallari belgilari;
    3) Tinish yoki ajratish belgilari., | . | ; | : | ( | ) | [ | ] | { | } | ‘ | := |

    1.4.2-jadval



    Delphi belgisi

    Matematik ko‘rinishi

    Ma’nosi

    =

    =

    teng

    < >



    teng emas

    <

    <

    kichik

    <=



    kichik yoki teng

    >

    >

    katta

    >=



    katta yoki teng

    Foydalanuvchi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan ma’lum harakatni, elektron hisoblash mashinalariga maxsus so‘zlardan tashkil topgan operatorlar yordamida yetkazib, amalga oshirish mumkin. Demak, kompyuter uchun operator bajarilishi so‘zsiz shart bo‘lgan buyruqdir.


    Operatorlar algoritmik tillarda asosiy tushuncha bo‘lib, o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi: oddiy va murakkab operatorlar.
    Oddiy operatorlar jumlasiga shartsiz o‘tish (goto), o‘zlashtirish(:=) va hakozolar kabi operatorlar kiritilishi mumkin.
    Murakkab operatorlar bir necha oddiy operatorlarni o‘z ichiga olishi mumkin.



    Download 14,73 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Unit – modulning sarlavhasi; Interface

    Download 14,73 Mb.