2.3-§. C++ dasturlash tilida takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash
Takrorlanish operatorlari.Ba’zi bir misol va masalalarning parametrlarini o‘zgarishiga qarab ma’lum hisoblashlar bir necha marta takrorlanib, bajarilishi talab etiladi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda takrorlanuvchi operatorlardan foydalaniladi. Masalan, funksiyada x ning bir nechta qiymatlarini hisoblashni va berilgan ikkita oraliqdagi sonlarni yoki qatorlarni yig‘indisi, ko‘paytmasi kabi amallarni dasturlash talab etilgan bo‘lsin. Bu kabi dasturlarni shartli o‘tish operatori yordamida ham dasturlash mumkin. Ammo takrorlanuvchi operatorlardan foydalanilsa, hisoblash vaqti ma’lum darajada tejaladi. Shu bois, C++ dasturlash tilida takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash uchun for, while, do-while, break, continue operatorlar mavjud. Ushbu operatorlarning imkoniyatlarini quyida ko‘rib chiqamiz.