• Ikki o‘lchovli massiv
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti




    Download 14,73 Mb.
    bet68/178
    Sana13.05.2024
    Hajmi14,73 Mb.
    #230019
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   178
    Bog'liq
    Darslik 01.05.2023

    Ikki o‘lchovli massivlar. Agar ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida, ya’ni satrlar va ustunlar formatida saqlash talab etilsa, unda ikki o‘lchovli massivlardan foydalanish lozim bo‘ladi.
    2.4.2 - jadvalda to‘rt qatorli va beshta ustundan iborat massiv berilgan. Bu ikki o‘lchovli massiv hisoblanadi. Undagi qatorlarni birinchi o‘lchov, ustunlarni ikkinchi o‘lcham deb hisoblash mumkin. Ushbu jadvalda saqlangan ma’lumotlarga murojaat qilish uchun massiv nomini va ikkita indeksni ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Bunda indeksning birinchisi satr raqamiga, ikkinchisi kerakli element saqlanadigan ustun raqamiga to‘g‘ri keladi.
    2.4.2 -jadval
    Ikki o‘lchovli massiv

    3.5

    -1.9

    0.8

    5.07

    -2.16

    1.6

    2.5

    3.7

    0.01

    -2.32

    3.01

    -0.35

    15.18

    7.09

    -15.66

    9.5

    10.5

    5.3

    1.9

    1.11

    Ikki o‘lchovli massiv – bu matritsa hisoblanadi, uning har bir elementi ikkita indeksga ega: qator raqami – i, ustun raqami – j.


    Umumiy holda ikki o‘lchovli massiv quyidagicha e’lon qilinadi:
    [n] [m] = { boshlang‘ich qiymatlar };
    Bu yerda toifa massiv elementlari turini belgilaydi, massivning nomi, n – satrlar soni, m – massivning ustunlar soni. Satrlar 0 dan n - 1 gacha, ustunlar esa 0 dan m - 1 gacha raqamlangan.
    Masalan: double m[5][7];
    Bunda satrlar soni 5 ta va ustunlari soni 7 ta bo‘lgan haqiqiy sonli m massiv e’lon qilingan, satrlar 0 dan 4 gacha, ustunlar 0 dan 6 gacha raqamlangan.
    Ixtiyoriy o‘zgaruvchiga o‘xshab, matritsaga ham boshlang‘ich qiymat berilishi mumkin, masalan: int B[2][3] ={{2,3,4}, {7,8,9}};
    Matritsa elementiga murojaat qilish uchun uning nomiga, to‘rtburchak qavslarda qator va ustun soni ko‘rsatilishi lozim. Masalan, a [2] [4]- uchinchi satrda va beshinchi ustunda joylashgan a matritsaning elementi degan ma’noni bildiradi.
    Matritsa elementlari bilan ishlash uchun ikkita takrorlanishdan foydalanish talab etiladi. Matritsani qayta ishlash uchun birinchi (tashqi) sikl parametrining qiymatlari matritsa satrlari sonlari, ikkinchi (ichki) sikl parametri qiymatlari esa ustunlar raqamlarini anglatadi (2.4.1-rasm). Matritsa elementlariga ishlov berishda tartib bilan birinchi qator (ustun) elementlari, so‘ngra ikkinchisi va boshqalar oxirigacha ko‘rib chiqiladi. Agar matritsani ustunlar bo‘yicha qayta ishlash zarur bo‘lsa, tashqi siklni ustunlar bilan, ichki siklni qatorlar bo‘yicha tashkil qilish kerak (2.4.2-rasm).



    Download 14,73 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   178




    Download 14,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti

    Download 14,73 Mb.