|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 60/178 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 14,73 Mb. | | #230019 |
Bog'liq Darslik 01.05.2023Mantiqiy amallar. C ++ dasturlash tilida || (yoki), && (va) ,! (emas) mantiqiy amallar mavjud. Mantiqiy amallar true (rost) va false (yolg‘on) qiymatlar ustida bajariladi. C++ dasturlash tilida false – 0, true – 1 qiymatga teng.
2.1.8-jadval.
Mantiqiy amallar
A
|
B
|
! A
|
A && B
|
A || B
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
1
|
1
|
0
|
1
|
1
|
0
|
0
|
0
|
1
|
1
|
1
|
0
|
1
|
1
|
Munosabat amallari. C++ dasturlash tilida munosabat amallari bajarilishi natijasida mantiqiy qiymat hosil bo‘ladi. Bular quyidagilar: >, >=, <, <=, ==, !=. Ushbu amallarning natijasi true yoki false qiymatga teng bo‘ladi.
Savollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1. L uzunlik santimetrda berilgan. Undagi to‘liq metr va qolgan santimetrni toping.
2. Ikki xonali natural son berilgan. Uning o‘nlar va birlar xonasidagi raqamlarini ekranga chiqarish dasturini tuzing.
3. Uch xonali natural son berilgan. Uning raqamlari yig‘indisini topish dasturini tuzing.
4. To‘g‘ri burchakli uchburchakning a va b katetlari berilgan. c gipotenuza va P peremetrni topish dasturini tuzing.
5. Tekislikda A va B nuqtalar koordinatalari bilan berilgan: A(x1,y1), B(x2,y2). Bundan AB kesma uzunligini topish dasturini tuzing.
6. Rombning diagonali d berilgan. Uning S yuzasi va P perimetrini topish dasturini tuzing.
7. Uch xonali son berilgan. Uni teskari tartibda chiqaruvchi dastur tuzing.
8. 999 dan katta bo‘lgan butun son berilgan. 1 marta butunga bo‘lish va 1 marta qoldiqni topish amalidan foydalanib, shu sonning 100 lik xonasidagi raqamni aniqlash dasturini tuzing.
9. Uch xonali son berilgan. Uning o‘nlik va birlik xonalaridagi raqamlarini almashtirish natijasida hosil bo‘lgan son chop etilsin.
10. Sutkaning n-sekundi bo‘lsa, sutka boshidan buyon o‘tgan sekundlarni soatga aylantirib, oxirgi soatdan keyingi minut aniqlansin.
|
| |