|
Belgili tiplarning nomi, hajmi va qiymatlar chegarasi
|
bet | 55/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Belgili tiplarning nomi, hajmi va qiymatlar chegarasi
t/r
|
Toifa nomi
|
Hajm, bit
|
Qiymatlar chegarasi
|
1.
|
char
|
1 bayt
|
-128 … 127
|
2.
|
unsigned char
|
1 bayt
|
0 … 255
|
3.
|
signed char
|
1 bayt
|
-128 … 127
|
Belgili o‘zgaruvchilar quyidagicha e’lon qilinadi:
char a , satr; // ikkita belgili o‘zgaruvchini e’lon qilish.
Belgili ma’lumotlar bilan ishlashda shuni yodda tutish kerakki, agar bitta belgidan ifodada foydalanish kerak bo‘lsa, belgini bittali qo‘shtirnoq ichida yozish lozim. Masalan, ‘x’, ‘y’, ‘-’, ‘5’.
Belgilar ketma-ketligi, ya’ni satrdan foydalanish kerak bo‘lsa, satr qo‘shtirnoq ichida yozilishi lozim. Masalan, "Dasturlashni o‘rganamiz!"
Butun sonlar. Butun sonli o‘zgaruvchilarga oid misol va masalalarni dasturlashda int tipidan foydalaniladi. int tipidagi o‘zgaruvchi kompyuter xotirasidan ikki, to‘rt yoki sakkiz bayt joy egallaydi. Bu protsessorning ishlashiga bog‘liq hisoblanadi.
Butun sonli qiymatlarning toifa nomi, hajmi va qiymatlar chegarasi 3.5-jadvalda keltirilgan. Shuni yodda tutish kerakki, barcha butun sonlar ishorali bo‘lganligi sababli signed spetsifikatorini yozish majburiy emas.
2.1.5-jadval
|
| |